O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

283-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda 
hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan soliq summalariga 
tuzatish kiritish 
 
Tovarlarni (xizmatlarni) olishda ilgari hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan 
soliq summasi, agar bunday tovarlarga (xizmatlarga) haq to’lash bo’yicha 
majburiyat ushbu Kodeksning 63-moddasiga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim 
bo’lsa, hisobga o’tkazish summasidan chiqarib tashlanishi lozim, bundan ushbu 
Kodeks 
278-moddasi 
birinchi 
qismining
3 va 4-bandlariga muvofiq hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan soliq summalari 
mustasno. 
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatish kiritish amalga 
oshirilgan tovarlar (xizmatlar) uchun haq to’langan taqdirda, soliq to’lovchi hisobga 
o’tkazish uchun qabul qilinadigan soliq summasiga, haq to’lash amalga oshirilgan 
hisobot (soliq) davridagi tegishli soliq summasini ko’paytirish tomoniga teskari 
tuzatish kiritishni amalga oshirish huquqiga ega. 
284-modda. To’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi 
 
Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi, har bir soliq davri yakunlari 
bo’yicha, ushbu Kodeksning 277-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu 
bobga muvofiq hisobga o’tkazilishi va tuzatish kiritilishi lozim bo’lgan soliq 
summasiga kamaytirilgan summa sifatida hisoblab chiqariladi. 
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, 
byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi musbat bo’lsa, soliq to’lovchi 
ushbu 
summaning 
o’rnini 
ushbu 
Kodeksning
286-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega bo’ladi.
285-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni 
to’lash tartibi hamda muddatlari
 


273 
Soliq to’lovchilar o’zi hisobga olingan joydagi soliq organlariga o’tgan hisobot 
(soliq) davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda, 
agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, tegishli soliq 
hisobotini taqdim etishi shart. 
Ushbu Kodeksning 284-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni 
to’lash soliq to’lovchi soliq organlarida hisobga olingan joy bo’yicha, har bir hisobot 
davrining yakunlariga ko’ra, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo’lsa, soliq yuzasidan hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay 
amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirilganda byudjetga 
to’lanishi lozim bo’lgan soliq, ushbu bo’lim qoidalari hisobga olingan holda, 
O’zbekiston Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda va muddatlarda to’lanadi. 
Soliq agentlari soliqni o’zi soliq organlarida soliq hisobida turgan joy bo’yicha 
to’laydi. Soliq to’lovchilar hisoblanmaydigan soliq agentlari o’zi hisobga olingan 
joydagi soliq organlariga tegishli soliq hisobotini soliqni ushbu Kodeksning 267, 
268-moddalariga muvofiq to’lash amalga oshirilgan hisobot (soliq) davri o’tganidan 
keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechikmagan muddatda tegishli soliq 
hisobotini taqdim etishi shart. 
Soliq hisobotiga soliq to’lovchining xaridlar reestrida va sotuvlar reestrida 
ko’rsatilgan ma’lumotlar kiritilishi lozim. 
Ushbu moddaning to’rtinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar, shuningdek 
vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa 
shaxsning manfaatlarni ko’zlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar 
olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar daftaridagi ma’lumotlarni ham 
belgilangan shakl bo’yicha taqdim etishi shart. Bunda, agar bunday shaxslar soliq 
to’lovchi bo’lmasa, ular soliq hisobotiga soliq agenti sifatida operatsiyalarni yoki 
vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), 
transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni 
jo’natuvchining) manfaatlarini ko’zlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish 
chog’ida olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish 
daftarlarida aks ettiriladigan ma’lumotlarnigina kiritadi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish