O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
250-modda. Soliq solish ob’ekti 
 
Quyidagilar soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladi: 
1) realizatsiya qilinish joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lgan tovarlarni 
(xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma; 
2) O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. 
Faoliyatni O’zbekiston Respublikasida faqat doimiy muassasa orqali amalga 
oshiruvchi chet ellik yuridik shaxslar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga 
doir aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda 
belgilaydi. 
Quyidagilar soliq solish ob’ekti bo’lmaydi: 


240 
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o’z tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish; 
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga 
(huquqiy vorislarga) o’tkazish; 
3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli 
boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati 
tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchiga unga ishonchli boshqarishga berilgan 
mol-mulkni qaytarish. 
31-bob. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma. 
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi 
251-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga
doir aylanma
Tovarlarni realizatsiya qilishga doir aylanma deb quyidagilar e’tirof etiladi: 
1) tovarga bo’lgan mulk huquqini bepul asosda berish; 
2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan o’zini 
oqlagan hollar mustasno; 
3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish. 
Tovarni realizatsiya qilishdan farq qiladigan har qanday faoliyat, shu jumladan 
quyidagilar xizmatlarni realizatsiya qilishga doir aylanma deb e’tirof etiladi: 
1) pullik asosda xizmatlar ko’rsatish; 
2) bepul xizmatlar ko’rsatish, shu jumladan mol-mulkni soliq to’lovchining 
bepul foydalanish uchun berish, bundan shunday xizmatlarni ko’rsatish o’zini 
oqlaydigan hollar mustasno. 
Tovarlarni bepul realizatsiya qilish yoki bepul xizmatlar ko’rsatish, basharti 
ular: 
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab 
chiqarilgan bo’lsa; 
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur 
bo’lsa yoxud shuning uchun xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati 
bilan bog’liqligi aniq asoslantirilgan bo’lsa; 
3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa, iqtisodiy jihatdan o’zini 
oqlaydigan xizmatlar ko’rsatish deb e’tirof etiladi. 
Ushbu bo’limni qo’llash maqsadida quyidagilar ham tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilishga doir aylanma deb e’tirof etiladi.
1) tovarlarni (xizmatlarni) yuridik shaxsning ustav kapitaliga hissa sifatida 
berish; 
2) tovarlarni (xizmatlarni) oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning 
hissasi sifatida berish; 
3) tovarlarni (xizmatlarni): 
a) ishtirokchiga u ishtirokchilar tarkibidan chiqqanda (chiqib ketganda) yoki 
yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoxud ishtirokchidan ushbu 


241 
yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) yuridik shaxs tomonidan 
qaytarib sotib olinganda; 
b) yuridik shaxs bo’lgan emitent tomonidan aktsiyadordan ushbu emitent 
chiqargan aktsiyalarni qaytarib sotib olishda aktsiyadorga; 
v) yuridik shaxs tugatilganda aktsiyadorga yoki ishtirokchiga berish; 
4) soliq to’lovchi tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni berish, soliq 
to’lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun o’z kuchi bilan ushbu Kodeksning 329-
moddasiga muvofiq yuridik shaxslarning foyda solig’ini hisoblab chiqarishda 
xarajatlari chegirib tashlanmaydigan xizmatlar ko’rsatish; 
5) tovarlarni (xizmatlarni) yuridik shaxsning xodimiga ish haqini to’lash 
hisobiga berish yoki yuridik shaxs ishtirokchisiga dividendlar to’lash hisobiga 
berish; 
6) soliq to’lovchi tomonidan o’ziga tegishli mol-mulkni, agar bunday
mol-mulk (xizmatlar) bo’yicha soliq summasi to’liq yoki qisman hisobga 
o’tkazilgan bo’lsa, boshqaruv organi a’zolariga, xodimlarga, ularning oila a’zolariga 
yoxud boshqa shaxslarga soliq to’lovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq 
bo’lmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun berish (xizmatlar ko’rsatish); 
7) tovarlarni va boshqa mol-mulkni, agar tovarlar va (yoki) mol-mulk qayta 
ishlash mahsuli tarzida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmasa, buyurtma 
asosida berish; 
8) erkin bojxona hududining bojxona rejimiga soliq to’lamasdan joylashtirilgan 
tovarni yo’qotish, boshqa holatlarda soliqni to’lash zarur bo’lgan taqdirda; 
9) ko’p marta muomalada bo’ladigan, sotuvchiga qaytarilishi lozim bo’lgan 
idishlarni berish, agar idish bunday idishdagi mahsulotni etkazib berishga doir 
shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmasa. 
Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini beruvchi vaucherlarni realizatsiya 
qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni (ishlarni) realizatsiya qilish deb e’tirof 
etiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish