O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Qimmatli qog’ozlar qarziga doir operatsiyalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

56-modda. Qimmatli qog’ozlar qarziga doir operatsiyalar 
Qimmatli qog’ozlarni qarzga berish O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga yoki chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan, ushbu 
moddaning uchinchi – oltinchi qismlarida belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan 
qarz shartnomasi (bundan buyon matnda qarz shartnomasi deb yuritiladi) asosida 
amalga oshiriladi.


53 
Ushbu Kodeks qoidalari soliq to’lovchining o’z vositachilari, ishonchli 
vakillari, agentlari, ishonchli boshqaruvchilari tomonidan tegishli fuqaroviy-
huquqiy shartnomalar asosida uning hisobidan amalga oshiriladigan qarz 
operatsiyalariga nisbatan ham qo’llaniladi.
Ushbu Kodeks maqsadlarida berilgan (olingan) qimmatli qog’ozlar qarziga 
doir shartnomada pul shaklida foizlar to’lanishi nazarda tutilishi kerak. 
Foiz stavkasi yoki uni aniqlash tartibi qarz shartnomasining shartlari asosida 
belgilanadi.
Qarz shartnomasi bo’yicha foizlarni aniqlash maqsadlari uchun, agar ushbu 
moddaning uchinchi va to’rtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, qarz shartnomasi bo’yicha berilgan qimmatli qog’ozlarning qiymati tegishli 
qimmatli qog’ozlarning shartnomani tuzish sanasidagi bozor narxiga teng tarzda
bozor narxi mavjud bo’lmagan taqdirda esa hisob-kitob qilingan narxiga teng tarzda 
qabul qilinadi. Bunda qimmatli qog’ozlarning bozor narxi va hisob-kitob qilingan 
narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq 
aniqlanadi.
Qimmatli qog’ozlarga bo’lgan mulk huquqini kreditor tomonidan qarz 
oluvchiga o’tkazish chog’idagi o’tish sanasi qarzning boshlanish sanasi bo’ladi, 
qimmatli qog’ozlarga bo’lgan mulk huquqini qarz oluvchi tomonidan kreditorga 
o’tkazish chog’idagi o’tish sanasi qarzning tugash sanasi bo’ladi.
Ushbu Kodeks maqsadlarida, berilgan (olingan) qimmatli qog’ozlar qarziga 
doir shartnomaning muddati bir yildan oshmasligi kerak. 
Agar qarz shartnomasida qimmatli qog’ozlarni qaytarish muddati 
belgilanmagan bo’lsa yoki mazkur muddat talab qilish payti bilan belgilangan bo’lsa 
(ochiq sanali qarz shartnomasi), va qarz sanasi belgilangan sanadan e’tiboran bir yil 
ichida qimmatli qog’ozlar qarz oluvchi tomonidan kreditorga qaytarilmasa, soliq 
solish maqsadlarida qimmatli qog’ozlar qarz sanasi boshlangan sanada realizatsiya 
qilingan deb e’tirof etiladi.
Bunda kreditorning va qarz oluvchining qarz shartnomasi bo’yicha berilgan 
qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilishdan (olishdan) olgan daromadlari va qilgan 
xarajatlari qimmatli qog’ozlarning qarz boshlangan va foizlar olingan (to’langan) 
sanadagi bozor narxidan (hisob-kitob qilingan narxidan) kelib chiqqan holda hisob-
kitob qilinadi.
Ushbu qimmatli qog’ozlarning ko’rsatilgan bozor (hisob-kitob) narxi ushbu 
Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
Ushbu modda sakkizinchi – o’ninchi qismlarining qoidalari quyidagi hollarda 
ham qo’llaniladi, agar: 
1) qarz shartnomasida qarzni qaytarish muddati belgilangan bo’lsa, biroq 
qimmatli qog’ozlar qarz boshlangan sanadan e’tiboran bir yil o’tgach kreditorga 
qarz oluvchi tomonidan qaytarilmagan bo’lsa; 
2) qimmatli qog’ozlarni qaytarishga doir majburiyatlar kreditorga pul 
mablag’larini to’lash yoki qimmatli qog’ozlardan farq qiladigan boshqa mol-mulkni 
o’tkazish orqali tugatilgan bo’lsa. 


54 
Qimmatli qog’ozlar qarziga doir operatsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarni 
qaytarish yuzasidan majburiyatlar bajarilmagan yoki to’liq hajmda bajarilmagan 
taqdirda, o’ziga nisbatan lozim darajada bajarmaslikka yo’l qo’yilgan va o’zaro 
talablarni tartibga solish tartib-taomili amalga oshirilmagan REPO operatsiyasi 
uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartib soliq solish maqsadlarida qo’llaniladi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish