O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

319-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya
qilish xarajatlari
 
Nomoddiy aktivlarning qiymati nomoddiy aktivlardan foydali tarzda 
foydalanish muddati ichidagi amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga 
kiritiladi.
Nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash 
patentning, guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk 
ob’ektidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yoki chet davlat 
qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan 
kelib chiqqan holda, shuningdek nomoddiy aktivlardan foydali tarzda 
foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan muddatidan kelib chiqqan 
holda amalga oshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalari soliq to’lovchi ushbu ajratmalarning dastlabki 
qiymatidan va foydali tarzda foydalanish, biroq soliq to’lovchining faoliyati 
muddatidan ko’p bo’lmagan foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda hisob-
kitob qilingan normalar bo’yicha har oyda hisoblanadi.
Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin bo’lmagan nomoddiy 
aktivlar bo’yicha amortizatsiya normalari taxminan besh yilga, biroq soliq 
to’lovchining faoliyati muddatidan ko’p bo’lmagan muddatga belgilanadi.
Agar nomoddiy aktivlarni olish yoki ishlab chiqarish xarajatlari soliq 
to’lovchining soliq bazasini hisoblab chiqarish chog’ida chegirib tashlab bo’lingan 


302 
bo’lsa, bu xarajatlar amortizatsiya qilinishi lozim bo’lgan nomoddiy aktivlarning 
qiymatiga kiritilmaydi. 
 
320-modda. Investitsiyaviy chegirma
Soliq to’lovchi amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo’yicha investitsiyaviy 
chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlar asosida qo’llashga 
haqli. 
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e’tirof etiladi. 
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo’llaniladi: 
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) 
axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab 
chiqarishining dasturiy ta’minotini sotib olishga yo’naltiriladigan mablag’lar 
summalarining 10 (o’n) foizi miqdorida; 
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya qilishga 
yo’naltiriladigan mablag’lar summasining 5 (besh) foizi miqdorida. 
Ushbu 
Kodeks 
329-moddasining 
17-bandiga 
muvofiq 
chegirib 
tashlanmaydigan xarajatlar bo’yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi. 
Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga 
oshirilgan yoxud xususiy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida 
kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va 
inshootlarni rekonstruktsiya qilish amalga oshirilgan soliq davrida, laboratoriya 
testlarini va sinovlarini o’tkazish uchun majmualar, axborot tizimlarini yaratish 
bo’yicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy 
ta’minoti sotib olingan soliq davrida qo’llaniladi. 
Ushbu modda maqsadlarida: 
1) tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq to’lovchi 
tomonidan foydalaniladigan va chiqarilgan kundan e’tiboran ko’pi bilan uch yil 
o’tgan mashinalar, apparatlar, qurilmalar, mexanizmlar yangi texnologik uskunalar 
deb e’tirof etiladi; 
2) asosiy vositalarning texnologik yoki xizmatga oid mo’ljallanilgan maqsadini 
o’zgartirishga, ularning mahsuldorligini oshirishga yoki boshqa sifat xususiyatlarini 
yaxshilashga qaratilgan ishlar modernizatsiya qilish deb e’tirof etiladi;
3) ilg’or texnika va texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan eskirgan va jismonan ishdan 
chiqqan uskunalarni nisbatan mahsuldor uskunalarga almashtirish asosida asosiy 
vositalarning yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini 
oshirishga doir tadbirlar majmui texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash deb 
e’tirof etiladi. Texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlab chiqarishlarning 
yangilarini barpo etish va amaldagilarini kengaytirishni ham o’z ichiga oladi; 


303 
4) tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish uchun foydalaniladigan 
mavjud binolarni va inshootlarni ishlab chiqarishni takomillashtirish hamda uning 
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq bo’lgan hamda ishlab 
chiqarish quvvatlarini ko’paytirish, tovarlar (xizmatlar) sifatini yaxshilash hamda 
ularning nomenklaturasini o’zgartirish maqsadida rekonstruktsiya qilish loyihasi 
bo’yicha amalga oshiriladigan qayta qurish ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 
foydalaniladigan binolarni va inshootlarni rekonstruktsiya qilish deb e’tirof etiladi; 
5) yangi binolarni va inshootlarni ulardan tovarlar ishlab chiqarish yoki 
xizmatlar ko’rsatish maqsadida qurish ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida 
kengaytirish deb e’tirof etiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish