Turar joy zonalari ko‘p qavatli uylar, o‘rtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uylar qurish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Turar joy zonalarida sanitariya-muhofaza zonalari belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli ta’sir (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar) etmaydigan, alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qo‘shimcha qilib qurilgan yoki qo‘shimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning, ibodatxonalarning, avtomobil transporti qo‘yiladigan maxsus joylarning, sanoat, kommunal va omborxona obyektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Turar joy zonalari jumlasiga aholi punktlari chegaralari doirasida joylashgan bog‘dorchilik- uzumchilik va polizchilik shirkatlarining hududlari ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |