O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
66-modda. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini tashkil etish to’g’risidagi shartnoma 
 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaga muvofiq, ushbu Kodeksning 65-moddasida belgilangan 
talablarni 
qanoatlantiruvchi 
yuridik 
shaxslar 
soliq 
to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini ushbu Kodeksda belgilangan 
tartibda va shartlarga ko’ra hisoblab chiqarish hamda to’lash maqsadlarida ixtiyoriy 
ravishda birlashadi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish yuridik 
shaxsni tashkil etmagan holda amalga oshiriladi.


62 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomada quyidagi qoidalar bo’lishi kerak: 
1) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnoma predmeti; 
2) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari bo’lgan 
yuridik shaxslarning ro’yxati va rekvizitlari; 
3) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
bo’lgan yuridik shaxsning nomi; 
4) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu 
guruh ishtirokchisiga ushbu bobning qoidalariga muvofiq o’tkazadigan vakolatlar 
ro’yxati; 
5) ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan majburiyatlarni soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi va boshqa ishtirokchilari 
tomonidan bajarish hamda bunday huquqlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari, 
belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik;
6) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi muayyan muddatga 
tuzilayotgan bo’lsa, kalendar yillarda hisoblanadigan ana shu muddat yoxud bu 
guruhning qancha muddatga tashkil etilayotganligining muayyan muddati mavjud 
emasligi; 
7) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi 
bo’yicha ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan o’ziga xos 
xususiyatlar inobatga olingan holda soliq bazasini aniqlash va foyda solig’ini 
aniqlash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar. Bunda tanlangan ko’rsatkichlar soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi 
shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida o’zgartirilmasligi lozim. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaga asoslanuvchi huquqiy munosabatlarga nisbatan soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlari, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinmagan qismiga nisbatan esa O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun 
hujjatlari qo’llaniladi. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnoma va uning qoidalari O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq bo’lmagan taqdirda, ular ushbu guruh ishtirokchisi yoki soliq 
organi tomonidan sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnoma quyidagi sanalarning nisbatan oldinrog’i yuzaga kelguniga 
qadar amal qiladi: 
1) shartnoma amal qilishining tugash sanasi; 
2) shartnomani bekor qilish sanasi. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnoma soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul 
ishtirokchisi bo’lgan yuridik shaxs turgan joydagi soliq organida ro’yxatdan 
o’tkazilishi lozim. 


63 
Agar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan bo’lsa, soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi shartnoma mazkur 
guruhning mas’ul ishtirokchi yirik soliq to’lovchi sifatida hisobga olingan joydagi 
soliq organida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish