O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Elektron shakldagi xizmatlar ko’rsatish chog’ida



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

293-modda. Elektron shakldagi xizmatlar ko’rsatish chog’ida
chet ellik yuridik shaxslar tomonidan hisobotlarni
taqdim etish va soliq to’lash
 
Soliq hisoboti chet ellik yuridik shaxslar tomonidan soliq organiga soliq 
to’lovchining shaxsiy kabineti orqali belgilangan format bo’yicha elektron shaklda 
taqdim etiladi. 
Ushbu chet ellik yuridik shaxslar tomonidan soliq organiga hujjatlarni 
(axborotni) va ma’lumotlarni taqdim etish uchun soliq to’lovchining shaxsiy 
kabinetidan foydalanish mumkin bo’lmagan davrda bunday hujjatlar (axborot) va 
ma’lumotlar telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.
Soliq hisobotlari, hujjatlar (axborot) va ma’lumotlar o’tgan soliq davridan 
keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. 
Chet ellik yuridik shaxslar tomonidan soliqni to’lash soliq hisobotini taqdim 
etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
 
294-modda. Elektron shakldagi xizmatlar
 
Ushbu bo’limni qo’llash maqsadlarida axborot texnologiyalaridan foydalangan 
holda jahon Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog’idan (bundan buyon 


280 
matnda Internet tarmog’i deb yuritiladi) avtomatik usulda foydalanish orqali 
ko’rsatilgan xizmatlar elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga kiradi. Elektron 
shakldagi xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1)
dasturiy ta’minotdan (shu jumladan Internet tarmog’i orqali etkazib 
beriladigan o’yinlardan), ma’lumotlar bazalaridan, ularga kiritiladigan yangi 
ma’lumotlardan va qo’shimcha funktsional imkoniyatlardan Internet tarmog’i 
orqali, shu jumladan ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yo’li bilan 
foydalanishga doir huquqlar taqdim etish; 
2)
elektron kitoblardan (nashrlardan) va boshqa elektron nashrlardan, axborot, 
ta’limga oid materiallardan, grafik tasvirlardan, matnli yoki matnsiz musiqa 
asarlaridan, audiovizual asarlardan foydalanish huquqini Internet tarmog’i orqali, 
shu jumladan Internet tarmog’i orqali ko’rib chiqish yoki eshitish uchun ulardan 
masofadan turib foydalanish imkonini berish yo’li bilan taqdim etish; 
3)
Internet tarmog’ida, shu jumladan elektron hisoblash mashinalari uchun 
dasturlardan va Internetda ishlab turgan ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda 
reklamaga oid xizmatlar ko’rsatish, shuningdek Internet tarmog’ida reklama uchun 
reklamaga oid maydon (joy) va vaqt berish; 
4)
Internet tarmog’ida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), mulkiy huquqlarni 
olish (realizatsiya qilish) to’g’risida takliflar joylashtirish bo’yicha xizmatlar 
ko’rsatish; 
5)
Internet tarmog’i orqali sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida aloqalar 
o’rnatish va bitimlar tuzish (shu jumladan potentsial xaridorlar avtomatlashtirilgan 
tartib-taomil vositasida o’z narxini taklif etadigan hamda taraflar avtomatik tarzda 
tuzilib yuboriladigan xabar orqali sotuv to’g’risida xabardor qilinadigan real vaqt 
rejimidagi Internet tarmog’ida ishlab turgan savdo maydonchasini berish) uchun 
axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan 
texnik, tashkiliy, axborot imkoniyatlarini va boshqa imkoniyatlarni berish bo’yicha 
xizmatlar ko’rsatish; 
6)
o’z maqsadlari uchun yoki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish 
maqsadlarida Internet tarmog’ida hozir bo’lishni ta’minlash va (yoki) saqlab turish, 
foydalanuvchilarning elektron resurslarini (saytlarini va (yoki) Internet tarmog’idagi 
saytlari 
sahifalarini) 
saqlab 
turish, 
Internet 
tarmog’idan 
boshqa 
foydalanuvchilarning ularga kirishini ta’minlash, foydalanuvchilarga ularni 
o’zgartirish imkonini taqdim etish; 
7)
dasturning masofadan va onlayn rejimida ishlashini avtomatik tarzda 
saqlab turish, Internet tarmog’idagi axborot tizimlarini, saytlarni ma’muriy jihatdan 
boshqarish yuzasidan xizmatlar ko’rsatish; 
8)
axborotni taqdim etgan shaxs undan Internet tarmog’i orqali foydalanish 
imkoniga ega bo’lsa, ushbu axborotni saqlash va unga ishlov berish; 
9)
axborot tizimida axborotni joylashtirish uchun real vaqt rejimida hisoblash 
quvvatini taqdim etish; 
10)
domen nomlar berish, xosting xizmatlarini ko’rsatish; 
11)
Internet tarmog’i orqali xaridor tomonidan ma’lumotlar kiritilayotganda 
avtomatik usulda yuzaga keladigan axborotni etkazib berish, ma’lumotlarni qidirish, 


281 
so’rovlarga ko’ra ularni saralash va ajratish, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari 
orqali mazkur ma’lumotlarni (shu jumladan fond birjasining real vaqt rejimidagi 
ma’lumotlari, matnlarning avtomatlashtirilgan tarjimasini real vaqt rejimida amalga 
oshirish) foydalanuvchilarga taqdim etish bo’yicha avtomatlashtirilgan xizmatlar 
ko’rsatish; 
12)
potentsial xaridorlar to’g’risidagi axborotni qidirish va (yoki) 
buyurtmachiga taqdim etish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish; 
13)
Internet tarmog’idagi qidiruv tizimlaridan foydalanish huquqini taqdim 
etish; 
14)
Internet tarmog’idagi saytlarda statistikani yuritish. 
Elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kirmaydi: 
1) agar Internet tarmog’i orqali buyurtma berilganda tovarlar etkazib berish 
(xizmatlar ko’rsatish) aslida Internet tarmog’idan foydalangan holda amalga 
oshiriladigan bo’lsa, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish; 
2) elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va moddiy tashuvchilardagi 
ma’lumotlar bazalarini realizatsiya qilish (ulardan foydalanish huquqlarini taqdim 
etish); 
3) elektron pochta bo’yicha maslahatga oid xizmatlar ko’rsatish; 
4) Internet tarmog’idan foydalanish imkonini berish bo’yicha xizmatlar 
ko’rsatish. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish