447 - modda. Soliq solinadigan baza
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga
oshiruvchi organning er uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq
solinadigan bazadir.
Jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga
berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan er uchastkalarining
maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza ushbu er uchastkalarini bergan
tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek erlarning maydonlari bo’yicha soliq
solinadigan baza o’z xodimlariga er uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
448 - modda. Imtiyozlar
Er solig’idan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni
unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan
fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi
to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni
daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’limining ma’lumotnomasi
asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari
bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush
nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari
bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa
nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga
bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki
tibbiy - mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
4) yolg’iz pensionerlar. Yolg’iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud
nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg’iz pensionerlar
deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
413
tuman (shahar) bo’limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5) boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar. Ota - onasidan biri yoki
ota - onasi vafot etgan hamda oilada o’n olti yoshga to’lmagan beshta va undan ortiq
bolalari bo’lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali
oilalardir. Mazkur imtiyoz O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining
ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun
imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat
safariga yuborilgan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy - mehnat ekspert
komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil
AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek
vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo’ladigan
boshqa hujjatlar asosida beriladi;
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan turar
joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil
energiya manbalari o’rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Energiya
resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan holda muqobil energiya
manbalaridan foydalanish to’g’risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan
berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo’ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan imtiyozlar, bundan 6 - bandda
ko’rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy - joy qurilishi, dehqon xo’jaligi yuritish
uchun berilgan er uchastkalariga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishni
amalga oshiruvchi organda ro’yxatdan o’tgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda
mazkur imtiyozlar soliq to’lovchining tanlashi bo’yicha faqat bitta er uchastkasiga
berilishi mumkin.
Ushbu moddada ko’rsatib o’tilgan imtiyozlarga ega bo’lgan shaxslar
o’zlarining imtiyozlarga egalik huquqini tasdiqlovchi xujjatlarni er maydonlari
joylashgan o’rni bo’yicha tegishli soliq organlariga o’zlari mustaqil ravishda taqdim
etadilar. Soliq imtiyozini taqdim etish bo’yicha ariza shakli O’zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Soliq imtiyozlari taqdim etish maqsadida tanlab olingan soliq solish ob’ektlari
bo’yicha bildirish xati soliq to’lovchilar tomonidan ularning shaxsiy kabinetlari
orqali yoki er maydoni joylashgan o’rni bo’yicha tegishli soliq organlariga yozma
ravishda joriy soliq davrining 1 mart kuniga qadar taqdim etiladi. Bildirish xatining
shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bildirish xatida jismoniy shaxsga tegishli barcha er maydonlari – yashash joyi
va dehqonchilik uchun ajratilgan erlar hamda jismoniy shaxslardan olinadigan er
solig’idan ozod qilish maqsadida tanlab olingan er maydoni, mazkur er maydoning
joylashgan o’rni ko’rsatiladi. Agar imtiyozga ega bo’lgan soliq to’lovchi tomonidan
imtiyoz qo’llash uchun tanlab olingan soliq solish ob’ekti bo’yicha bildirish xati
taqdim etilmasa, er solig’i bo’yicha imtiyoz hisoblangan soliq summasi eng kam
bo’lgan er maydoniga nisbatan qo’llaniladi.
414
Do'stlaringiz bilan baham: |