O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

428 - modda. Soliq davri 


399 
 
Kalendar yil soliq davridir. 
429 - modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob - kitoblarini taqdim 
etish va soliqni to’lash tartibi 
 
Yuridik shaxslarning mol - mulkiga solinadigan soliqni hisoblash ushbu 
Kodeksning 425 - moddasi asosan hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan 
kelib chiqqan holda soliq to’lovchilar tomonidan mustaqil ravishda amalga 
oshiriladi. 
Yuridik shaxslarning mol - mulkiga solinadigan soliqning hisob - kitobi soliq 
bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yilda bir marta, yillik 
moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, O’zbekiston 
Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar – soliq davridan keyingi yilning 
15 fevral kuniga qadar bo’lgan muddatda taqdim etiladi. Agar ko’chmas mulk soliq 
to’lovchining soliq bo’yicha hisobga olish joyida joylashmagan bo’lsa, hisob - kitob 
ko’chmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi. 
Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar (O’zbekiston Respublikasi 
norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslardan tashqari) yuridik shaxslarning 
mol - mulkiga solinadigan soliq bo’yicha joriy to’lovlar to’laydilar. 
Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchilar joriy soliq 
davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat ro’yxatidan 
o’tkazilgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay, davlat soliq xizmati 
organlariga mo’ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil uchun 
mol - mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o’rtacha yillik qiymatidan) va 
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun 
yuridik shaxslarning mol - mulkiga solinadigan soliq summasi to’g’risidagi 
ma’lumotnomani taqdim etadilar. Yuridik shaxslarning mol - mulkiga solinadigan 
soliq bo’yicha majburiyatlari soliq davrida yuzaga kelgan soliq to’lovchilar yuridik 
shaxslarning 
mol 

mulkiga 
solinadigan 
soliq 
summasi 
to’g’risidagi 
ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan 
kechiktirmay taqdim etadilar. 
Ushbu moddaning to’rtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy 
to’lovlar quyidagicha to’lanadi: 
oborotdan soliq to’lovchilar tomonidan - yuridik shaxslar mol - mulkiga 
solinadigan soliq yillik summasining to’rtdan bir qismi miqdorida yilning har 
choragi uchinchi oyining 10 - kunidan kechiktirmay; 
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar 
tomonidan — yuridik shaxslar mol - mulkiga solinadigan soliq yillik summasining 
o’n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10 - kunidan kechiktirmay. 
Soliq davri mobaynida mo’ljallanayotgan soliq solinadigan baza o’zgargan 
taqdirda soliq to’lovchi yuridik shaxslarning mol - mulkiga solinadigan soliq 
summasi to’g’risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda 
soliq davrining qolgan qismi uchun joriy to’lovlarga yuridik shaxslarning 


400 
mol - mulkiga solinadigan soliqning o’zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish 
kiritiladi. 
Soliq davrida to’lanishi lozim bo’lgan yuridik shaxslarning mol - mulkiga 
solinadigan soliq summasi joriy to’lovlar hisobga olingan holda, hisob - kitobni 
taqdim etish muddatidan kechiktirmay byudjetga o’tkaziladi. 
Soliq davrida yuridik shaxslarning mol - mulkiga solinadigan soliq bo’yicha 
joriy to’lovlar summasi hisob - kitobga ko’ra byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan 
soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq 
xizmati organi joriy to’lovlarni yuridik shaxslarning mol - mulkiga solinadigan 
soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan 
hisoblab chiqadi. 
Yuridik shaxslar mol - mulk solig’ini to’lash muddatlari: 
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bir yil da bir marotaba
soliq davridan keyingi yilning 15 fevral kunidan kechiktirmay; 
O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari orqali faoliyat yuritayotgan 
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari har oyning 15 - sanasiga qadar, yuridik 
shaxslar mol - mulk solig’i summasining 1G’12 qismi miqdorida. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish