278-modda. Hisobga o’tkaziladigan soliq summasi
Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasini aniqlashda soliq to’lovchi
haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha to’langan (to’lanishi lozim bo’lgan)
soliq summasini hisobga o’tkazish orqali ushbu Kodeksning 277-moddasiga
muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, bundan
ushbu
Kodeksning
279-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, agar bunda quyidagi shartlar
bajarilsa, haqli bo’ladi:
1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya soliqqa solinishi lozim bo’lgan, shu
jumladan nol darajali stavka bo’yicha tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlarni
ko’rsatish) uchun mo’ljallangan bo’lsa;
2) olingan tovarlarga (xizmatlarga) soliq to’lovchi tomonidan hisobvaraq-
faktura yoki etkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan soliq summasi alohida
ajratib ko’rsatilgan boshqa hujjat olingan bo’lsa hamda tovarlarni (xizmatlarni)
etkazib beruvchi soliq to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa;
3) tovarlar olib kirilgan (import qilingan) taqdirda soliq byudjetga to’langan
bo’lsa;
4) ushbu Kodeksning 267 va 268-moddalarida nazarda tutilgan hollarda soliq
byudjetga to’langan bo’lsa.
O’zbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof
etilmaydigan xizmatlarni ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va O’zbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari ushbu bobda belgilangan tartibda haqiqatda
olingan tovarlar bo’yicha to’langan (to’lanishi lozim bo’lgan) soliq summasini
hisobga o’tkazish huquqiga ega.
Soliq to’lovchi tomonidan asosiy vositalar (shu jumladan qurilmaga oid
uskunalar) va nomoddiy aktivlar olinganda yoki to’langanda, shuningdek shaxsiy
asosiy vositalar sifatida kelgusida foydalanish uchun mo’ljallangan aktivlarni
yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda sotuvchi tomonidan soliq
to’lovchiga taqdim etilgan soliq summasini hisobga o’tkazish to’liq hajmda amalga
oshiriladi. Soliq to’lovchi O’zbekiston Respublikasi hududiga bunday tovarlarni
olib kirish chog’ida ushbu soliq to’lovchi tomonidan to’langan soliq summasini
hisobga o’tkazish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Mol-mulk ustav kapitaliga hissa sifatida olingan taqdirda, oluvchi mol-mulkni
ustav kapitaliga topshirish chog’ida ishtirokchi tomonidan to’langan soliq
summasini hisobga o’tkazish huquqiga ega. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa
sifatida olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va ko’chmas mol-mulk
ob’ektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan qurilish ob’ektlari bo’yicha
ishtirokchi ularni berish chog’ida to’lagan soliq ushbu moddaning uchinchi qismida
nazarda tutilgan tartibda mazkur aktivlarni oluvchi bo’lgan soliq to’lovchidan
hisobga o’tkazish uchun qabul qilinadi.
266
Soliq to’lovchi bo’lmagan shaxs soliq to’lovchi sifatida ushbu Kodeksning
249-moddasiga muvofiq maxsus ro’yxatga olish hisobiga qo’yilganda, shuningdek
soliq to’lashdan ozod qilish bekor qilingan taqdirda soliq to’lovchi ushbu sanada o’z
balansida mavjud bo’lgan tovar-moddiy zaxiralari qoldiqlarining balans qiymatida
hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan
shartlarga rioya etish sharti bilan hisobga o’tkazish huquqiga ega. Bunda ushbu
moddaga muvofiq tovar-moddiy qimmatliklar zaxiralarining qoldiqlari bo’yicha
hisobga o’tkazish uchun qabul qilingan soliq summasi soliq to’lovchi ro’yxatga
olish hisobiga qo’yilgan sanadan oldingi oxirgi o’n ikki oy ichida olingan
tovarlarning (xizmatlarning) ushbu soliq to’lovchini ro’yxatdan o’tkazish hisobiga
qo’yish sanasida unda mavjud bo’lgan tovar-moddiy qimmatliklar zaxiralarining
qoldiqlariga to’g’ri keladigan haqiqiy qiymati asosida aniqlanadi.
Agar soliq to’lovchi sifatida hisobda turmaydigan norezident komitent (ishonch
bildiruvchi) bo’lsa, tovar vositachilik (topshiriq) shartnomasiga muvofiq shartlar
asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, ushbu
tovar O’zbekiston Respublikasi hududiga import qilinganda vositachi (ishonchli
vakil) tomonidan to’langan soliq tegishli hisobot (soliq) davrida vositachi (ishonch)
bildiruvchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarga ulush sifatida vositachi
(ishonch bildiruvchi) tomonidan hisobga o’tkazish uchun qabul qilinadi.
O’zbekiston rezidenti bo’lgan komitentning (ishonch bildiruvchining)
topshirig’iga ko’ra olingan tovar O’zbekiston Respublikasi hududiga vositachi
(ishonchli vakil) tomonidan olib kirilgan taqdirda, import qilingan tovarning
bojxona rasmiylashtiruvida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan to’langan soliq
komitentda (ishonch bildiruvchida) hisobga o’tkazilishi lozim.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo’yicha majburiyatlar bajarilgan
taqdirda ekspeditor tomonidan tashuvchidan va (yoki) boshqa etkazib
beruvchilardan olingan xizmatlarga doir soliq summasi bunday shartnoma bo’yicha
ekspeditorning mijozi bo’lgan tarafda hisobga o’tkaziladi.
Sotuvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasining soliq to’lovchilari
bo’lmagan chet ellik shaxsga ushbu chet ellik shaxs tomonidan O’zbekiston
Respublikasida tovarlarni (xizmatlarni) olish chog’ida taqdim etilgan yoki ushbu
chet ellik shaxslar tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadlari
uchun O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi chog’ida ular tomonidan
to’langan soliq summalari hisobga o’tkazilishi lozim. Soliqning mazkur summalari
soliq agenti tomonidan ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq ushbu chet ellik
shaxsning daromadlaridan ushlab qolingan soliq byudjetga to’langanidan keyin,
ushbu shaxs olgan (olib kirgan) tovarlardan (xizmatlardan) faqat soliq agenti
qiymatidan soliqni ushlab qolgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya
qilish maqsadida foydalanilgan qism bo’yichagina hisobga o’tkazilishi yoki ushbu
chet ellik shaxsga qaytarilishi lozim. Bunda soliqning mazkur summalari chet ellik
shaxsni ushbu Kodeksning 249-moddasiga muvofiq soliq to’lovchi sifatida maxsus
ro’yxatdan o’tkazish hisobiga qo’yish sharti bilan hisobga o’tkazilishi yoki ushbu
shaxsga qaytarilishi lozim.
267
Agar soliq to’lovchi realizatsiya qilish bo’yicha aylanmasiga soliq solinishi
lozim bo’lgan tovarlarni (xizmatlarni), shuningdek realizatsiya qilish bo’yicha
aylanmasi soliq solishdan ozod qilinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilsa, hisobga o’tkazilishi lozim bo’lgan soliq summasi ushbu Kodeksning 280-
moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Agar hisobga o’tkazish huquqi tovarlarni (xizmatlarni) olish bo’yicha mavjud
bo’lmagan (soxta) bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud bo’lsa,
soliq organlari hisobga o’tkazishni bekor qilishga yoki unga tuzatish kiritishga haqli.
268
Do'stlaringiz bilan baham: |