O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

197-modda.
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati 
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati doirasida nazorat qilinadigan 
bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliqlarning to’liq hisoblab chiqarilishi va 
to’lanishini tekshirish (bundan buyon ushbu bobda tekshiruv deb yuritiladi) 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan u joylashgan er 
bo’yicha o’tkaziladi. 
Tekshiruv ushbu Kodeksning 185-moddasiga muvofiq yuborilgan nazorat 
qilinadigan bitimlar haqidagi bildirishnoma yoki hududiy soliq organining 
xabarnomasi asosida, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
tomonidan soliq organi faoliyatining nazorat tartibidagi takroriy sayyor soliq 
tekshiruvini o’tkazish natijasida nazorat qilinadigan bitim aniqlangan taqdirda 
o’tkaziladi. 
Tekshiruvlarni o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
ushbu Kodeksning 153–155-moddalarida belgilangan soliq nazorati tadbirlarini 
o’tkazishga haqli. 
Nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini 
nazorat qilish sayyor yoki kameral tekshiruvlar predmeti bo’lishi mumkin emas. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, agar ushbu moddada 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, nazorat qilinadigan bitta bitimga (bir xil 


203 
bitimlar guruhiga) nisbatan aynan bir kalendar yil uchun ikki va undan ortiq 
tekshiruvlar o’tkazishga haqli emas. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan nazorat 
qilinadigan bitta bitimga (bir xil bitimlar guruhiga) nisbatan takroriy tekshiruv 
o’tkazishga quyidagi hollarda yo’l qo’yiladi: 
1) soliq to’lovchi tomonidan ushbu Kodeksning 180-moddasiga muvofiq soliq 
summasi ilgari soliq hisobotida bayon etilganidan ko’ra kamroq miqdorda (zarar 
summasi – kattaroq miqdorda) aks ettirilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim 
etilganda;
2) soliq to’lovchi nazorat qilinadigan bitim haqida ilgari taqdim etgan 
axborotda ishonchsiz ma’lumotlar aniqlanganda. 
Tekshiruv doirasida tekshiruv o’tkazish to’g’risida qaror chiqarilgan yildan 
avvalgi besh kalendar yildan oshmaydigan davrda tuzilgan nazorat qilinadigan 
bitimlar tekshirilishi mumkin. 
Soliq to’lovchi tomonidan tuzilgan bitimga nisbatan tekshiruv o’tkazish ushbu 
soliq to’lovchining sayyor va (yoki) kameral soliq tekshiruvlarini va mazkur bitim 
tuzilgan soliq davri uchun soliq monitoringini o’tkazishga to’sqinlik qilmaydi. 
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish 
chog’ida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan olingan 
materiallar va ma’lumotlardan tekshirilayotgan nazorat qilinadigan bitim 
ishtirokchilari 
bo’lgan boshqa shaxslarning tekshiruvlarini o’tkazishda 
foydalanilishi mumkin. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish