O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

60-modda. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
O’zi ishlab chiqargan qishloq xo’jaligi mahsulotini, shu jumladan birlamchi 
ishlov berilgan mahsulotini realizatsiya qilishdan olgan daromadining ulushi soliq 
davridagi jami daromadning 80 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar ushbu 
Kodeks maqsadlarida qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb e’tirof 
etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlarida biologik resurslardan (hayvonlar va 
o’simliklardan) olingan quyidagi mahsulot qishloq xo’jaligi mahsuloti jumlasiga 
kiradi: 
1) qishloq va o’rmon xo’jaligi o’simliklarini etishtirish; 
2) chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik; 
3) ipakchilik; 
4) baliqchilik va suv ekinlarini etishtirish. 
Sanoat qayta ishlovidan o’tkazilgan qishloq xo’jaligi mahsuloti ushbu Kodeks 
maqsadlarida qishloq xo’jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi. 


57 
61-modda. Notijorat tashkilotlar 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida notijorat tashkiloti uchun 
belgilangan shaklda ro’yxatdan o’tkazilgan, faoliyatini jamoat manfaatlarini ko’zlab 
amalga oshiradigan va quyidagi shartlarga muvofiq bo’lgan notijorat tashkiloti 
ushbu Kodeks maqsadlarida notijorat tashkilot deb e’tirof etiladi, agar:
1) daromad olish maqsadiga ega bo’lmasa; 
2) daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilar (a’zolar) o’rtasida 
taqsimlamasa. 
Notijorat tashkilotlari jumlasiga, xususan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organlari, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa tashkilotlar kiradi.
62-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi 
yuridik shaxslar
Quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar ushbu Kodeks 
maqsadlarida ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 
jumlasiga kiradi: 
1) tegishli litsenziya asosida tibbiy muassasalar tomondan ko’rsatiladigan 
tibbiy xizmatlar (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno). Tibbiy xizmatlarga , 
ushbu bandni ko’llash maksadida, xususan: 
tibiy yordam va sanitariya xizmatlari kursatish; 
tashxis qo’yish, profilaktika va davolash xizmatlari; 
stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlari tayyorlash xizmatlari 
kiradi; 
2) ta’limga oid xizmatlar, shu jumladan testlar va imtihonlar utkazishni tashkil 
etish; 
3) fan sohasidagi vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ilmiy va 
(yoki) ilmiy - texnikaviy faoliyat sub’ektlari tomonidan fan sohasida amalga 
oshiriladigan faoliyat (shu jumladan ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, muallif tomonidan 
ilmiy intellektual mulkdan foydalanish, jumladan uni realizatsiya qilish);
4) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlar. Bunday xizmatlarga
xususan, quyidagilar kiradi: 
sport inshootlarida, maktablarda, sog’lomlashtirish yo’nalishidagi klublarda 
jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini sport turlari bo’yicha o’quv guruhlari 
hamda komandalarida o’tkazish xizmatlari, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari; 
sport musobaqalari yoki bayramlari, sport-tomosha tadbirlarini o’tkazish 
xizmatlari, shuningdek ushbu tadbirlarni tayyorlash va o’tkazish uchun sport 
inshootlarini ijaraga berish; 
sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, anjomlarni, sport ust-
boshlarini berib turish bo’yicha xizmatlar; 


58 
5) bolalarni, keksalarni va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning 
ijtimoiy ta’minoti sohasidagi faoliyat. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar, basharti ularning 
tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi 
daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida 90 foizini 
tashkil etsa, ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar deb e’tirof etiladi. 
Aktsiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga doir 
faoliyatdan daromadlar oluvchi, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olishni 
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi 
yuridik shaxslar jumlasiga kirmaydi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish