O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

439 - modda. Soliq solinadigan baza
 
Soliq solinadigan baza: 
qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan erlar bo’yicha - er uchastkasining 
ushbu Kodeks 460 - moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan er 
uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni. 
qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlar bo’yicha – er maydonlarining 
qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan normativ qiymati. 
Qaysi er uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish 
huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to’lovchiga o’tgan bo’lsa, o’sha er 
uchastkalari uchun soliq solinadigan baza er uchastkalariga tegishli huquq vujudga 
kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Er uchastkasining maydoni 
kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza er uchastkasi maydoni kamaytirilgan 
oydan e’tiboran kamaytiriladi. 
Yuridik shaxslarda er solig’i bo’yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan 
taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran 
kamaytiriladi. Er solig’i bo’yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq 
solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab 
chiqariladi (ko’paytiriladi). 
Er solig’ini to’lovchi er solig’ini to’lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini 
amalga oshirganda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan 
er uchastkalari bo’yicha alohida - alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. 
Alohida - alohida hisob yuritish imkoniyati bo’lmaganda, soliq solinadigan baza 
olinadigan sof tushumning umumiy hajmida er solig’ini to’lash nazarda tutilgan 
faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma salmog’idan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
440 - modda. Imtiyozlar
 
Soliq solinmaydigan er uchastkalari jumlasiga quyidagi erlar kiradi: 
madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza ob’ektlari 
egallagan erlar; 
sport va jismoniy tarbiya - sog’lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning 
dam olish hamda sog’lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o’quv - mashq 
bazalari egallagan erlar; 
ihota o’rmon daraxtzorlari egallagan erlar. Ihota o’rmon daraxtzorlari 
jumlasiga quyidagilar kiradi: o’rmonlarning daryolar, ko’llar, suv omborlari va 


408 
boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab o’tgan taqiqlangan mintaqalari; 
o’rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni 
muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o’rmonlar; 
o’rmonlarning temir yo’llar va avtomobil yo’llari yoqalab o’tgan ihota mintaqalari; 
cho’l va chala cho’l zonalaridagi o’rmonlar; shahar o’rmonlari va o’rmon - bog’lari; 
shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko’kalamzorlashtirilgan 
zonalari atrofidagi o’rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan 
muhofaza qilish zonalaridagi o’rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan 
muhofaza qilish tegrasidagi o’rmonlar; alohida qimmatga ega bo’lgan o’rmonlar; 
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan o’rmonlar. 
Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan er maydonlari uchun er solig’ini 
hisoblashda soliq solinadigan baza erlarning normativ qiymatiga kamaytiriladi: 
qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yangi o’zlashtirilayotgan erlar, ularni 
o’zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o’zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran 
besh yil mobaynida, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq; 
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug’oriladigan erlar, ishlar 
boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga, vakolatli organ tomonidan 
tasdiqlangan loyihaga muvofiq; 
yangi barpo etilayotgan bog’lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan erlar, 
daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun 
foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Kuzda o’tkazilgan yangi ko’chatlar 
uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 
yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o’tkazilgan ko’chatlar uchun esa joriy 
soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi; 
ilmiy tashkilotlarning qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik va o’rmon fondidagi 
erlari, qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi sohasidagi ilmiy - tadqiqot tashkilotlari 
hamda o’quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o’quv - tajriba 
xo’jaliklarining bevosita ilmiy hamda o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan 
erlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi 
navlarning selektsiyasi o’tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa 
ilmiy va o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar 
egallagan er uchastkalari soliq to’lashdan ozod qilinadi. 
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan er uchastkalariga ushbu 
moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish