O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-bob. Soliq solishdan ozod qilish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

33-bob. Soliq solishdan ozod qilish 
 
255-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya 
qilishga doir bo’lgan, soliq solishdan ozod qilinadigan 
aylanma 
 
Agar ushbu Kodeksning 272-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, quyidagilarni realizatsiya qilishga doir aylanma soliq solishdan ozod 
qilinadi: 
1) maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalash bo’yicha 
xizmatlarni; 
2) bemorlar va keksalarni parvarish qilish bo’yicha xizmatlarni; 
3) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy 
ashyolarni realizatsiya qilishga oid xizmatlarni, diniy tashkilotlar va birlashmalar 
tomonidan marosimlarni va udumlarni o’tkazishga oid xizmatlarni; 
4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironlar uchun inventarni, shu jumladan 
ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya 
qilinadigan inventarni, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash, nogironlar 
uchun mo’ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarni ta’mirlash hamda 
ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha xizmatlarni; 
5) 
davolash 
muassasalari 
huzuridagi 
davolash-ishlab 
chiqarish 
ustaxonalarining ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotini; 
6) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironlardan iborat bo’lgan 
va nogironlarning mehnatiga haq to’lash fondi mehnatga haq to’lash umumiy 
fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan nogironlar jamoat birlashmalari yagona 
ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar 
hamda xizmatlarni; 
7) pochta markalarini (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markali 
otkritkalarni, konvertlarni; 
8) pensiya va nafaqalar to’lashga doir xizmatlarni; 
9) byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya 
ishlarini. Mazkur soliq solishdan ozod qilish tegishli moliya organining byudjetdan 
mablag’lar ajratish to’g’risidagi xulosasi mavjud bo’lgan taqdirda qo’llaniladi; 
10) o’qitish (ta’lim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va 
imtihonlar o’tkazishni tashkil etish xizmatlarini, xususan: 
boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy ta’lim va oliy 
o’quv yurtidan keyingi ta’lim sohasidagi ta’limga oid xizmatlarni; 
ta’lim beradigan tashkiloti, shuningdek ta’lim berish faoliyati bilan 
shug’ullanish uchun litsenziyaga ega bo’lgan kadrlarning malakasini oshirishni va 
ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tashkilot tomonidan ko’rsatiladigan 
qo’shimcha ta’lim berishga oid xizmatlarni; 
maktabgacha ta’lim tizimining ta’lim dasturlarini amalga oshirish yuzasidan 
ta’lim berish faoliyatini amalga oshiradigan tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni 
tarbiyalash bo’yicha xizmatlarni, to’garaklarda, sektsiyalarda (shu jumladan sport 


246 
sektsiyalarida) va studiyalarda voyaga etmagan bolalar bilan mashg’ulotlar 
o’tkazish bo’yicha xizmatlarni; 
11) tibbiyot muassasalari tomonidan ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlarni (bundan 
kosmetologik xizmatlar mustasno). Ushbu bandni qo’llash maqsadlarida tibbiy 
xizmatlar jumlasiga, xususan, tibbiy yordam va sanitariya xizmati ko’rsatishning 
quyidagi xizmatlari kiradi: 
diagnostika, profilaktika qilish va davolash bo’yicha xizmatlar; 
stomatologik xizmatlar, shu jumladan tishlarni protezlash bo’yicha xizmatlar; 
12) veterinariya xizmatlarini. Ushbu bandni qo’llash maqsadlarida veterinariya 
xizmatlari jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi: 
veterinariya xizmatlari, hayvonlar kasalliklarini diagnostika qilish va davolash 
bo’yicha xizmatlar; 
hayvonlar va inson uchun umumiy bo’lgan kasalliklardan aholini himoya 
qilish; 
O’zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib 
kelishidan himoya qilish; 
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya va 
veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlash; 
13) dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya 
uchun mo’ljallangan buyumlarni; 
14) sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish xizmatlarini, shuningdek jismoniy 
tarbiya va sport tashkilotlarining xizmatlarini. Ushbu bandni qo’llash maqsadida: 
a) sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish xizmatlari jumlasiga, xususan, 
sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari 
va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari 
tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida ko’rsatiladigan, ular yuridik shaxslar 
yoki yuridik shaxslarning tarkibiy bo’linmalari tomonidan ko’rsatilishidan qat’i 
nazar, yo’llanmalar va joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilgan xizmatlar kiradi; 
b) jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining xizmatlari jumlasiga, xususan, 
sport inshootlarida, maktablarda, klublarda sport turlari bo’yicha o’quv guruhlari va 
komandalarida sog’lomlashtirish yo’nalishidagi jismoniy tarbiya va sport 
mashg’ulotlarini o’tkazishga oid xizmatlar, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari; 
v) sport musobaqalarini yoki bayramlarni, sport-tomosha tadbirlarini o’tkazish 
bo’yicha xizmatlar, shuningdek mazkur tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni 
o’tkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish xizmatlari kiradi; 
15) yo’lovchilarni yagona tariflar bo’yicha:
a) umumiy foydalanishdagi yo’lovchilar avtomobil transportida (bundan taksi, 
shu jumladan yo’nalishli taksi mustasno); 
b) shahar atrofidagi yo’nalishda temir yo’l transportida tashishga oid 
xizmatlarni; 
16) fuqarolarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida 
tashkil etilgan va uy ichidagi muhandislik tizimlaridan foydalangan holda 
kommunal xizmatlar taqdim etiladigan ushbu tizimlarga xizmat ko’rsatish uchun 


247 
javob beradigan boshqaruv tashkilotlari tomonidan aholiga ko’p kvartirali uyda uy-
joy fondini hamda umumiy mol-mulkni ekspluatatsiya qilish, saqlash va ta’mirlash 
yuzasidan ko’rsatiladigan xizmatlarni (kommunal xizmatlarni). Mazkur xizmatlar 
jumlasiga liftlarga, domofonlarga xizmat ko’rsatish, oqova tizimlarini va 
kanalizatsiyani tozalash bo’yicha xizmatlar hamda boshqa xizmatlar kiradi; 
17) agar tovarlarni berish, xizmatlar ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 
asosida bepul amalga oshirilayotgan bo’lsa, tovarlarni (xizmatlarni); 
18) banklar tomonidan amalga oshiriladigan, qimmatbaho metallardan 
ishlangan bank va o’lchov quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan qo’yma 
(investitsiya) tangalarini (numizmatika maqsadlari uchun ishlatiladigan tangalardan, 
shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari); 
19) bojsiz savdo bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni; 
20) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqarish organlari va vakolatli tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan 
xizmatlarni, 
bunday 
xizmatlar 
ko’rsatish shart ekanligi O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan taqdirda faoliyatning muayyan 
sohasida ushbu organlar va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan alohida 
vakolatlarni bajarish doirasida davlat boji, patent boji yoki boshqa to’lovlar 
undiriladi; 
21) byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan er-kadastr, er tuzish, tuproqqa 
oid va geobotanika ishlarini; 
22) ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarni; 
23) ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan hayotni sug’urta qilish 
va boshqa sug’urta xizmatlarini. 
Ushbu moddada sanab o’tilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga 
doir aylanma, soliq to’lovchilarda bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli 
litsenziyalar va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda, 
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod 
qilinadi. 
Soliq solinishi lozim bo’lgan aylanmalarni va ushbu moddaning qoidalariga 
muvofiq soliq solishdan ozod qilinadigan aylanmalarni amalga oshiradigan soliq 
to’lovchilar ushbu Kodeksning 280-moddasiga muvofiq aylanmalarning alohida 
hisobini yuritishi shart. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish