O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi I bob. Umumiy qoidalar


modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari



Download 40,46 Kb.
bet49/53
Sana31.12.2021
Hajmi40,46 Kb.
#230071
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
04.04.2002Shaharsozlik kodeksi-конвертирован

modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari


Yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurish loyihalari va qoidalari bilan belgilanadi.

Tumanlar, shaharlar hokimlari yer uchastkalari berilayotganda buyurtmachilarga yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari to‘g‘risidagi quyidagilardan iborat bo‘lgan axborot taqdim etadilar:

yer uchastkalaridan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad; yer uchastkalarining joylashgan manzili;

yer uchastkalarining loyiha bo‘yicha chegaralari;

yer uchastkalarining muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari bilan ta’minlanganligi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish uchun yer uchastkalari berilganda (realizatsiya qilinganda) tumanlarning, shaharlarning hokimlari qurilish mo‘ljallangan joyga tutash bo‘lgan umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish, shuningdek obyektlarning qurilish muddatlariga rioya etish talablarini belgilaydi. Obyektning qurilishi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, ushbu muddat loyiha-smeta hujjatlarida mavjud bo‘lmaganda esa, qurilish boshlangan sanadan e’tiboran ikki yil ichida tugallanmasa, obyektning qurilishi (bundan yakka tartibdagi uylarni qurish uchun berilgan yer uchastkalari mustasno) tugallanmagan deb hisoblanadi.



(53-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuni tahririda Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son 2019- yil 6-iyuldan kuchga kiradi)

Yangi qurilish shu ish olib borilayotgan mazkur tuman aholisining tegishli xizmatlar bilan ta’minlanishi shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan normalardan pasayishiga olib keladigan bo‘lsa, yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning qo‘shimcha obyektlarini qurishda ulushbay ishtirok etish (yakka tartibdagi uylarni quruvchilar bundan mustasno) sharti bilan berilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablar yer uchastkasiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda saqlanib qoladi.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:

hududiy zonaning qurish qoidalarida belgilangan kodi;

yer uchastkasi joylashgan hududiy zonaning funksional maqsadi;



Oldingi tahrirga qarang.

yer uchastkasi yoki uning qismi madaniy meros obyektlarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari chegaralarida, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlar va aholi punktlarining hamda foydalanilishiga qonun hujjatlarida cheklashlar belgilanuvchi boshqa hududlarning chegaralarida joylashganligi;



(53-modda oltinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4- yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)

yer uchastkasi chegaralarida muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlarining mavjudligi, mazkur obyektlar ko‘rsatkichlari va ulardan foydalanishdagi cheklashlarni ham ko‘rsatgan holda;

yer uchastkasi chegaralarida yer uchastkasi mulkdoriga, egasiga yoki bu uchastkadan foydalanuvchiga tegishli bo‘lmagan binolar va inshootlarning mavjudligi, mazkur yer uchastkasida ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar joylashgani munosabati bilan undan foydalanishdagi cheklashlarni ham ko‘rsatgan holda.

Yer uchastkalari bo‘lib berilganida yoki ularning chegaralari va ko‘rsatkichlari o‘zgarganida qizil chiziqlarga, qurishni tartibga solish chiziqlariga va shaharsozlik reglamentlarining eng kichik o‘lchamdagi yer uchastkalariga doir talablariga rioya etiladi.

Binolar, inshootlar va boshqa obyektlar bo‘lingan taqdirda ularning qismlari mustaqil obyekt sifatida ish olib borishi uchun sharoitlar ta’minlanishi kerak.


  1. Download 40,46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish