O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash muddatlari, tartibi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

77-modda. Soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash muddatlari, tartibi 
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, 
shuningdek mavjud bo’lgani taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq 
davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi. 
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga 
oshiriladi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bu majburiyat soliq organiga 
yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin. 
Soliqni to’lash soliqning to’liq summasi bo’yicha yoki ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi. 
Agar soliq bo’yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ularning 
har biri yakuni bo’yicha joriy to’lovlar to’lanadi. Joriy to’lovlarni to’lash 
majburiyati soliqni to’lash bo’yicha majburiyatga tenglashtiriladi. 
Alohida soliq turlari uchun bo’nak to’lovlari nazarda tutilishi mumkin. Bo’nak 
to’lovlarini to’lash majburiyati soliqni to’lash bo’yicha majburiyatga 
tenglashtiriladi. 
Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq 
to’lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig’imlarni mustaqil ravishda to’laydi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni bank orqali naqd 
pulsiz shaklda to’laydi. 
Soliqlar va yig’imlarni turlari bo’yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to’lash 
muddati ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi. 
78-modda. Soliq imtiyozlari 
Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to’lovchilarga nisbatan 
soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan 
soliqni to’lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to’lash imkoniyati soliq imtiyozlari 
deb e’tirof etiladi. 
Soliqlarni to’lashni kechiktirishlar (bo’lib-bo’lib to’lashlar) soliq imtiyozlari 
deb e’tirof etilmaydi. 
Soliq imtiyozlarini belgilovchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining 
normalari soliqlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llash asoslarini, tartibi va shartlarini 
nazarda tutishi lozim. 


77 
Soliq imtiyozlari vaqtinchalik xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Bunday soliq 
imtiyozlari uchun ularni qo’llashning aniq sanalari bilan belgilangan muddatlari 
yoki ular qo’llaniladigan vaqt oraliqlari belgilab qo’yiladi. 
Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi xususiyatga ega bo’lishi mumkin emas. 
Yakka tartibdagi soliq imtiyozlariga doir taqiq soliq to’lovchilar toifalarini tavsif 
qilganda o’sha tavsif faqat bitta soliq to’lovchiga tegishli bo’ladigan tarzda chetlab 
o’tiladigan bo’lishi mumkin emas. 
Soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. 
Ayrim soliqlar bo’yicha soliq imtiyozlari O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan stavkani kamaytirish, lekin ko’pi 
bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko’pi bilan uch yil muddatga berilishi 
mumkin. 
Soliq to’lovchi soliq bo’yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga 
kelgan paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga 
haqli. 
Soliq to’lovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoki undan foydalanishni 
bir yoki bir necha soliq davrlarida to’xtatib turishga haqli. 
Soliq bo’yicha imtiyozlar soliqqa tortishdan bo’shagan mablag’larni aniq 
maqsadlarga yo’naltirilishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag’larning 
maqsadli ishlatilmasligi hollarida maqsadsiz ishlatilgan mablag’larning summasi 
belgilangan tartibda penya hisoblash bilan byudjetga undiriladi. Soliq imtiyozlari 
berilishi munosabati bilan bo’shagan va mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida 
foydalanilmagan mablag’lar summalari imtiyozlarni taqdim etish muddati 
tugaganidan so’ng bir yil davomida imtiyozlarni taqdim etilishida belgilangan 
maqsadlar uchun yo’naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda 
foydalanilmagan mablag’lar byudjetga o’tkazilishi lozim. 
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar, jumladan tovarlar olib 
kirilishida (importida) bo’shagan mablag’larni aniq maqsadlarga yo’naltirilishi 
sharti bilan berilishi mumkin emas. 
O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan soliqlarni to’lashdan ozod etiladi, bundan ijtimoiy soliq mustasno. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish