441 - modda. Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Noqishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan er maydonlari uchun yuridik
shaxslardan olinadigan er solig’i stavkalari 1 gektar uchun mutloq miqdorlarda
o’rnatiladi. Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’i stavkalarining aniq miqdorlari
qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan er maydonlari uchun yuridik
shaxslardan olinadigan er solig’i stavkalari qishloq xo’jaligi ekinlarining normativ
qiymatiga nisbatan 0,5 foiz miqdorda belgilanadi.
409
Quyidagi ob’ektlar joylashgan er maydonlari uchun yuridik shaxslardan
olinadigan er solig’i stavkasiga 0,1 koeffitsient qo’llaniladi:
byudjet tashkilotlari egallagan erlar;
nogironlarning jamoat birlashmalari mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy
sonining kamida 50 foizi nogironlar bo’lgan va mexnatga haq to’lash jamg’armasida
ularning ulushi 50 foizdan kam bo’lmagan yuridik shaxslar;
elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan erlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar
va radiofikatsiyalar, er osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz
belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, er ustidagi va er
ostidagi xizmat ko’rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar,
erga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan erlar;
umumiy foydalanishdagi temir yo’llar, shu jumladan tuproq ko’tarmasi, sun’iy
inshootlar, liniya - yo’l binolari, temir yo’l aloqasi hamda elektr ta’minoti
qurilmalari, inshootlar va yo’l qurilmalaridan iborat temir yo’l stantsiyalari hamda
saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo’l transporti korxonalari,
muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan
ihota daraxtzorlari egallagan erlar;
shahar elektr transporti yo’llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat
transporti bekatlari va metropoliten stantsiyalari hamda ularning inshootlari
egallagan erlar;
aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv
quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning
inshootlari, nasos stantsiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va
kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil
qiladigan minoralar hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan erlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stantsiyalari,
yong’inga qarshi va avariyaga qarshi stantsiyalar, truboprovodlarni katodli
himoyalash stantsiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni
tozalash qurilmalari hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan erlar;
magistral
issiqlik
trassalari,
shu
jumladan
nasos
(ko’paytiruvchi,
kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stantsiyalari, issiq suv ta’minotining
issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, tsirkulyatsiya
nasoslari hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan erlar;
samolyotlarning uchish - qo’nish maydonlari, erda boshqarish yo’lkalari va
to’xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va
elektr - yoritish uskunalari egallagan erlar;
O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan
ob’ektlar qurilishi uchun ajratilgan erlar, normativ qurilish muddati davrida;
konservatsiyaga qo’yilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’ektlar egallagan erlar, ularning
konservatsiyasi davrida.
410
Er uchastkasi mulkdorining, er egasi, erdan foydalanuvchi yoki ijarachining
aybi bilan qishloq xo’jaligi erlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan)
taqdirda, er solig’i erning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar
bo’yicha yuridik shaxslar tomonidan to’lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq
xo’jaligi ahamiyatiga molik erlar uchun er solig’i qishloq xo’jaligi erlari uchun
belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to’lanadi.
Bo’sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash
uchun mo’ljallanmagan inshootlar hamda muddatida tugatilmagan qurilish
ob’ektlari joylashgan er maydonlari bo’yicha yuridik shaxslardan olinadigan er
solig’i ulardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar bo’yicha
to’lanadi hamda ushbu Kodeksning 440 - moddasi birinchi qismida ko’rsatilgan
imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |