O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
307-modda. Soliq solish ob’ekti
 
Soliq to’lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig’i bo’yicha soliq solish 
ob’ekti (bundan buyon ushbu bo’limda soliq deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi. 
Ushbu bo’lim maqsadlarida quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi:
yuridik shaxs uchun – ushbu bo’limda nazarda tutilgan jami daromad va 
xarajatlar o’rtasidagi farq; 
faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun – ushbu 
Kodeksning 
49-bobida 
belgilangan o’ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda 
ushbu bo’limda nazarda tutilgan, doimiy muassasaning faoliyati bilan bog’liq 
bo’lgan daromadlar (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan 
bog’liq bo’lgan, O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan 
daromadlar) va xarajatlar o’rtasidagi farq; 
norezidentlar uchun – ushbu Kodeksning 
50-bobida 
belgilangan o’ziga xos 
xususiyatlar inobatga olingan holda, O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan 
olingan daromadlar; 
yakka tartibdagi tadbirkor uchun – ushbu bo’limda nazarda tutilgan jami 
daromad va xarajatlar o’rtasidagi farq, ushbu Kodeksning 
51-bobida 
nazarda 
tutilgan o’ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda;
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs 
ishtirokchi uchun – birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (xizmatni) realizatsiya 
qilishdan olingan daromadlar va birgalikda ishlab chiqarilgan, realizatsiya qilingan 
tovarga (xizmatga) to’g’ri keladigan, birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag’lar 
summasi o’rtasidagi farq tarzida aniqlanadi. 
 
308-modda. Soliq bazasi
Ushbu Kodeksning 
307-moddasiga 
muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi 
lozim bo’lgan summa soliq bazasi deb e’tirof etiladi. 
Ushbu bo’limda belgilangan tartibda va shartlar asosida soliq bazasini aniqlash 
chog’ida soliq to’lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarning) 
ayrim turlari maxsus qoidalar bo’yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi 
mumkin. 


288 
Soliq to’lovchi ushbu bo’limga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning 
umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo’yicha 
daromadlarning (xarajatlarning) alohida hisobini yuritadi.
Soliq solinadigan baza, agar ushbu Kodeksning 
48, 50-boblarida
boshqacha 
qoida belgilanmagan bo’lsa, soliq davri boshlanganidan e’tiboran o’sib boruvchi 
yakun bilan aniqlanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida ko’rilgan zararlar soliq solish 
maqsadlarida soliq bazasini ushbu Kodeksning 
46-bobida 
belgilangan tartibda va 
shartlar asosida kamaytiradi. 
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning 
VII bo’limiga va 343-moddasiga 
muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham 
o’z ichiga oladi. 
Soliq bazasiga ushbu bo’limda belgilangan hollarda va tartibda tuzatish 
kiritiladi.
Soliq to’lovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) ushbu 
Kodeksning 
VI bo’limida 
nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi. 
Natural shakldagi daromadlar va xarajatlar, agar ushbu qismda boshqacha tartib 
nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan 
kelib chiqqan holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning 
(xizmatlarning) narxi ularning bozor narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq 
to’lovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari ko’payishiga olib kelsa, soliq 
bazasi ushbu Kodeksning V bo’limiga muvofiq belgilanadigan bozor narxlaridan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish