tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil
tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan
tushuntirishlar beradi;
tegishli mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi,
ularga nom va tartib raqami beradi hamda ushbu okrug saylov komissiyasi joylashgan yer
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
tegishli mahalliy Kengashga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarini
shakllantiradi va komissiya tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga
o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, agar okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlari
ushbu Kodeksga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar
prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib
oladi;
deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi;
deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni
ta’minlaydi;
pul mablag‘larini tegishli saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, saylov
komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi,
saylovni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
tegishli mahalliy Kengash sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar
ro‘yxatlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, o‘z muhrining, saylovga oid boshqa
hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini ta’minlaydi;
siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq
masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
tegishli mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan
deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va saylangan
deputatlarning ro‘yxatlarini matbuotda e’lon qiladi (hammaga ma’lum qiladi);
deputatlarga tegishli mahalliy Kengash deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini
beradi;
takroriy saylov o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal etadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib
chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari
va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
ushbu Kodeks talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki tegishli
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy
arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi.
Tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov
komissiyasi mazkur Kodeksning
22
,
23
,
31
,
32
,
59
,
60
va
95-moddalarida
nazarda tutilgan okrug
saylov komissiyasining vakolatlarini ham amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: