O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Qimmatli qog’ozlarga doir REPO operatsiyalari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

55-modda. Qimmatli qog’ozlarga doir REPO operatsiyalari
 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va (yoki) chet davlatlarning 
qo’llaniladigan qonun hujjatlarida repo shartnomalariga nisbatan qo’yiladigan 
talablarga javob beradigan shartnoma REPO operatsiyasi deb e’tirof etiladi. Bunda 
REPO shartnomasining tegishincha birinchi va ikkinchi qismlari REPOning birinchi 
va ikkinchi qismlari deb e’tirof etiladi.
REPO shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi ikkinchi tarafga qimmatli 
qog’ozlarni ushbu shartnomada avvaldan belgilangan muddatdan keyin qaytarib 
sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotadi. Bunda bu qimmatli qog’ozlarni 
shartnomada belgilangan sotish (sotib olish) narxi ularning bozor narxlaridan 
farqlanishi mumkin. 


51 
REPO shartnomasi bo’yicha xaridor va REPO shartnomasi bo’yicha sotuvchi 
tegishincha REPOning birinchi qismi bo’yicha sotib oluvchi va REPOning birinchi 
qismi bo’yicha sotuvchi deb e’tirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi 
bo’yicha majburiyatlar, basharti REPOning birinchi qismi bajarilsa, yuzaga kelishi 
kerak. 
REPO operatsiyasining shartlarida bitim taraflarining quyidagi huquqlaridan 
kamida bittasi nazarda tutilishi mumkin: 
1) sotuvchining REPOning birinchi qismi bo’yicha REPOning ikkinchi qismini 
bajarish sanasiga qadar REPOning birinchi qismi bo’yicha xaridorga REPOning 
birinchi qismi bo’yicha berilgan qimmatli qog’ozlar o’rniga yoki ular 
ayirboshlangan qimmatli qog’ozlar o’rniga boshqa qimmatli qog’ozlarni berish 
huquqi; 
2) xaridorning REPOning birinchi qismi bo’yicha sotuvchidan REPOning 
birinchi qismi bo’yicha ushbu qismning 1-bandida ko’rsatilgan o’tkazishni talab 
qilish huquqi. 
Ushbu Kodeks maqsadlarida REPO birinchi yoki ikkinchi qismining bajarilish 
sanalari deb REPO operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan REPOning tegishli qismi 
bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishining repo shartnomasida nazarda tutilgan 
muddatlari hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlarni etkazib berish bo’yicha va REPOning birinchi yoki 
ikkinchi qismi bo’yicha ularga haq to’lash bo’yicha majburiyatlar turli sanalarda 
bajarilgan taqdirda, REPOning birinchi qismi sanasi va ikkinchi qismi sanasi deb, 
tegishincha qimmatli qog’ozlarga haq to’lash yoki ularni etkazib berish bo’yicha 
majburiyatlarning ijro etilishi sanalaridan nisbatan kechrog’i e’tirof etiladi.
REPOning ikkinchi qismi bo’yicha majburiyatlarni bajarish sanasi REPO 
muddatini ham qisqartirish tomonga, ham uni ko’paytirish tomonga o’zgartirilishi 
mumkin. REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasi talab qilish payti bilan 
belgilanadigan operatsiyalar, agar repo shartnomasida REPO ikkinchi qismining 
narxini aniqlash tartibi belgilangan bo’lsa, va agar REPOning ikkinchi qismi taraflar 
tomonidan REPOning ikkinchi qismiga doir majburiyatlar bajarilgan sanadan 
e’tiboran bir yil ichida bajarilgan bo’lsa, REPO operatsiyalari deb e’tirof etiladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki 
kliring tashkiloti orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari 
uchun sananing qimmatli qog’ozlar bozoridagi savdolarning tashkilotchilari (birja) 
yoki kliring tashkiloti qoidalariga muvofiq har qanday o’zgartirilishi ushbu modda 
maqsadlari uchun REPO muddatini o’zgartirish deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlarida REPO stavkasi REPO operatsiyalarini tuzish 
chog’ida belgilanadi va u qat’iy belgilangan yoki hisob-kitobli stavkadan iborat 
bo’lishi mumkin. 
REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining tugashi chog’idagi foizlarning 
miqdorini belgilash imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining 
kelishuviga ko’ra o’zgartirilishi mumkin. 
Agar REPOning ikkinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni realizatsiya 
qilishga (olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida 


52 
to’liq yoki qisman bajarilmasa va o’zaro talablarni tartibga solish tartib-taomili 
amalga oshirilmasa, REPOning ikkinchi qismi, agar ushbu moddaning oltinchi 
qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, lozim darajada bajarilmagan 
deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlari uchun quyidagilar REPOning ikkinchi qismini 
lozim darajada bajarmaslik deb e’tirof etilmaydi: 
REPOning ikkinchi qismi bo’yicha majburiyatlarni REPOning ikkinchi 
qismini bajarishning taraflar kelishgan sanasidan e’tiboran o’n kun ichida bajarish; 
majburiyatlarni quyidagi hollarda muqobil talablarni hisobga o’tkazish yo’li 
bilan bajarish (tugatish): 
a) agar bunday talablar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet 
davlatlarning 
qo’llaniladigan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan 
shartnomalarning namunaviy shartlariga muvofiq bo’lgan asosiy kelishuv (yagona 
shartnoma) shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan bo’lsa va 
muqobil talablarni hisobga o’tkazish netto-majburiyatlarning summasini aniqlash 
maqsadida amalga oshirilgan bo’lsa; 
b) agar bunday talablar tashkil etilgan savdolar qoidalarining va (yoki) kliring 
qoidalarining shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan bo’lsa hamda 
muqobil talablar netto-majburiyatlarning summasini aniqlash uchun amalga 
oshirilgan bo’lsa. 
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda, REPO 
operatsiyasi soliq solish maqsadlarida qayta tavsiflanishi lozim. 
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadlarida qayta tavsiflash soliq to’lovchi 
tomonidan quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi: 
1) REPO shartnomalariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qo’yiladigan 
talablarga va (yoki) REPO operatsiyalariga nisbatan ushbu moddada qo’yilgan 
talablarga rioya etilmaganda; 
2) REPO shartnomasi bekor qilinganda; 
3) REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmaganda.
Soliq solish maqsadlarida REPO operatsiyalarini qayta tavsiflash bunday qayta 
tavsiflash uchun asos bo’lgan shartlardan biri yuzaga kelgan eng avvalgi sanalar 
asosida amalga oshiriladi.
REPO operatsiyalari ishtirokchilarining soliq solish maqsadlarida REPO 
operatsiyalarini qayta tavsiflash chog’idagi majburiyatlari ushbu Kodeksning 
Maxsus qismida belgilanadi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish