O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

433 - modda. Imtiyozlar 
 
Quyidagilarning mulkida bo’lgan mol - mulkka jismoniy shaxslarning 
mol - mulkiga solinadigan soliq solinmaydi: 
1) "O’zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni 
unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan 
fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha "O’zbekiston Qahramoni" unvoni 
berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni 
daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning 
ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari 
bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush 
nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari 
bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa 
nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga 
bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish 
uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi 
ma’lumotnomasi asos bo’ladi; 
4) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
5) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki 
tibbiy - mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
6) sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini 
himoya qilish yoki xarbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning 
boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki 


402 
shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok 
bo’lgan xarbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota - onalarining 
va beva xotinlarining (beva erlarining). Imtiyoz "Halok bo’lgan askarning beva 
xotini (beva eri, onasi, otasi)" yoki "Ichki ishlar organlari halok bo’lgan xodimining 
beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" shtampi qo’yilgan yoxud pensiya guvohnomasini 
bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan 
tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar 
pensioner bo’lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik 
ko’mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi 
Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli 
organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi 
xodimining halok bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi. Sobiq 
SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish 
yoki xarbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa 
majburiyatlarini bajarish chog’ida yoki frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli 
halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining 
beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan o’tmagan taqdirda 
beriladi;
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan turar 
joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - muqobil 
energiya manbalari o’rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Energiya 
resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan holda muqobil energiya 
manbalaridan foydalanish to’g’risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan 
berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo’ladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3 va 5 - bandlarida ko’rsatilgan imtiyozlar 
umumiy maydondan 60 kv.m. hajmida soliq solinmaydigan maydon o’lchami 
doirasida beriladi.
Ushbu moddada belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat 
bir turar ko’chmas mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi.Ushbu moddada ko’rsatib 
o’tilgan imtiyozlarga ega bo’lgan shaxslar o’zlarining imtiyozlarga egalik huquqini 
tasdiqlovchi xujjatlarni ko’chmas mulk ob’ektlari joylashgan o’rni bo’yicha tegishli 
soliq organlariga o’zlari mustaqil ravishda taqdim etadilar. Soliq imtiyozini taqdim 
etish bo’yicha ariza shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Ushbu moddada belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanloviga binoan faqat bir 
turar ko’chmas mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi. 
Soliq imtiyozlari taqdim etish maqsadida tanlab olingan soliq solish ob’ektlari 
bo’yicha bildirish xati soliq to’lovchilar tomonidan ularning shaxsiy kabinetlari 
orqali yoki er maydoni joylashgan o’rni bo’yicha tegishli soliq organlariga yozma 
ravishda joriy soliq davrining 1 mart kuniga qadar O’zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda taqdim etiladi.
Bildirish xatida jismoniy shaxsga tegishli barcha er maydonlari – yashash joyi 
va dehqonchilik uchun ajratilgan erlar hamda jismoniy shaxslardan olinadigan er 
solig’idan ozod qilish maqsadida tanlab olingan er maydoni, mazkur er maydoning 


403 
joylashgan o’rni ko’rsatiladi. Agar imtiyozga ega bo’lgan soliq to’lovchi tomonidan 
imtiyoz qo’llash uchun tanlab olingan soliq solish ob’ekti bo’yicha bildirish xati 
taqdim etilmasa, er solig’i bo’yicha imtiyoz hisoblangan soliq summasi eng kam 
bo’lgan er maydoniga nisbatan qo’llaniladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish