284
Aktsiz solig’ining stavkalari o’ziga nisbatan mutlaq summada (qat’iy)
belgilangan aktsiz to’lanadigan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha soliq solinadigan baza
aktsiz to’lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan
kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Aktsiz solig’ining stavkalari o’ziga nisbatan foizlarda (advalor) belgilangan,
ishlab chiqarilayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha realizatsiya
qilingan aktsiz to’lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning
haqiqiy tannarxidan past bo’lmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ish haqi, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa
tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aktsiz to’lanadigan tovarlar
bo’yicha soliq solinadigan baza ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida
belgilangan tartibda aniqlanadi.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aktsiz
to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aktsiz to’lanadigan tovarlarni
ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo
va materiallar qiymatini o’z ichiga oladi.
Aktsiz solig’ining qat’iy va advalor stavkalardan iborat bo’lgan aralash
stavkalari o’ziga nisbatan belgilangan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq
solinadigan baza aktsiz to’lanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan hamda,
agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo’lsa, realizatsiya qilingan aktsiz to’lanadigan tovarlarning aktsiz
solig’ini va qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olmagan qiymatidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
Aktsiz solig’ining stavkalari o’ziga nisbatan foizlarda (advalor) belgilangan
import olib kirilayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza
bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati
asosida belgilanadi.
Aktsiz solig’ining qat’iy stavkalari o’ziga nisbatan belgilangan import qilingan
aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza import qilingan aktsiz
to’lanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan kelib chiqib aniqlanadi.
Advalor va qat’iy aralash soliq stavkalari belgilangan aktsiz to’lanadigan
tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza bunday aktsiz to’lanadigan tovarlarning
o’ziga nisbatan advalor stavka qo’llaniladigan bojxona qiymati miqdorida
aniqlanadi, bunda aktsiz solig’ining summasi qat’iy stavkani qo’llagan holda
hisoblab chiqarilgandan kam bo’lmasligi kerak.
Benzinni, dizel yoqilg’isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya
qilish chog’ida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan
benzinning, dizel yoqilg’isi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq solinadigan
bazadir.
Do'stlaringiz bilan baham: