O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

256-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar 
 
Quyidagi moliyaviy xizmatlar soliq solishdan ozod qilinadi: 
1) bank operatsiyalari (bundan inkassatsiya mustasno), xususan: 
yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini hissalarga jalb etish; 
yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablag’larini banklar 
nomidan hamda ularning hisobidan joylashtirish; 
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank 
kartalari bo’yicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiladigan bank hisobvaraqlarini 


248 
ochish hamda yuritish, shuningdek bank kartalariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq 
operatsiyalar; 
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirig’iga 
ko’ra ularning bank hisobvaraqlari bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish; 
yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlari ko’rsatish; 
chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan 
chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari 
ko’rsatish); 
bank kafolatlarini bajarishga doir operatsiyalar (bank kafolatini berish va bekor 
qilish, bunday kafolat shartlarini tasdiqlash va o’zgartirish, bunday kafolat bo’yicha 
to’lov, bunday kafolatga doir hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshirish); 
uchinchi shaxslar uchun majburiyatlarning pul shaklida bajarilishini nazarda 
tutuvchi kafolatlar berish; 
2) hisob-kitoblar ishtirokchilari o’rtasida axborotga oid va texnologik 
hamkorlikni, shu jumladan hisob-kitoblar ishtirokchilariga bank kartalari bilan 
amalga oshiriladigan operatsiyalarga doir axborotni to’plash, unga ishlov berish va 
uni taqdim etish yuzasidan xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlovchi tashkilotlar 
tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar; 
3) yuridik shaxslarning ustav kapitalidagi ulushlarini, kooperativlarning pay 
jamg’armalaridagi va investitsiya pay jamg’armalaridagi paylarni, qimmatli 
qog’ozlarni hamda hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish, bundan soliq 
solinishi lozim bo’lgan hosila moliyaviy vositalar mustasno. Ushbu bo’lim 
maqsadlarida hosila moliyaviy vositani realizatsiya qilish deganda uning asos 
aktivini realizatsiya qilish, shuningdek kontrakt bo’yicha mukofotlar summalarini, 
variatsiyaga oid marja summalarini to’lash, hosila moliyaviy vositalar shartlariga 
muvofiq asos aktivi to’lovi bo’lmagan hosila moliyaviy vosita taraflarining boshqa 
davriy yoki bir martalik to’lovlari tushuniladi; 
4) realizatsiya qilinishi ushbu qismning 3-bandiga binoan soliq solishdan ozod 
qilinadigan hosila moliyaviy vositalar asosida yuzaga keladigan majburiyatlar 
bo’yicha huquqlardan (talablardan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni 
boshqalarga berish); 
5) zayomlarni pul shaklida berishga doir shartnomalardan va (yoki) kredit 
shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzasidan kreditorning 
huquqlaridan (talablaridan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga 
berish, olish) bo’yicha, shuningdek boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi 
asosida turgan dastlabki shartnoma yuzasidan qarz oluvchining har bir yangi 
kreditor oldidagi majburiyatlarni bajarilishga doir operatsiyalar; 
6) pul shaklidagi va qimmatli qog’ozlar bilan kreditlar, zayomlar berish, shu 
jumladan ularga bo’yicha foizlarni berish, shuningdek REPO operatsiyalari, shu 
jumladan REPO operatsiyalari bo’yicha qimmatli qog’ozlar berilganligi uchun 
to’lanishi lozim bo’lgan pul summalari; 
7) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishga doir xizmatlarning ushbu 
xizmatlar bo’yicha foizli daromadlar olishga taalluqli qismi bo’yicha; 
8) jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining aylanmasi; 


249 
9) ro’yxatga oluvchilar, depozitariylar, brokerlar (dilerlar), qimmatli 
qog’ozlarni boshqaruvchilar, investitsiya jamg’armalari kompaniyalarining, 
investitsiya pay jamg’armalarining, kliring tashkilotlarining boshqaruvchilari, kim 
oshdi savdolari tashkilotchilari, repozitariylar tomonidan tegishli faoliyat turlarini 
amalga oshirish uchun litsenziyalar asosida xizmatlar ko’rsatish. 
Xizmatlarning narxi mutlaq summada belgilangan yoki bazaviy hisob-kitob 
ko’rsatkichiga bog’langan taqdirda bunday xizmatlarga nisbatan ushbu moddaning 
qoidalari tatbiq etilmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki bilan kelishilgan holda Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda ushbu modda 
qoidalarini qo’llash tartibi yuzasidan tushuntirishlar berishga, shu jumladan ayrim 
aylanmalarni batafsil tekshirishga haqli. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish