O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Narxni belgilash to’g’risidagi bitimning amal qilish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

201-modda. Narxni belgilash to’g’risidagi bitimning amal qilish 
muddati 
Narxni belgilash to’g’risidagi bitim bitta bitim yoki ayni bir predmetga ega 
bo’lgan bir nechta bitim (bir turdagi bitimlar guruhi) bo’yicha uch yildan 
oshmaydigan muddatga tuzilishi mumkin. 
Bunda narxni belgilash to’g’risidagi bitimning amal qilishi soliq to’lovchi 
mazkur bitim kuchga kirgan kunga qadar O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq 


208 
qo’mitasiga bitim tuzish to’g’risidagi ariza bilan murojaat qilgan kalendar yilning 
birinchi sanasidan e’tiboran o’tgan davrga nisbatan tatbiq etiladi. 
Soliq to’lovchi, agar u narxni belgilash to’g’risidagi bitimning barcha 
shartlariga rioya etsa, narxni belgilash to’g’risidagi bitimning amal qilishi muddatini 
uzaytirish haqidagi ariza bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga 
murojaat qilishga haqli. 
Narxni belgilash to’g’risidagi bitim taraflarning kelishuviga ko’ra ushbu 
Kodeksning 202-moddasida nazarda tutilgan tartibda ikki yildan ortiq bo’lmagan 
muddatga uzaytirilishi mumkin. 
Narxni belgilash to’g’risidagi bitim, agar bevosita mazkur bitimda boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, bitim imzolangan yildan keyingi kalendar yilning 
1 yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi. 
202-modda. Narxni belgilash to’g’risidagi bitimni tuzish tartibi 
Soliq to’lovchining narxni belgilash to’g’risidagi bitimni tuzish haqida 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga taqdim etilgan arizasiga soliq 
to’lovchi tomonidan quyidagilar ilova qilinadi: 
1) narxni belgilash to’g’risidagi bitim loyihasi; 
2) soliq to’lovchining nazorat qilinadigan bitimlar bilan bog’liq faoliyati 
to’g’risidagi hujjatlar, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan narxni belgilash 
to’g’risida bitim tuzish taklif qilinayotgan nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi 
hujjatlar; 
3) soliq to’lovchi ta’sis hujjatlarining ko’chirma nusxalari; 
4) 
soliq 
to’lovchi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi 
guvohnomaning ko’chirma nusxasi; 
5) soliq to’lovchi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan joydagi soliq 
organida soliq to’lovchi sifatida hisobga qo’yilganligi to’g’risidagi guvohnomaning 
ko’chirma nusxasi; 
6) soliq to’lovchining oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisoboti; 
7) O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi narxni belgilash 
to’g’risidagi bitimni tuzish haqidagi arizani ko’rib chiqqanligi uchun davlat boji 
arizachi tomonidan to’langanligini tasdiqlovchi hujjat; 
8) narni belgilash to’g’risidagi bitimni tuzishda ahamiyatga ega axborot 
mavjud bo’lgan boshqa hujjatlar. 
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o’tilgan hujjatlar O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga, agar O’zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlarida boshqacha shakl belgilanmagan bo’lsa, erkin shaklda taqdim etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi soliq to’lovchidan ushbu 
moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, narx belgilash to’g’risidagi bitim 
maqsadlari uchun zarur bo’lgan hujjatlarni so’rab olishga haqli. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi soliq to’lovchi tomonidan 
ushbu moddaning birinchi – uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan arizani va 


209 
boshqa hujjatlarni ular olingan kundan e’tiboran olti oydan ko’p bo’lmagan 
muddatda ko’rib chiqadi. Mazkur muddat to’qqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin. 
Soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqish muddatini 
uzaytirish asoslari va tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
tomonidan belgilanadi. 
Ushbu moddaning birinchi – uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan 
hujjatlarni ko’rib chiqish natijalariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo’mitasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 
1) narxni belgilash to’g’risidagi bitimni tuzish haqidagi qaror; 
2) bunday bitimni tuzishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qaror; 
3) bitim loyihasini maromiga etkazish zarurligi haqidagi qaror. 
Tegishli qaror soliq to’lovchiga (uning vakolatli vakiliga) bunday qaror qabul 
qilingan sanadan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi. 
Narxni belgilash to’g’risida bitim tuzish haqidagi qaror qabul qilingan taqdirda, 
qarorda bitim imzolangan joy, sana va vaqt ko’rsatiladi. 
Narxni belgilash to’g’risidagi bitim loyihasi va hujjatlar ushbu modda oltinchi 
qismining 3-bandida nazarda tutilgan qarorga asosan takroran taqdim etilganda 
ushbu modda birinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan davlat boji 
undirilmaydi. 
Takroran taqdim etilgan bitim loyihasi bo’yicha qaror O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi. 
Quyidagilar narxni belgilash to’g’risida bitim tuzishni rad etish haqida qaror 
qabul qilish uchun asos bo’ladi: 
1) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning taqdim 
etilmaganligi yoki to’liq hajmda taqdim etilmaganligi; 
2) davlat boji to’lanmaganligi yoki to’liq to’lanmaganligi; 
3) narxni belgilash to’g’risidagi bitim loyihasida taklif qilingan narxlarni 
aniqlash tartibini va (yoki) narxni aniqlash usullarini qo’llash natijasida bitimlar 
narxlarining bozor narxlariga muvofiqligi ta’minlanmasligi haqidagi asoslantirilgan 
xulosa. 
Narxni belgilash to’g’risida tuzilgan bitimning ko’chirma nusxasi soliq 
to’lovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu bitim imzolangan kundan 
e’tiboran uch kun ichida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
yuboriladi. 
Soliq to’lovchi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga 
taqdim etilgan narxni belgilash to’g’risida bitim tuzish haqidagi arizani uning o’zi 
chaqirib olishi mumkin. 
Ariza 
chaqirib 
olinganida 
ushbu 
modda 
birinchi 
qismining
7-bandida nazarda tutilgan davlat bojining to’langan summasi qaytarilmaydi. 
Narxni belgilash to’g’risidagi bitim ushbu moddada belgilangan tartibda 
o’zgartirilishi mumkin. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish