O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

296-modda. Soliq solish ob’ekti 
Quyidagilar aktsiz solig’i solinadigan ob’ekt deb e’tirof etiladi: 
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aktsiz 
to’lanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish; 
tovarga bo’lgan mulk huquqini berish; 
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo’yilgan 
aktsiz to’lanadigan tovarlarni garovga qo’yuvchi tomonidan berish; 
aktsiz to’lanadigan tovarlarni bepul berish; 
aktsiz to’lanadigan tovarlarni yollanma ishchiga qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollarda ish haqi o’rniga berish yoxud yuridik shaxsning muassisiga 
(ishtirokchisiga) hisoblangan dividendlar hisobidan berish; 
2) aktsiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning 
(ishtirokchining) hissasi sifatida berish; 
3) aktsiz to’lanadigan tovarlarni: 
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) 
taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs 
tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir 
qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs bo’lgan emitent tomonidan aktsiyadordan ushbu emitent 
chiqargan aktsiyalarni qaytarib sotib olingan taqdirda aktsiyadorga berish; 
v) yuridik shaxsni tugatishda aktsiyadorga yoki ishtirokchiga berish; 
4) aktsiz to’lanadigan tovarlarni ulush qo’shish asosida qayta ishlash uchun 
berish, shuningdek ulush qo’shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan 
aktsiz to’lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz 
to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlash uchun berilgan 
xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; 
5) aktsiz to’lanadigan tovarlardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish; 
6) aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga olib kirish; 
7) benzinni, dizel yoqilg’isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya 
qilish yoki ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish; 


283 
8) aktsiz to’lanadigan xizmatlar ko’rsatish; 
9) O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O’zbekiston 
Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aktsiz to’lanadigan 
tovarlarning buzilishi, yo’qotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga 
kelgan hollar mustasno. Tovarning qiymati aybdor tomonidan sug’urta yo’li bilan 
qoplanganda yoki uning o’rni to’ldirilganda aktsiz solig’i sug’urta yo’li bilan 
qoplash (o’rnini to’ldirish) ulushida to’lanadi. 
Quyidagilar aktsiz solig’i solinadigan ob’ekt bo’lmaydi: 
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilish; 
2) keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib 
ketilishi sharti bilan «Bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga 
joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz 
to’lanadigan tovarlarni berish; 
3) ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar 
uchun suyultirilgan gazni realizatsiya qilish;
4) O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan 
tartibda insonparvarlik yordami sifatida; 
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan hayriya yordami 
maqsadida, shu jumladan texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida olib kirilayotgan, 
aktsiz to’lanadigan tovarlarni olib kirish;
5) aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga aktsiz solig’i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida 
jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. O’zbekiston Respublikasi hududiga 
aktsiz solig’i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning 
eng yuqori normalari qonun hujjatlarida belgilanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish