O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

133-modda. O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan 
chet ellik shaxslarni hisobga qo’yishning o’ziga xos 
xususiyatlari 
 
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga 
oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan yuridik shaxs ushbu 
faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan e’tiboran bir yuz sakson uch kalendar 
kundan kechiktirmay soliq organiga soliq to’lovchi sifatida hisobga qo’yish 
to’g’risidagi arizani taqdim etishi shart. Ushbu arizaga quyidagilarning o’zbek yoki 
rus tillariga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tarzda tasdiqlangan 
ko’chirma nusxalari ilova qilinadi: 
1)
O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan ushbu yuridik shaxs 
ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat; 
2)
maxsus ruxsat beruvchi hujjatlarning yoki litsenziyalarning notarial tarzda 
tasdiqlangan ko’chirma nusxalari; 
3)
O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan yuridik shaxs nomidan 
O’zbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi 
ishonchnoma yoki boshqa hujjat; 
4)
ijro etilishi doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan shartnoma 
(mavjud bo’lgan taqdirda). 
Agar O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan yuridik shaxs bir yuz 
sakson uch kalendar kundan ortiq muddatga shartnoma tuzgan bo’lsa, soliq to’lovchi 
sifatida hisobga qo’yish to’g’risidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida 
nazarda tutilgan hujjatlar ushbu faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan 
e’tiboran o’ttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi. 
Agar O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan yuridik shaxs 
faoliyatning umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatni 
tashkil etadigan bir nechta shartnomalar tuzgan bo’lsa, soliq to’lovchi sifatida 
hisobga qo’yish to’g’risidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda 
tutilgan hujjatlar ushbu faoliyatni amalga oshirish boshlangan yoki qaysi 


134 
shartnomaga muvofiq bir nechta shartnomaga doir faoliyatning umumiy muddati bir 
yuz sakson uch kalendar kundan oshadigan bo’lsa, o’sha shartnoma tuzilgan sanadan 
e’tiboran o’ttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi. 
O’zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bilan tuzilgan umumiy faoliyat 
to’g’risidagi shartnomaning ishtirokchisi bo’lgan, faoliyati doimiy muassasa tashkil 
etilishiga olib keladigan O’zbekiston Respublikasining norezidenti soliq to’lovchi 
sifatida hisobga qo’yish uchun faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan 
e’tiboran o’ttiz kalendar kun ichida umumiy faoliyat to’g’risidagi shartnomaning 
ishtirokchisi bo’lgan O’zbekiston Respublikasining soliq rezidenti joylashgan 
(yashaydigan, turgan) erdagi soliq organiga hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani 
quyidagi hujjatlarning notarial tarzda tasdiqlangan ko’chirma nusxalarini ilova 
qilgan holda taqdim etishi shart: 
1)
umumiy faoliyat to’g’risidagi shartnomaning; 
2)
O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan jismoniy shaxsning 
shaxsini tasdiqlovchi hujjatning yoki O’zbekiston Respublikasining norezidenti 
bo’lgan yuridik shaxs ta’sis etuvchi hujjatlarining; 
3)
O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan yuridik shaxsning 
mamlakatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning. 
O’zbekiston Respublikasi banklarida hisobvaraqlar ochadigan O’zbekiston 
Respublikasining norezidenti hisobvaraq ochilguniga qadar soliq to’lovchi sifatida 
ro’yxatdan o’tishi shart. Soliq to’lovchi sifatida hisobga qo’yish uchun O’zbekiston 
Respublikasining bunday norezidenti bank joylashgan erdagi soliq organiga ushbu 
moddaning birinchi qismida belgilangan hujjatlarning notarial tarzda tasdiqlangan 
ko’chirma nusxalarini ilova qilgan holda hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani 
taqdim etadi.
Daromadlarini O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan, ushbu 
Kodeks qoidalariga muvofiq to’lash manbasida soliq solinishi lozim bo’lmagan chet 
ellik fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar faoliyatni amalga oshirish 
boshlangan sanadan e’tiboran o’ttiz kalendar kun ichida turgan (yashaydigan) 
joydagi soliq organiga hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani quyidagi hujjatlarning 
notarial tarzda tasdiqlangan ko’chirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi 
shart: 
1)
chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlarning; 
2)
fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq bo’yicha ro’yxatga olinganligini 
tasdiqlovchi hujjatning, bunday hujjat mavjud bo’lgan taqdirda; 
3)
O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad summasini 
tasdiqlovchi hujjatning, bunday hujjat mavjud bo’lgan taqdirda. 
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston 
Respublikasining norezidenti bo’lgan jismoniy shaxs ushbu Kodeksning 33-
moddasiga muvofiq u O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb e’tirof etilgan 
kundan e’tiboran o’ttiz kalendar kun ichida soliq to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tishi 
shart. 


135 
O’zbekiston Respublikasida mol-mulk solig’i yoki er solig’i solish ob’ekti 
bo’lgan mol-mulkni oluvchi chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar 
soliq to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tish uchun bunday mol-mulk yoki er uchastkasi 
joylashgan erdagi soliq organiga hisobga qo’yish to’g’risidagi arizani quyidagi 
hujjatlarning notarial tarzda tasdiqlangan ko’chirma nusxalarini ilova qilgan holda 
taqdim etishi shart: 
1)
chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlarning; 
2)
bunday hujjat mavjud bo’lgan taqdirda, fuqarolik (rezidentlik) 
mamlakatida soliq bo’yicha ro’yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish