O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Asosiy vositalarning ayrim ob’ektlari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

282-modda. Asosiy vositalarning ayrim ob’ektlari 
bo’yicha hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan soliq 
summalariga tuzatish kiritish 
 
Ushbu Kodeks 278-moddasining uchinchi va to’rtinchi qismlarida ko’rsatilgan 
ob’ektlar bo’yicha hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan soliq summasidan ushbu 
Kodeksning 279-moddasiga muvofiq bundan buyon foydalanilgan taqdirda, ushbu 
summaga tuzatish kiritilishi lozim, bundan to’liq amortizatsiya qilingan yoki ishga 
tushirilgan paytidan e’tiboran 10 yildan ortiq vaqt o’tgan ob’ektlar mustasno. 
Soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu ob’ektlar bo’yicha ilgari hisobga 
o’tkazish uchun qabul qilingan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning 
bunday tuzatish kiritilayotgan sanadagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) 
balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Bunda soliqqa 
tuzatish kiritish summasi mazkur ob’ektlar balans qiymatining ko’payishi jumlasiga 
kiritiladi. 
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan asosiy vositalar 
ob’ektidan bundan buyon soliq to’lovchi tomonidan ushbu bo’limga muvofiq soliq 
solinishi lozim bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) uchun soliq 
to’lovchi tomonidan yangidan foydalanilsa, soliq to’lovchi tuzatish kiritishga va 
soliq summasini ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganga o’xshash 
tartibda hisobga o’tkazishga qabul qilishga haqli. 
Ushbu Kodeks 279-moddasi birinchi qismining 1-bandida ko’rsatilgan 
ob’ektlar bo’yicha hisobdan o’tkazishga qabul qilinmagan soliq summasi, agar soliq 
to’lovchi keyinchalik bunday ob’ektlardan ushbu Kodeks 278-moddasi birinchi 
qismining 1-bandida ko’rsatilgan maqsadlar uchun foydalansa, hisobga o’tkazish 
jumlasiga kiritilishi lozim, bundan to’liq amortizatsiya qilingan yoki ishga 
tushirilgan paytidan e’tiboran 10 yildan ortiq vaqt o’tgan ob’ektlar mustasno. 
Ushbu qismning to’rtinchi qismiga muvofiq soliqqa tuzatish kiritish summasi 
ilgari mazkur ob’ektlar qiymatiga kiritilgan soliq summasidan kelib chiqqan holda, 
ularning tegishli soliq summasini o’z ichiga oladigan, bunday tuzatishni kiritilgan 
sanasidagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga 
mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Ushbu qismga muvofiq hisoblab 
chiqarilgan soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu Kodeks 278-moddasining 
uchinchi qismida belgilangan tartibda hisobga o’tkazish jumlasiga kiritilishi lozim. 
Agar ushbu moddaning to’rtinchi qismida ko’rsatilgan asosiy vositalar 
ob’ektidan keyinchalik soliq solinmaydigan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar 
ko’rsatish) uchun yangidan foydalanilsa, soliq to’lovchi hisobga o’tkazish jumlasiga 


272 
kiritiladigan soliq summasiga tuzatish kiritishni ushbu moddaning ikkinchi qismida 
nazarda tutilganga o’xshash tartibda amalga oshirishi kerak. 
Ushbu Kodeks 278-moddasining uchinchi qismida ko’rsatilgan asosiy vositalar 
ob’ektidan realizatsiya qilinishiga ham soliq solinadigan, ham soliq solishdan ozod 
qilingan tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlarni) ishlab chiqarish uchun 
foydalanilsa, soliq solishdan ozod qilingan aylanmaga to’g’ri keladigan, hisobdan 
o’tkazish uchun qabul qilingan (hisobdan o’tkazish jumlasiga kiritilishi lozim 
bo’lgan) soliq summasining bir qismi tiklanishi va byudjetga to’lanishi lozim. Bunda 
soliq summasining tiklanishi lozim bo’lgan qismi tegishli kalendar yil uchun 
tovarlarni realizatsiya qilish (xizmatlar ko’rsatish) bo’yicha aylanmalarning 
umumiy qiymatidagi soliq solinmaydigan aylanma summasining solishtirma 
miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish