O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Daromadlar to’g’risdagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

409-modda. Daromadlar to’g’risdagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi
Soliq to’lovchilar ushbu Kodeksning 
405-moddasida
ko’rsatilgan daromadlar 
bo’yicha jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, doimiy yashash joyidagi davlat soliq 
xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim 
etadi. 
Deklaratsiya qilinishi shart bo’lmagan daromadlarni olgan soliq to’lovchilar 
doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to’g’risidagi 
deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. 
Har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch 
kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasining tashqarisida turgan 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari O’zbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan 
e’tiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash joyi bo’yicha soliq organiga 
O’zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan 
daromadlari bo’yicha jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy 
ravishda taqdim etishi mumkin. Bunda O’zbekiston Respublikasidan tashqarida 
olingan daromadlar bo’yicha jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasining 


388 
rezidenti deb e’tirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq 
to’lanmaydi. 
Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyani 
topshirayotganda grant bo’yicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig’i miqdorini ko’rsatadi, shuningdek vakolatli organining 
tegishli xulosasini ilova qiladi. 
Mol-mulkini ijaraga berishdan to’lov manbaida soliq solinmaydigan, 
daromadlar olayotgan jismoniy shaxs, shuningdek, 
ushbu Kodeks 397-modda 
uchinchi qismida
ko’rsatilgan va daromadlar to’g’risidagi deklaratsiya asosida soliq 
to’laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari jami jami yillik daromad 
to’g’risida deklaratsiya belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda 
dastlabki tarzdagi deklaratsiyani quyidagi muddatlarda taqdim etadi: 
1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar – 
ijaradan daromadlar paydo bo’lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin 
besh kunlik muddatda; 
2) ushbu Kodeks 
397-modda uchinchi qismida ko’rsatilgan,
daromadlar 
to’g’risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini 
to’laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari – joriy yilning 1 fevralidan 
kechiktirmay. Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari – tadbirkorlik sub’ekti 
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiya taqdim 
etadilar. 
Ko’chmas mulkning ijara shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga 
qo’yilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi. 
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy 
shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda 
xabardor etadi. 
Joriy yilning 1 apreliga qadar O’zbekiston Respublikasi soliq rezidentiga 
aylangan chet ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadlari 
to’g’risidagi deklaratsiya topshiradi. 
Chet ellik jismoniy shaxs bo’lgan O’zbekiston Respublikasining rezidenti 
ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo’lgan daromad 
keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O’zbekiston Respublikasi 
hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo’lsa, uning O’zbekiston Respublikasi 
hududida turgan davrda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to’g’risidagi 
deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga 
chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs 
bo’lgan O’zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar 
doimiy yashash uchun chet elga chiqib ketayotgan bo’lsa, joriy yil uchun daromadlar 
bo’yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi. Agar O’zbekiston Respublikasi norezidenti 
– chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning 1 fevraliga qadar chet elga doimiy yashashga 
chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar bo’yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi. 
Jami daromadlar to’g’risidagi deklaratsiya bo’yicha hisoblangan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lash, ushbu modda to’qqizinchi qismi 


389 
bilan aniqlangan taqdim etish tartibi deklaratsiya taqdim qilingan sanadan o’n besh 
kun davomida amalga oshiriladi. 
Agar soliq to’lovchi jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim 
etmagan bo’lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada noto’g’ri 
ma’lumotlar aniqlangan va (yoki) soliq to’lovchi tomonidan jami daromadlar 
to’g’risidagi deklaratsiyaning o’zgarganligi to’g’risida bildirishnomani ushbu 
Kodeks 
408-modda oltinchi qismida
belgilangan muddatlarda taqdim etmagan 
taqdirda, soliq organi soliq summasini o’zidagi mavjud axborot asosida hisoblashga 
va to’lanishi lozim bo’lgan, hisoblangan soliq summasi to’g’risida soliq to’lovchiga 
o’n kunlik muddatda to’lov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq to’lovchi 
tomonidan jami yillik daromadi to’g’risida deklaratsiya yoki to’g’rilangan 
deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiya 
hisobga olingan holda aniqlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish