O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

67-modda. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini ro’yxatdan o’tkazish
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini ro’yxatdan o’tkazish 
uchun ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi o’zi hisobga olingan joydagi soliq 
organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
1) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish haqidagi, tashkil etilayotgan 
konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining vakolatli shaxslari 
tomonidan imzolangan ariza; 
2) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaning ikki nusxasi; 
3) ushbu Kodeks 65-moddasining uchinchi, beshinchi, ettinchi va to’qqizinchi 
qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi, soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan tasdiqlangan 
hujjatlar. Bunday hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu Kodeks 65-moddasi ettinchi 
qismining 
1-bandida 
ko’rsatilgan 
soliqlarni 
to’lashga 
doir 
to’lov 
topshiriqnomalarining (soliq organining bu soliqlar bo’yicha hisobga o’tkazish 
amalga oshirilganligi to’g’risidagi qarorining), buxgalteriya balanslarining
guruhning har bir ishtirokchilari uchun oldingi kalendar yildagi moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobotlarning ko’chirma nusxalari kiradi; 
4) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi 
hujjatlar. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan hujjatlar soliq organiga soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’i qaysi soliq 
davridan oldingi davrdan boshlab hisoblab chiqariladigan va to’lanadigan bo’lsa, 
o’sha davrdan oldingi yilning 30 oktyabridan kechiktirmay soliq organiga taqdim 
etiladi.
Soliq organining rahbari (rahbar o’rinbosari) ushbu moddaning birinchi 
qismida ko’rsatilgan hujjatlar soliq organiga taqdim etilgan kundan e’tiboran o’n 
besh kun ichida soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazadi yoki uni ro’yxatdan o’tkazishni rad 
etish haqida asoslantirilgan qaror qabul qiladi. Ushbu moddada belgilangan muddat 
doirasida bartaraf etiladigan qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda soliq organi soliq 
to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisini bu haqda 
xabardor qilishi shart. Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul 


64 
ishtirokchisi aniqlangan buzilishlarni ushbu moddada belgilangan muddat o’tguniga 
qadar bartaraf etishga haqli. 
Ushbu Kodeksning 65-moddasida, 66-moddasining uchinchi qismida hamda 
ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarga rioya 
etilgan taqdirda soliq organi soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini 
tashkil etish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishi shart.
Shartnoma ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan e’tiboran besh kun ichida soliq 
organi soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisiga 
ushbu shartnomaning bir nusxasini uning ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida belgi 
qo’ygan holda, tilxat olib shaxsan yoki olinganlik sanasi to’g’risida guvohlik 
beruvchi boshqa usulda berish shart. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnoma ro’yxatdan o’tkazilganligi haqidagi axborot xuddi shu 
muddatlarda soliq organi tomonidan soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhining yuridik shaxs bo’lgan ishtirokchilari, shuningdek ularning alohida 
bo’linmalari turgan joydagi soliq organlariga yuboriladi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ushbu guruhni tashkil etish 
to’g’risidagi shartnoma soliq organi tomonidan ro’yxatga olingan yildan keyingi 
kalendar yilning birinchi sanasida tashkil etilgan deb e’tirof etiladi.
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishni soliq organi tomonidan rad etishga 
faqat quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo’lganda yo’l qo’yiladi: 
1) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etishning 
ushbu Kodeksning 65-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq emasligi; 
2) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaning ushbu Kodeks 66-moddasining uchinchi qismida 
ko’rsatilgan talablarga muvofiq emasligi;
3) ushbu Kodeksning birinchi qismida ko’zda tutilgan soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan 
o’tkazish uchun hujjatlarni vakolatli soliq organiga taqdim etmaslik yoxud to’liq 
hajmda taqdim etmaslik, yoki mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan 
hujjatlarni taqdim etish muddatini buzish; 
4) hujjatlar bunga vakolati bo’lmagan shaxslar tomonidan imzolangan taqdirda. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish soliq organi tomonidan rad etilgan 
taqdirda, soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
kamchiliklar bartaraf etilganidan so’ng bunday shartnomani ro’yxatdan o’tkazish 
to’g’risidagi hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishni rad etish haqidagi qarorning 
ko’chirma nusxasi u qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida soliq organi 
tomonidan bunday shartnomada soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida ko’rsatilgan vakolatli vakiliga shaxsan imzo 
qo’ydirib yoki olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. 


65 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish rad etilganda bunday shartnomada 
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida 
ko’rsatilgan shaxs mazkur Kodeksda belgilangan tartib va muddatlarda soliq 
organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari yoki harakatsizligi ustidan 
shikoyat berishi mumkin. 
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda, soliq organi mazkur shartnomani 
ro’yxatdan o’tkazishi shart, soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi esa 
ushbu moddaning to’rtinchi qismiga muvofiq ro’yxatdan o’tishi lozim bo’lgan 
yildan keyingi yilning birinchi sanasidan boshlab tashkil etilgan deb e’tirof etiladi. 
Agar soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish uchun ushbu bobda nazarda tutilgan 
boshqa to’siqlar bo’lmagan taqdirda mazkur qoida qo’llaniladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish