269
Hisobga o’tkazilishi lozim bo’lgan soliq summasi soliq to’lovchining tanloviga
ko’ra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.
Alohida-alohida usul bo’yicha soliq to’lovchi soliq solinadigan va soliq
solinmaydigan aylanma maqsadlari uchun foydalaniladigan, olingan tovarlar
(xizmatlar) bo’yicha xarajatlarning hamda soliq summalarining alohida-alohida
hisobni yuritadi. Bunda alohida-alohida hisobni yuritish imkoni bo’lmagan umumiy
xarajatlar bo’yicha xarajatlarni ajratish mutanosib usulda amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchi tomonidan mutanosib usul bo’yicha hisobga o’tkazish
jumlasiga kiritiladigan soliq summasi soliq solinadigan aylanma summasining
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish (soliqni hisobga olmasdan) bo’yicha
aylanmaning umumiy summasidagi joriy kalendar yil ichida o’sib boruvchi yakun
bilan aniqlanadigan solishtirma miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan ham alohida, ham mutanosib usuldan foydalanilgan
taqdirda, hisobga o’tkazilishi lozim bo’lgan soliq summasi quyidagi tartibda
aniqlanadi:
1) olingan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha soliq summasi olingan tovarlarni
(xizmatlarni) va ular bo’yicha to’langan, soliq solinadigan aylanmalar uchun alohida
hamda soliqdan ozod qilingan aylanmalar uchun alohida tarzda bevosita
foydalaniladigan summalarning alohida hisobini yuritish orqali alohida usul bilan
taqsimlanadi;
2) ham soliq solinadigan, ham soliq solishdan ozod qilingan aylanmalarni
ishlab chiqarishda va (yoki) realizatsiya qilishda foydalaniladigan, olingan tovarlar
(xizmatlar) bo’yicha kirim solig’ining taqsimlanmay qolgan summasi ushbu
moddaning to’rtinchi qismiga muvofiq mutanosib usul orqali soliq solinadigan va
soliq solishdan ozod qilingan aylanmalarga taqsimlanadi. Bunda realizatsiya qilish
bo’yicha aylanmalarning (ham soliq solinadigan, ham soliq solishdan ozod qilingan
aylanmalarning) ushbu qismning 1-bandiga muvofiq alohida usul bilan bunday
aylanmalarga taqsimlangan kirim solig’ining summalariga mutanosib summalari
ushbu bandda nazarda tutilgan mutanosibliklarni hisob-kitob qilish chog’ida
chiqarib tashlanadi.
Mutanosib usuldan foydalanish chog’ida hisobga o’tkazishga qabul qilinmagan
soliq, shuningdek ushbu Kodeksning 281-moddasida nazarda tutilgan tartibda
hisobiga o’tkazilishi lozim bo’lgan soliq summasiga tuzatish kiritilgan hollarda
hisobga o’tkazishga qabul qilinmagan soliq soliq to’lovchi tomonidan foyda
solig’ini hisoblab chiqarish chog’ida chegirib tashlanadigan xarajatlar tarkibida
hisobga olinadi.
Agar soliq solinadigan aylanmaning ulushi joriy hisobot (soliq ) davrida soliq
solinadigan va soliq solinmaydigan aylanmalar umumiy summasining 5 foizidan
oshib ketmasa, soliq to’lovchi joriy hisobot (soliq) davrida olingan tovarlarning
(xizmatlarning) haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar), shu jumladan uzoq muddatli
aktivlar bo’yicha to’langan (to’lanishi lozim bo’lgan) qiymatiga soliq summasini
to’liq kiritishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: