70-modda. Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi
mas’ul ishtirokchisining huquq va majburiyatlari
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi ushbu
Kodeksning 69-moddasida belgilangan huquqlar va majburiyatlardan tashqari,
ushbu moddada belgilangan huquqlarni amalga oshiradi hamda zimmasida
majburiyatlar bo’ladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi, agar
ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati bilan bog’liq yuzaga keladigan
munosabatlarda foyda solig’i to’lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
huquqlarni amalga oshiradi va zimmasida majburiyatlar bo’ladi.
70
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi
quyidagi huquqlarga ega:
1) soliq organlariga va ularning mansabdor shaxslariga soliq to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini (bo’nak va joriy to’lovlarni)
hisoblab chiqarish va to’lash yuzasidan har qanday izohlar taqdim etish;
2) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’i
to’lanishi munosabati bilan bunday guruhning istalgan ishtirokchisi va uning alohida
bo’linmalari joylashgan erda o’tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlarini
o’tkazilayotganda hozir bo’lish;
3) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda
solig’ining to’lanishi munosabati bilan o’tkaziladigan soliq tekshiruvlari
dalolatnomalarning va soliq tekshiruvlarining natijalari yuzasidan soliq organi
tomonidan chiqarilgan qarorlarning ko’chirma nusxalarini olish, shuningdek foyda
solig’ini (bo’nak to’lovlarini) to’lash to’g’risidagi talabnomalarni hamda soliq
to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati bilan bog’liq boshqa
hujjatlarni olish;
4) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini
to’lash munosabati bilan o’tkaziladigan soliq tekshiruvlarining va soliq nazoratining
qo’shimcha tadbirlarining materiallari ushbu Kodeksning 166-moddasida nazarda
tutilgan hollarda va tartibda soliq organining rahbari (rahbar o’rinbosari) tomonidan
ko’rib chiqilayotganda ishtirok etish;
5) soliq organlaridan soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining
ishtirokchilari to’g’risidagi soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish;
6) soliq organlarining, boshqa vakolatli organlarning hujjatlari hamda ular
mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan, shu jumladan soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini hisoblab
chiqarishda ular tomonidan majburiyatlarining bajarilishi (huquqlarining amalga
oshirilishi) munosabati bilan soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining
ayrim ishtirokchilari manfaatlarini ko’zlab belgilangan tartibda shikoyat qilish;
7) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha ortiqcha
to’langan foyda solig’ini hisobga olish (qaytarish) to’g’risida ariza bilan soliq
organiga murojaat etish.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi:
1) soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda
ro’yxatdan o’tkazish uchun soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini
tuzish to’g’risidagi shartnomani, ushbu shartnomaga o’zgartishlarni, soliq
to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyatini tugatish to’g’risidagi
qarorni yoki xabarnomani taqdim etishi;
2) ushbu Kodeksning XII bo’limida belgilangan tartibda soliq to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha soliq bo’yicha hisobga olishni yuritishi,
foyda solig’ini (bo’nak to’lovlarni) hisoblab chiqarishi va to’lashi;
3) soliq organiga soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha
foyda solig’iga doir soliq hisobotini, shuningdek mazkur guruhning boshqa
71
ishtirokchilaridan olingan hujjatlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va
muddatlarda taqdim etishi;
4) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati tugatilgan
taqdirda ushbu guruh ishtirokchilariga tegishli hisobot hamda soliq davrlari uchun
foyda solig’ini (bo’nak to’lovlarni) hisoblab chiqarish va to’lash hamda soliq
hisobotini tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni soliq to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi shartnomada nazarda tutilgan
tartibda va muddatlarda taqdim etishi. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketganda ham bunday
ma’lumotlar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchilariga va
konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan yuridik shaxslarga shunday
tartibda taqdim etiladi;
5) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini
to’lovchining majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan soliq
qarzini uzishi;
6) soliqlarni to’lash to’g’risidagi talabnoma olingani haqida u olingan kundan
e’tiboran besh kun ichida soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining
ishtirokchilarini xabardor qilishi;
7) soliq organlari tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini
to’lovchining majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni, izohlarni va
boshqa
axborotni
soliq
to’lovchilar
konsolidatsiyalashgan
guruhining
ishtirokchilaridan talab qilib olishi;
8) konsolidatsiyalashgan guruhni tuzish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan
o’tkazgan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari doirasida talab qilingan,
soliq to’lovchilarning ushbu konsolidatsiyalashgan guruhiga doir boshlang’ich
hujjatlarni, soliq bo’yicha hisobga olish registrlarini va boshqa axborotni taqdim
etishi shart.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir
necha yuridik shaxs chiqib ketgan taqdirda shu konsolidatsiyalashgan guruhning
mas’ul ishtirokchisi:
1)
soliq
davri
boshlanganidan
e’tiboran ushbu yuridik shaxslar
konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan, soliq to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’iga doir soliq davrining
boshlanganidan e’tiboran soliq bo’yicha hisobga olishga tegishli o’zgartishlar
kiritishi;
2) tugagan hisobot davrlari bo’yicha foyda solig’i yuzasidan bo’nak to’lovlarni
qaytadan hisoblashni amalga oshirishi va hisobda turgan joyidagi soliq organiga
soliq to’lovchilarning ushbu konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’iga
oid aniqlashtirilgan soliq deklaratsiyasini taqdim etishi shart.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi o’ziga
berilgan vakolatlar doirasida soliq to’lovchining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
boshqa huquqlariga ega bo’ladi va zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo’ladi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |