O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

71-modda. 
Soliq 
to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan 
guruhining faoliyatini tugatish 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi quyidagi holatlardan 
loaqal bittasi mavjud bo’lgan taqdirda faoliyatini tugatadi: 
1) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganligi; 
2) taraflarning kelishuviga ko’ra soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini tashkil etish to’g’risidagi shartnoma bekor qilinganligi; 
3) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi sudning qarori 
qonuniy kuchga kirganligi; 
4) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani uning ishtirokchilari tarkibi o’zgarishi munosabati bilan 
o’zgartirish to’g’risidagi bitimning belgilangan muddatlarda soliq organiga taqdim 
etilmaganligi; 
5) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining 
qayta tashkil etilganligi (qayta tuzish shaklidagi qaytadan tashkil etish bundan 
mustasno) yoki tugatilganligi; 
6) O’zbekiston Respublikasining nochorlik (bankrotlik) to’g’risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul 
ishtirokchisiga 
nisbatan 
nochorlik 
(bankrotlik) 
to’g’risida ish yuritish 
qo’zg’atilganligi; 
7) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
ushbu Kodeksning 65-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq emasligi; 
8) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaga majburiy o’zgartishlarni kiritishdan bo’yin tovlaganlik. 
Yuridik shaxs bo’lgan soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi 
ishtirokchisining ustav kapitalidagi (fondidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) ushbu 
Kodeksning 65-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlarning buzilishiga 
olib kelmaydigan olish yoki sotish soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhning faoliyatini to’xtatishga sabab bo’lmaydi. 
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida ko’rsatilgan holatlar mavjud 
bo’lganda soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
ushbu konsolidatsiyalashgan guruhni tuzish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan 
o’tkazgan 
soliq 
organiga 
uning 
faoliyatini 
tugatish 
to’g’risidagi, 
konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari bo’lgan barcha yuridik shaxslarning 
vakolatli vakillari tomonidan imzolangan qarorni yuborishi shart. Bunday qaror 
mazkur soliq organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan 
kechiktirilmagan muddatda yuboriladi. 
Ushbu modda birinchi qismining 1, 3–7-bandlarida ko’rsatilgan holatlar 
mavjud bo’lganda, soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul 
ishtirokchisi soliq organiga ushbu guruhni tuzish to’g’risidagi ro’yxatdan 
o’tkazilgan shartnomani, bunday holatlar yuzaga kelgan sana ko’rsatilgan 


73 
bildirishnomani yuborishi shart. Ixtiyoriy shaklda tuzilgan bunday bildirishnoma 
ko’rsatilgan soliq organiga tegishli holatlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh 
kundan oshmagan muddatda yuboriladi. 
Soliq organi ushbu moddaning uchinchi yoki to’rtinchi qismlarida ko’rsatilgan 
hujjatlar olingan sanadan e’tiboran besh kun ichida soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati tugatilgani haqidagi axborotni yuridik 
shaxs bo’lgan soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari 
joylashgan erdagi, shuningdek ushbu yuridik shaxslar alohida bo’linmalarining 
joylashgan eridagi soliq organlariga yuboradi. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, agar ushbu Kodeksda 
boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, ushbu moddaning birinchi qismida 
ko’rsatilgan holatlar yuzaga kelgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi kunidan 
e’tiboran faoliyatini tugatadi. 
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud 
bo’lgan taqdirda, soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati 
sudning ko’rsatilgan qarori qonuniy kuchga kirgan, foyda solig’i bo’yicha hisobot 
davrining birinchi kunidan e’tiboran tugatadi. 
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud 
bo’lgan taqdirda, soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ushbu Kodeks 
59-moddasining o’ninchi – o’n ikkinchi qismlarida belgilangan shart buzilgan foyda 
solig’i bo’yicha soliq davrining birinchi kunidan e’tiboran faoliyatini tugatadi. 
Ushbu modda birinchi qismining 5, 6 yoki 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar 
mavjud bo’lgan taqdirda, soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi 
tegishli holat yuzaga kelgan kalendar yilning birinchi kunidan e’tiboran faoliyatini 
tugatadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish