O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda.  Saylov  komissiyalarining  ishini  tashkil  etish  va  ularning  vakolatlari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/90
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#275218
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
Bog'liq
uz codex

26-modda.  Saylov  komissiyalarining  ishini  tashkil  etish  va  ularning  vakolatlari 

muddati 

Saylov  komissiyasining  majlisi,  agar  unda  majlis  o‘tkazilayotgan  kundagi  komissiya 

a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli bo‘ladi. 

Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi 

bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari alohida fikrini bayon etishga haqli 

bo‘lib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, 

raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 

Saylov  komissiyasining  o‘z  vakolatlari  doirasida  qabul  qilgan  qarori  quyi  saylov 

komissiyalari,  shuningdek  barcha  davlat  organlari,  siyosiy  partiyalar  va  boshqa  jamoat 

birlashmalari,  mehnat  jamoalari  va  harbiy  qismlar,  korxonalarning,  muassasalarning  va 

tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir. 

Saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki 

boshqa a’zosi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat 

vazifalarini bajarishdan saylov o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘rtacha oylik 

ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin. 



Davlat  organlari  va  jamoat  birlashmalarining  organlari,  korxonalar,  muassasalar, 

tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar  saylov  komissiyalariga  o‘z  vakolatlarini  amalga  oshirishida 

ko‘maklashishi, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart. 

Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va 

uni  o‘tkazish  uchun  kerakli  bo‘lgan  binolar  va  jihozlarni  saylov  komissiyalari  ixtiyoriga  bepul 

berib turishi shart. 

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar 

yuzasidan  davlat  organlariga  hamda  jamoat  birlashmalarining  organlariga,  korxonalarga, 

muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qo‘yilgan 

masalani ko‘pi bilan uch kunlik muddatda ko‘rib chiqishi va saylov komissiyasiga javob qaytarishi 

shart. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovini  va  Qonunchilik  palatasi  deputatlari 

saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug hamda uchastka saylov komissiyalari tegishincha O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan 

deputatlar  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  ro‘yxatga  olinganidan  keyin  o‘z  faoliyatini 

tugatadi. 

Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug va uchastka saylov komissiyalari 

tegishli  saylov  okruglaridan  saylangan  deputatlar  viloyat,  tuman,  shahar  saylov  komissiyasi 

tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi. 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish