O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

44-bob. Xarajatlar 
 
317-modda. Umumiy qoidalar 
 
Ushbu Kodeks 
306-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida
ko’rsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami 
daromadidan daromad olish bilan bog’liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, 
bundan ushbu bo’limga ko’ra chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno. 
Ushbu bo’lim maqsadlarida soliq to’lovchi tomonidan O’zbekiston 
Respublikasida ham, uning tashqarisida ham hisobot (soliq) davri ichida amalga 


296 
oshirilgan (ko’rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar (ushbu 
Kodeksning 
345–348-moddalarida 
nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) deb e’tirof 
etiladi. 
Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy 
jihatdan o’zini oqlagan chiqimlar tushuniladi. 
Har qanday chiqimlar, basharti ular: 
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan 
bo’lsa; 
2) tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur bo’lsa 
yoxud shuning uchun xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan 
aloqasi aniq asoslangan bo’lsa; 
3) qonun hujjatlari qoidalaridan kelib chiqsa, iqtisodiy jihatdan o’zini oqlagan 
chiqimlar e’tirof etiladi.
Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi hujjatlar bilan 
tasdiqlangan chiqimlar tushuniladi: 
1) 
O’zbekiston 
Respublikasining 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
rasmiylashtirilgan hujjatlar;
2) o’z hududida tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlatda 
qo’llaniladigan tartibga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar; 
3) boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan xizmat safari to’g’risidagi 
buyruq, yo’l hujjatlari, shartnomaga muvofiq ko’rsatilgan xizmat haqidagi hisobot 
bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar. 
Ushbu Kodeksning 
37-bobiga
muvofiq hisobga o’tkazish jumlasiga kiradigan 
qo’shilgan qiymat solig’ining summasi xarajat sifatida e’tirof etilmaydi, shu 
jumladan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olish chog’ida xarajat sifatida e’tirof 
etilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 
326-moddasida 
nazarda tutilgan hollar 
mustasno. 
Agar ayni bir xarajatlar xarajatlarning bir nechta bandida nazarda tutilgan 
bo’lsa, soliq bazasini hisob-kitob qilishda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib 
tashlanadi.
Soliq to’lovchilarning qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlari 
qiymati O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalangan xarajatlar 
bilan birgalikda hisobga olinadi.
Agar xarajatni e’tirof etish buxgalteriya hisobi to’g’risidagi O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq xarajatni aniqlash va e’tirof etish 
tartibidan ushbu Kodeksga muvofiq farq qilsa, mazkur xarajat soliq solish 
maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Agar ushbu bo’limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq solish 
maqsadlarida, O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi 
qonun hujjatlarini qo’llash chog’ida, aktivlarning va (yoki) majburiyatlarning 
qiymati o’zgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan 
chiqimlarga xarajatlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda to’langan xarajatlar 
mustasno. 


297 
O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun 
hujjatlari talablariga muvofiq uzoq muddatli aktivlarning dastlabki qiymatiga va 
zaxiralarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar amortizatsiya qilish vositasidagi va 
bunday zaxiralarning tannarxi orqali chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim. 
Ushbu Kodeksning 
318-moddasining ikkinchi 
qismiga muvofiq yoki 
O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari 
talablariga muvofiq amortizatsiya ajratmalarini hisoblab chiqarish amalga 
oshirilmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu 
Kodeksning 
310-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotgan chog’dagi 
xarajatlar jumlasiga kiritilishi lozim. 
Soliq to’lovchining xarajatlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 
344-
moddasiga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksning 
316-moddasi birinchi qismida 
ko’rsatilgan pul mablag’lari 
va boshqa mol-mulk, bundan ushbu Kodeks 
316-moddasi birinchi qismining 11-
bandi 
mustasno, bunday mablag’larni va mol-mulkni o’tkazayotgan soliq 
to’lovchidagi soliq bazasini, agar ushbu bo’limning ayrim moddalarida boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, kamaytirmaydi.
Ushbu Kodeksning 
318–328-moddalari 
va 
45-bobda 
ko’rsatilgan xarajatlar, 
basharti ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilsa, 
chegirmalar jumlasiga kiritiladi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish