O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

65-modda. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini tashkil etish shartlari 
 


60 
Ushbu moddada nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiruvchi 
O’zbekiston 
Respublikasi 
yuridik 
shaxslari 
soliq 
to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etishga haqli. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan 
qanoatlantirilishi lozim bo’lgan ushbu moddada nazarda tutilgan shartlar, agar ushbu 
Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, mazkur guruhni tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida bajarilishi kerak. 
Bir yuridik shaxs, boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitalida bevosita va 
(yoki) bilvosita ishtirok etsa va har bir shunday yuridik shaxsdagi bunday ishtirok 
etish ulushi kamida 90 foizni tashkil etgan taqdirda, yuridik shaxslar tomonidan 
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tashkil etilishi mumkin. Ushbu 
shartga soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida rioya etilishi 
kerak. 
Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi ushbu 
Kodeksning 41-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Yuridik shaxs, soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil 
etish to’g’risidagi shartnomaning tarafi sifatida quyidagi barcha shartlarni 
qanoatlantirishi kerak: 
1) agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, u qayta 
tashkil etilish yoki tugatilish jarayonida bo’lmasligi kerak; 
2) unga nisbatan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq 
bankrotlik (iqtisodiy jihatdan nochorlik) to’g’risidagi ish bo’yicha ish qo’zg’atilgan 
bo’lmasligi kerak; 
3) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
(o’zgartirish) to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish uchun hujjatlarni soliq 
organiga taqdim etish sanasidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobot 
asosida hisob-kitob qilingan sof aktivlarning miqdori uning ustav kapitali 
miqdoridan oshmasligi kerak. 
Soliq to’lovchilarning mavjud konsolidatsiyalashgan guruhiga yangi yuridik 
shaxsning qo’shilishi, agar qo’shilayotgan yuridik shaxs o’zining qo’shilish 
sanasida ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni 
qanoatlantirsa, mumkin bo’ladi. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari bo’lgan 
jami yuridik shaxslar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak: 
1) ular tomonidan kalendar yil mobaynida to’langan qo’shilgan qiymat 
solig’ining, aktsiz solig’ining, foyda solig’ining va er qa’ridan foydalanganlik uchun 
soliqning jami summasi kamida 100 milliard so’mni tashkil etishi; 
2) tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan, shuningdek kalendar 
yil uchun moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko’ra boshqa daromadlardan olingan 
tushumning jami hajmi kamida 500 milliard so’mni tashkil etishi; 
3) ular aktivlarining jami qiymati kalendar yilning so’nggidagi moliyaviy 
hisobot ma’lumotlariga ko’ra kamida 1 trillion so’mni tashkil etishi kerak. 


61 
Ushbu moddaning ettinchi qismida nazarda tutilgan barcha ko’rsatkichlar soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi 
shartnomani ro’yxatdan o’tkazish uchun hujjatlar soliq organiga taqdim etiladigan 
yildan oldingi yil yakunlariga ko’ra hisob-kitob qilinadi.
Quyidagilar soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari 
bo’lishi mumkin emas: 
1) maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar; 
2) maxsus soliq rejimlarini qo’llovchi yuridik shaxslar; 
3) banklar, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa 
barcha yuridik shaxslar banklar bo’lgan hol mustasno; 
4) sug’urta tashkilotlari, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi 
boshqa barcha yuridik shaxslar sug’urta tashkilotlari bo’lgan hol mustasno; 
5) qimmatli qog’ozlar bozorining banklar deb hisoblanmaydigan professional 
ishtirokchilari, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa 
barcha 
yuridik 
shaxslar 
qimmatli 
qog’ozlar bozorining banklar deb 
hisoblanmaydigan professional ishtirokchilari bo’lgan hol mustasno; 
6) foyda solig’ini to’lovchilar deb e’tirof etilmaydigan yuridik shaxslar; 
7) foyda solig’ining turli stavkalarini qo’llovchi yuridik shaxslar; 
8) kliring tashkilotlari; 
9) mikrokredit tashkilotlari. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, faqat basharti ushbu 
moddadan nazarda tutilgan talablarni qanoatlantiradigan barcha yuridik shaxslar 
ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning ishtirokchisi bo’lsa, tashkil etilishi mumkin. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibi 
ularga faqat ushbu talablarni qanoatlantiradigan ishtirokchilarning qo’shilishi yoxud 
undan bunday talablarni qanoatlantirmay qo’ygan ishtirokchilarning chiqarilishi 
hisobiga o’zgarishi mumkin. Soliq to’lovchilarning ushbu talabni buzgan holda 
tashkil etilgan yoxud bu talabga muvofiq bo’lmay qolgan konsolidatsiyalashgan 
guruhi g’ayriqonuniy ravishda tashkil etilgan deb yoxud ushbu talab buzilgan 
sanadan e’tiboran amal qilishi tugatilgan deb e’tirof etiladi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi kamida ikki kalendar yil 
muddatga tashkil etiladi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish