O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

117-modda. Mol-mulkni xatlash 
 
Soliq organining prokuror sanktsiyasi bilan soliq to’lovchi bo’lgan yuridik 
shaxsning mol-mulkiga nisbatan mulk huquqini cheklashga doir harakati soliq 
qarzini undirish to’g’risidagi qarorning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida mol-
mulkni xatlash deb e’tirof etiladi.
Soliq to’lovchi tomonidan soliqni, penyalar va jarimalarni to’lash bo’yicha 
majburiyat belgilangan muddatlarda bajarilmagan hollarda hamda soliq organlarida 
mazkur shaxs yashirinish yoki o’z mol-mulkini yashirish choralarini ko’rmoqda deb 
taxmin qilish uchun etarlicha asoslar mavjud bo’lgan taqdirda, mol-mulkni xatlash 
o’tkaziladi. 
Mol-mulkni xatlash to’liq yoki qisman bo’lishi mumkin.
Soliq to’lovchining o’z mol-mulkiga nisbatan huquqlarini shunday cheklash 
mol-mulkni to’liq xatlash deb e’tirof etiladiki, bunda u xatlangan mol-mulkni 
tasarruf etishga haqli emas, ushbu mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish 
esa soliq organining ruxsati bilan hamda uning nazorati ostida amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchining o’z mol-mulkiga nisbatan huquqlarini shunday cheklash 
mol-mulkni qisman xatlash deb e’tirof etiladiki, bunda ushbu mol-mulkka egalik 
qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish soliq organining ruxsati bilan va uning 
nazorati ostida amalga oshiriladi.
Mol-mulkni xatlash soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlarida uning ana 
shu mol-mulk hisobiga soliqni, penyalarni, jarimani to’lash bo’yicha 
majburiyatining bajarilishini ta’minlash uchungina etishmagan yoki yo’q bo’lgan 
taqdirda qo’llanilishi mumkin.
Mol-mulkni xatlash ushbu Kodeksning 124-moddasiga muvofiq soliq organi 
tomonidan soliq qarzini undirish to’g’risida qaror qabul qilinganidan so’ng 
qo’llanilishi mumkin.
Soliq to’lovchining barcha mol-mulki xatlab qo’yilishi mumkin. 


117 
Soliq qarzini uzish uchun zarur va etarli bo’lgan mol-mulkgina xatlab qo’yilishi 
lozim. 
O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga 
oshirmaydigan chet ellik yuridik shaxsning ko’chmas mulki ob’ekti, mazkur 
ko’chmas mulki ob’ektining qiymati undiriladigan soliq qarzi summasidan ortiq 
bo’lgan O’zbekiston Respublikasi hududida ushbu chet ellik shaxsning undiruv 
qaratilishi mumkin bo’lgan boshqa mol-mulk bo’lmagan taqdirda xatlab qo’yiladi. 
Soliq to’lovchining mol-mulkini xatlab qo’yish to’g’risidagi xulosa soliq 
organining rahbari (uning o’rinbosari) tomonidan tegishli qaror shaklida qabul 
qilinadi. 
Soliq to’lovchining mol-mulkini xatlash xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. 
Mol-mulkni xatlashni amalga oshiruvchi organ mol-mulkni xatlash chog’ida 
soliq to’lovchining (uning qonuniy va (yoki) vakolatli vakilining) hozir bo’lishini 
rad etishga haqli emas.
Xatlashni amalga oshirishda xolislar, mutaxassislar sifatida ishtirok etuvchi 
shaxslarga, shuningdek soliq to’lovchiga (uning vakiliga) ularning huquqlari va 
majburiyatlari tushuntiriladi.
Mol-mulkni xatlash oldidan xatlashni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar 
soliq to’lovchiga (uning vakiliga) xatlab qo’yish to’g’risidagi qarorni, prokurorning 
sanktsiyasini va o’zlarining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni ko’rsatishi shart.
Xatlashni amalga oshirishda mol-mulkni xatlash to’g’risida bayonnoma 
tuziladi. 
Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan ro’yxatda xatlanishi lozim bo’lgan 
mol-mulk sanab o’tiladi, ashyolarning nomi, miqdori va xususiy alomatlari, imkoni 
bo’lgan taqdirda esa – ularning qiymati aniq ko’rsatilgan holda ta’riflanadi. 
Xatlanishi lozim bo’lgan barcha ashyolar xolislarga va soliq to’lovchiga (uning 
vakiliga) ko’rsatiladi. 
Mol-mulkni xatlab qo’yish to’g’risida qaror chiqargan soliq organining rahbari 
(uning o’rinbosari) xatlab qo’yilgan mol-mulk turishi lozim bo’lgan joyni 
belgilaydi. 
Xatlab qo’yilgan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga (bundan xatlashni 
qo’llagan soliq organing nazorati ostida yoki ruxsati bilan amalga oshiriladigan 
berish mustasno), behuda sarflashga (rastrata qilishga) yoki yashirishga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Xatlab qo’yilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf 
etishning belgilangan tartibiga rioya etmaslik aybdor shaxslarni ushbu Kodeksning 
234-moddasida va (yoki) boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka 
tortish uchun asos bo’ladi.
Mol-mulkini xatlab qo’yish to’g’risida o’ziga nisbatan qaror qabul qilingan 
soliq to’lovchining iltimosiga ko’ra soliq organi mol-mulkni xatlashni ushbu 
Kodeksning 110-moddasiga muvofiq mol-mulk garoviga almashtirishga haqli.
Ushbu Kodeksning 110-moddasiga muvofiq soliq qarzi uzilgan va (yoki) mol-
mulk garovi to’g’risida shartnoma tuzilgan taqdirda, mol-mulkni xatlash 
to’g’risidagi qaror soliq yig’uvchining mansabdor shaxsi tomonidan bekor qilinadi. 


118 
Soliq organi mol-mulkni xatlash to’g’risidagi qarorni bekor qilish to’g’risida 
bunday qaror qabul qilingan kundan keyin besh kun ichida soliq to’lovchini 
xabardor qiladi. 
Mol-mulkni xatlash to’g’risidagi qaror mol-mulk xatlab qo’yilgan paytdan 
e’tiboran ushbu qaror bunday qarorni chiqargan soliq yig’uvchining vakolatli 
mansabdor shaxsi tomonidan bekor qilingunga qadar yoxud mazkur qaror yuqori 
turuvchi soliq yig’uvchi yoki sud tomonidan bekor qilingunga qadar amal qiladi. 
Ushbu moddada belgilangan qoidalar yuridik shaxs bo’lgan soliq agentining 
mol-mulkini xatlashga nisbatan ham qo’llaniladi. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’iga 
doir soliq majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadlarida ushbu modda 
qoidalari quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda qo’llaniladi: 
1) birinchi navbatda ushbu soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi 
mas’ul ishtirokchisining mol-mulki xatlanishi lozim; 
2) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining 
mol-mulki mazkur soliq majburiyatini bajarish uchun etarli bo’lmagan taqdirda, 
soliq organi etishmagan summa qismida ushbu konsolidatsiyalashgan guruh boshqa 
ishtirokchilarining mol-mulkini xatlashni qo’llashga haqli. 
Bunda soliq organining rahbari (uning o’rinbosari) o’zida mavjud bo’lgan soliq 
to’lovchilar to’g’risidagi axborot asosida soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhi boshqa ishtirokchilarining mol-mulkini xatlash qo’llaniladigan ketma-
ketlikni mustaqil ravishda belgilaydi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish