Davlat shaharsozlik kadastrida quyidagilar qamrab olinadi:
topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari;
hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari, shuningdek hududlarni obodonlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish hamda ularni qurish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
hududlarning zonalashtirilishi hamda hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
uy-joy fondining texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |