O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. O’zbekiston Respublikasi hududiga



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

289-modda. O’zbekiston Respublikasi hududiga 
tovarlarni olib kirish va O’zbekiston Respublikasi 
hududidan tovarlarni olib chiqish chog’ida soliq solishning 
o’ziga xos xususiyatlari 
 
Tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq solish 
tanlangan bojxona tartib-taomilga qarab quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1) tovarlar erkin muomalada bo’lish (import) uchun chiqarish bojxona tartib-
taomiliga joylashtirilganda soliq to’liq hajmda to’lanadi; 
2) tovarlar reimport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda soliq to’lovchi 
tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq u to’lashdan ozod qilingan soliq summalari 
yoxud unga tovarlar eksport qilinganligi tufayli qaytarib berilgan summalar 
O’zbekiston Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda to’lanadi; 
3) tovarlar tranzit, bojxona ombori, reeksport, boj olinmaydigan savdo, erkin 
bojxona hududi, yo’q qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona tartib-
taomillariga va maxsus bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda, shuningdek 
g’amlab qo’yilgan narsalar bojxonada deklaratsiyalanayotganda soliq to’lanmaydi; 
4) tovarlar bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirilganda soliq qayta ishlash mahsulotlarini muayyan muddatda O’zbekiston 
Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish sharti bilan to’lanmaydi; 
5) tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda 
O’zbekiston Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda soliq to’lashdan to’liq yoki qisman ozod qilish qo’llaniladi; 
6) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash mahsulotlari olib kirilgan taqdirda, 


277 
O’zbekiston Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda soliq to’lashdan to’liq yoki qisman ozod qilish qo’llaniladi; 
7) tovarlar ichki iste’mol uchun qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirilganda soliq to’liq hajmda to’lanadi. 
Tovarlar O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq solish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1) tovarlar O’zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-
taomilida olib chiqilayotganda soliq to’lanmaydi. Mazkur qoida tovarlarni 
keyinchalik eksport bojxona tartib-taomiliga muvofiq olib chiqish maqsadida ushbu 
tovarlar bojxona ombori tartib-taomiliga joylashtirilganda ham qo’llaniladi; 
2) tovarlar hududdan tashqariga reeksport bojxona tartib-taomilida olib 
chiqilayotganda soliq to’lanmaydi, O’zbekiston Respublikasi hududida olib kirish 
chog’ida to’langan soliq summalari esa O’zbekiston Respublikasining bojxona 
to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda soliq to’lovchiga 
qaytariladi. Mazkur qoida tovarlarni reeksport bojxona tartib-taomiliga muvofiq 
ularni keyinchalik olib chiqish maqsadida bojxona ombori bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirish chog’ida ham qo’llaniladi;
3) maxsus bojxona tartib-taomilini tugatish maqsadida g’amlab qo’yilgan 
narsalar, shuningdek tovarlar O’zbekiston Respublikasi hududidan olib 
chiqilayotganda soliq to’lanmaydi; 
4) 
tovarlar 
O’zbekiston Respublikasi hududidan ushbu qismning
1–3-bandlarida ko’rsatilganlariga nisbatan boshqa tartib-taomillarga muvofiq olib 
chiqilayotganda, agar O’zbekiston Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun 
hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lashdan ozod qilish 
va (yoki) to’langan soliq summalarini qaytarish amalga oshirilmaydi. 
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy, oilaviy, uy-ro’zg’or ehtiyojlari va 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa ehtiyojlar 
uchun mo’ljallangan tovarlar olib o’tilayotgan taqdirda, tovarlar O’zbekiston 
Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o’tilayotganligi sababli to’lanishi 
lozim bo’lgan soliqni to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasining bojxona 
to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish