O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
252-modda.
Tovarlarni realizatsiya qilish joyi 
 
Quyidagi shartlardan hech bo’lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, 
O’zbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof 
etiladi: 
1) tovar O’zbekiston Respublikasi hududida turgan bo’lsa va bitim natijasida 
uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo’lsa; 
2) tovar jo’natish yoki transportda tashish boshlangan paytda O’zbekiston 
Respublikasi hududida turgan bo’lsa. 
253-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi 
 
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, basharti 
bunday xizmatlarning xaridori faoliyatni O’zbekiston Respublikasi hududida 


242 
amalga oshirsa, O’zbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi 
deb e’tirof etiladi.
Xizmatlarning xaridori O’zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxsni 
(uning filiallarini yoki vakolatxonalarini) yoki jismoniy shaxsni davlat ro’yxatidan 
o’tkazish asosida haqiqatda hozir bo’lgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi 
hududi uning faoliyatni amalga oshirish joyi deb e’tirof etiladi. Davlat ro’yxatidan 
o’tkazilmagan taqdirda, xaridorning O’zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda 
hozir bo’lishi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan joy yoki uni 
boshqarish joyi, uning doimiy muassasasi joylashgan joy (agar xizmatlar ushbu 
doimiy muassasa orqali olingan bo’lsa), jismoniy shaxsning yashash joyi asosida 
belgilanadi. 
Quyidagi hollarda ham O’zbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni 
realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi, agar: 
1) xizmatlar O’zbekiston Respublikasi hududida turgan ko’chmas mol-mulk 
bilan bevosita bog’liq bo’lsa. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, qurilish, 
montaj, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, ta’mirlash, restavratsiya qilish, 
ko’kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek ko’chmas mol-mulkni ijaraga berish 
kiradi; 
2) xizmatlar O’zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda bo’lgan ko’char 
mol-mulk bilan bevosita bog’liq bo’lsa. Bunday xizmatlarga, xususan, montaj qilish, 
sozlash, yig’ish, ishlov berish, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish kiradi. 
3) umumiy ovqatlanish, ko’ngilochar, dam olish va boshqa shunga o’xshash 
xizmatlar, mehmonxona xizmatlari va joylashtiruvi, madaniyat, san’at, jismoniy 
tarbiya va sport, o’qitish (ta’lim) sohasidagi, shu jumladan malaka imtihonlari, 
seminarlar, malaka oshirish kurslarini, pullik ko’rgazmalarni, konferentsiyalarni, 
simpoziumlarni va boshqa tadbirlarni tashkil etishga doir xizmatlar haqiqatda 
O’zbekiston Respublikasi hududida ko’rsatilsa. Ushbu bandning qoidalari elektron 
shaklda ko’rsatiladigan o’qitish (ta’lim) sohasidagi xizmatlarga nisbatan tatbiq 
etilmaydi.
4) tashish va (yoki) transportda tashish bo’yicha xizmatlar yoxud bevosita 
tashish va (yoki) transportda tashish bilan bog’liq xizmatlar quyidagilar tomonidan 
ko’rsatiladigan bo’lsa: 
a) jo’natish punkti va (yoki) belgilangan punkt O’zbekiston Respublikasi 
hududiga joylashgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasining rezidentlari bo’lgan 
yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan. Ushbu kichik bandda 
ko’rsatilgan qoidalar transport vositalarini tashishni (transportda tashishni) nazarda 
tutuvchi, kemada vaqtincha yuk tashishga doir shartnoma bo’yicha transport 
vositalarini berish chog’ida ham qo’llaniladi. Bunda, agar havo kemalaridan 
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan punktlar o’rtasida 
tashish uchun foydalaniladigan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi hududi ekipaj bilan 
ijara (kemada vaqtincha yuk tashish) shartnomasi asosida havo kemalarini 
foydalanishga taqdim etadigan shaxslarning faoliyatini amalga oshirish joyi deb 
e’tirof etilmaydi; 


243 
b) jo’natish punktlari va belgilangan punktlar O’zbekiston Respublikasi 
hududida joylashgan taqdirda (bundan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan 
yo’lovchilarni va yukni ushbu yuridik shaxsning doimiy bo’lmagan vakolatxonasi 
orqali tashishga doir xizmatlar mustasno), soliq to’lovchilar sifatida soliq 
organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan. Ushbu kichik bandning 
qoidalari tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga etib kelish joyidan 
O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyigacha transportda tashish 
chog’ida bojxona tranzitining bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni 
bevosita tashish va (yoki) transportda tashish bilan bog’liq xizmatlarga hamda ushbu 
qismning 5-bandida ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi; 
5) tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga kirish joyidan O’zbekiston 
Respublikasi hududidan chiqib ketish joyigacha tashish chog’ida bojxona 
tranzitining bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita tashish va 
(yoki) transportda tashish bilan bog’liq xizmatlar (bundan ushbu qismning 6-
bandida ko’rsatilgan xizmatlar mustasno) O’zbekiston Respublikasining rezidentlari 
bo’lgan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko’rsatilsa; 
6) O’zbekiston Respublikasi hududi orqali tabiiy gazni quvur o’tkazish 
transportida tashishni tashkil etish bo’yicha xizmatlar O’zbekiston Respublikasining 
rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan ko’rsatilsa; 
7) havo kemalarini, suv transportini, vertolyotlarni, avtomobillarni yoki 
avtomototransport vositalarini ijaraga berish O’zbekiston Respublikasi hududida 
O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi, chet ellik yuridik shaxsning doimiy 
muassasasi yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshirilsa; 
8) ushbu Kodeksning 294-moddasida ko’rsatilgan elektron shakldagi xizmatlar 
O’zbekiston Respublikasi hududida turgan yuridik yoki jismoniy shaxslar 
tomonidan olinsa. Bunda, agar quyidagi shartlardan loaqal bittasi bajarilsa, 
O’zbekiston Respublikasining hududi jismoniy shaxs tomonidan elektron shakldagi 
xizmatlarni olish joyi deb e’tirof etiladi; 
a) xaridorning yashash joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lsa; 
b) xaridor tomonidan xizmatlarga haq to’lash uchun foydalaniladigan bank 
yoki xaridor tomonidan xizmatlarga haq to’lash amalga oshiriladigan elektron pul 
mablag’larining operatori O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo’lsa; 
v) xaridor xizmatlarni olish chog’ida foydalangan tarmoqning manzili 
O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa; 
g) xizmatlarni olish yoki xizmatlarga haq to’lash uchun foydalaniladigan 
telefon raqami mansub bo’lgan mamlakatning xalqaro kodi O’zbekiston 
Respublikasi tomonidan berilgan bo’lsa. 
Agar xizmatlar ko’rsatish asosiy xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan 
yordamchi xususiyatga ega bo’lsa, asosiy xizmatlar realizatsiya qilingan joy bunday 
realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish