O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Uzoq muddatli kontraktlar bo’yicha daromadlar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

315-modda. Uzoq muddatli kontraktlar bo’yicha daromadlar 


294 
Agar tuzilgan kontraktlar shartlarida xizmatlarni bosqichma-bosqich topshirish 
nazarda tutilmagan bo’lsa, uzoq texnologik tsiklli ishlab chiqarish (bir soliq davridan 
ortiq) bo’yicha mazkur xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad hisobga 
olish ma’lumotlari asosida daromadni bir me’yorda e’tirof etish printsipi inobatga 
olingan holda soliq to’lovchi tomonidan taqsimlanadi. 
Uzoq muddatli kontraktni hisobot davrining oxiriga kelib amalda ijro etish 
kontraktni bajarish boshlangandan e’tiboran qilingan xarajatlarning solishtirma 
miqdorini kontraktni bajarishga doir xarajatlarning umumiy summasida hisob-kitob 
qilish asosida aniqlanadi. 
Hisobot davrining oxiridagi daromad sarflangan xarajatlarning hisob-kitob 
qilingan solishtirma miqdori va kontrakt bo’yicha daromad (kontrakt narxi) umumiy 
summasining ko’paytirmasi sifatida aniqlanadi. Mazkur kontrakt bo’yicha ilgari 
hisobga olingan daromadlar joriy hisobot davrida xizmatlarni realizatsiya qilishdan 
olingan daromadni aniqlash chog’ida chegirib tashlanadi.
316-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar 
Quyidagilar daromad sifatida hisobga olinmaydi: 
1) ustav kapitaliga (fondiga) hissa tarzida olingan mablag’lar; 
2) aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan 
(dastlabki miqdoridan) ortiqcha summasi; 
3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chog’ida ustav kapitaliga 
(fondiga) hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, 
shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar o’rtasida 
taqsimlash chog’ida olingan mablag’lar; 
4) oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish 
uchun birlashtiriladigan mablag’lar; 
5) oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma 
sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-
mulk bo’lingan taqdirda, ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan) hissa miqdorida 
olingan mablag’lar; 
6) realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) uchun dastlabki to’lov (bo’nak) 
tarzida boshqa shaxslardan olingan mablag’lar; 
7) qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarga bo’lgan mulk huquqi boshqa 
shaxsga o’tguniga qadar ushbu majburiyatlarning ta’minoti sifatida garov yoki 
zakalat tarzida olingan mablag’lar; 
8) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
qarorlari 
asosida, 
shuningdek 
O’zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq olingan mol-mulk va xizmatlar; 
9) olingan grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar, basharti 
ushbu Kodeksning 
51-moddasida
nazarda tutilgan talablar bajarilsa; 
10) sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta tovoni (sug’urta summasi) tarzida 
olingan mablag’lar, shu jumladan qarz oluvchining majburiyatlari ta’minoti (garov) 


295 
bo’lgan mol-mulkni sug’urtalash shartnomalariga ko’ra qarz oluvchining qarz 
(kredit) mablag’lari, hisoblangan foizlar va sud tomonidan e’tirof etilgan jarima 
sanktsiyalari, penyalar bo’yicha, mazkur sug’urta to’lovlari hisobidan qoplanadigan 
qarzi bo’yicha to’lanmagan summa doirasida olingan sug’urta to’lovlari tarzidagi 
mablag’lar; 
11) vositachiga yoki boshqa vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki 
vositachilik xizmatlari ko’rsatishga doir boshqa shartnoma bo’yicha majburiyatlarni 
bajarishi munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa vakil tomonidan 
komitent yoxud boshqa ishonch bildiruvchi uchun amalga oshirilgan xarajatlarning 
o’rnini qoplash hisobidan kelib tushgan mol-mulk (bundan pul mukofoti mustasno). 
Bunday xarajatlar, agar tuzilgan shartnomalar shartlarida bu xarajatlarning 
o’rnini qoplash nazarda tutilgan bo’lsa, vositachidan yoki vakildan chegirib 
tashlanmaydi; 
12) moliyaviy ijara (lizing) ob’ektining qiymati o’rnini ijaraga beruvchi (lizing 
beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) to’lovining qismi tarzida qoplash; 
13) operativ ijara shartnomasi bo’yicha olingan mol-mulk bundan moliyaviy 
ijara (lizing) mustasno; 
14) telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining 
tekin olingan texnik vositalari, shuningdek ulardan foydalanish va ularga xizmat 
ko’rsatish bo’yicha xizmatlar;
15) investor va davlat mol-mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi 
o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiyaviy majburiyatlar sifatida 
kiritiladigan mol-mulk; 
16) kredit yoki qarz shartnomalari bo’yicha mablag’lar yoki boshqa mol-mulk 
(mablag’ jalb qilish usulidan qat’i nazar, boshqa shunday mablag’lar yoki boshqa 
mol-mulk, shu jumladan qarz qimmatli qog’ozlar), shuningdek bunda 
y jalb 
qilingan mablag’larni to’lash hisobidan mablag’lar yoki boshqa mol-mulk; 
17) kontsessiya bitimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga 
muvofiq olingan mol-mulk; 
18) davlat muassasalari tomonidan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat 
organlarining qaroriga ko’ra olingan mol-mulk; 
19) O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va jarimalarning summasi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish