O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

58-modda. Soliq qarzi 
Ushbu Kodeks maqsadlarida, hisob chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan 
muddatlarda to’lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo’yicha bo’nak va joriy 
to’lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda 
kiritilmagan moliyaviy sanktsiya va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi.
Soliq to’lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo’yicha 
ham, ularning har biri bo’yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin. 


55 
Soliq qarzini to’lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish 
chog’ida to’lash quyidagi tartibda ketma-ket amalga oshiriladi: 
1) soliqlarning summasi; 
2) hisoblangan penyalar; 
3) jarimalar. 
 
59-modda. Soliq to’lovchining shaxsiy kabineti
Soliq to’lovchining shaxsiy kabineti – O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo’mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursidir.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq to’lovchining shaxsiy 
kabinetidan soliq to’lovchilar va soliq organlari o’z huquqlari va majburiyatlarini 
elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. 
Soliq organlari tomonidan soliq organlariga va soliq to’lovchilar tomonidan 
soliq organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning ro’yxati O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Har bir 
soliq to’lovchining shaxsiy kabineti u soliq organlarida hisobga qo’yilganidan keyin 
shakllantiriladi.
Shaxsiy kabinetdan foydalanish soliq to’lovchi tomonidan ixtiyoriy tartibda 
amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxsga, u yakka tartibdagi tadbirkor bo’lishidan qat’i nazar, soliq 
to’lovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs soliq 
to’lovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida o’z huquqlari 
va erkinliklarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. 
Soliq to’lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan 
holda belgilanadi.
Soliq to’lovchining shaxsiy kabinetiga kirish yagona identifikatsiyalash tizimi 
orqali elektron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi. 
Elektron raqamli imzo soliq to’lovchiga uning arizasi asosida Davlat xizmatlari 
markazi orqali haq evaziga, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
tomonidan belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Soliq to’lovchining shaxsiy kabineti faollashtirilganidan keyin va to uning amal 
qilishi to’xtatilguniga qadar soliq organlari barcha hujjatlarni soliq to’lovchiga faqat 
uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq to’lovchi hujjatlarni soliq organlariga 
xuddi shunday tartibda yuboradi.
Soliq organlari tomonidan hujjatni soliq to’lovchiga uning soliq to’lovchining 
shaxsiy kabineti orqali yuborish chog’ida uning ko’rsatgan mobil telefoni raqamiga 
tegishli SMS-xabar yuboriladi.
Soliq organlari tomonidan hujjat soliq to’lovchiga uning shaxsiy kabineti orqali 
yuborilganda soliq to’lovchi tomonidan hujjatni olish vaqti deb ushbu hujjat 
yuborilgan kundan keyingi ish kuni e’tirof etiladi.


56 
Soliq to’lovchi tomonidan hujjat soliq organiga uning shaxsiy kabineti orqali 
yuborilganda bu hujjat yuborilgan vaqt soliq to’lovchilar hujjatni olgan vaqt deb 
e’tirof etiladi.
Agar soliq organi tomonidan elektron hujjat soliq to’lovchining shaxsiy 
kabinetiga yuborilganda soliq to’lovchi shaxsiy kabinetining amal qilishi 
to’xtatilganligi haqida yoki elektron raqamli imzo kalitining sertifikati tugatilganligi 
to’g’risida ma’lumot olinsa, mazkur hujjat soliq to’lovchiga ushbu ma’lumotlar 
olingan kundan e’tiboran uch kun ichida qog’ozda yuboriladi.
Soliq organida ushbu Kodeks 132-moddasining ettinchi qismiga muvofiq 
hisobda turgan chet ellik yuridik shaxs soliq to’lovchining shaxsiy kabinetidan soliq 
organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning 294 moddasida 
ko’rsatilgan xizmatlarni elektron shaklda ko’rsatishga taalluqli ma’lumotlarni soliq 
organiga taqdim etish uchun foydalanadi.
Soliq to’lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet ellik 
yuridik 
shaxslarga 
ular 
soliq 
organlarida 
ushbu 
Kodeks
132-moddasining ettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda hisobga qo’yilgan 
kundan e’tiboran beriladi. 
Bunday chet ellik yuridik shaxs soliq organida hisobdan chiqarilgan taqdirda 
uning soliq to’lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati soliq organlari 
soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o’z 
vakolatlarini amalga oshirishi chog’ida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun 
saqlanib qoladi. 
Chet ellik yuridik shaxs soliq organida qayta hisobga qo’yilgan taqdirda, ushbu 
yuridik shaxs soliq organida hisobdan chiqarilgan kundan e’tiboran bir yil ichida 
mazkur yuridik shaxs soliq to’lovchining shaxsiy kabinetidan soliq organiga ushbu 
moddaning o’n 
beshinchi qismida 
ko’rsatilgan hujjatlarni (axborotni), 
ma’lumotlarni taqdim etish uchun foydalanishi mumkin emas. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish