O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/90
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#275218
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Bog'liq
uz codex

14-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari 

Markaziy saylov komissiyasi: 




O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 

saylovni o‘tkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, O‘zbekiston 

Respublikasining  butun  hududida  ushbu  Kodeksning  ijrosi  ustidan  nazoratni  amalga  oshiradi, 

uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar 

deputatlari saylovi yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qiladi; 

saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, saylovni 

tashkil etish masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi,  yo‘riqnomalar 

hamda nizomlarni tasdiqlaydi, tushuntirishlar beradi; 

Saylov  jarayonini  boshqarishning  axborot  tizimini  joriy  etish  hamda  O‘zbekiston 

Respublikasi  saylovchilarining  yagona  elektron  ro‘yxatidan  (bundan  buyon  matnda 

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati deb yuritiladi) foydalanish faoliyati bo‘yicha umumiy 

rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  saylovlarini 

o‘tkazish uchun saylov okruglarini tuzadi; 

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari 

huzurida tuzilgan saylov uchastkalarini tegishli okruglarga biriktirish to‘g‘risidagi masalalarni hal 

etadi; 


O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  saylovlarini 

o‘tkazish  bo‘yicha  okrug  saylov  komissiyalarini  tuzadi,  shuningdek  ularning  joylashgan  yeri 

to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi; 

saylov komissiyalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi; 

agar  okrug  saylov  komissiyalarining  qarorlari  ushbu  Kodeksga  zid  bo‘lsa,  ushbu 

qarorlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga 

binoan bekor qiladi; 

chet  davlatlarning,  xalqaro  tashkilotlarning  saylovdagi  kuzatuvchilariga  mandatlar 

beradi; 

saylovga  tayyorgarlik  ko‘rish  hamda  uni  o‘tkazishga  doir  xarajatlar  smetasini  ishlab 

chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablag‘larini saylov komissiyalariga taqsimlaydi, shu jumladan siyosiy 

partiyalarning  saylovda  ishtirok  etishini  moliyalashtirish  uchun  taqsimlaydi,  saylov 

komissiyalarining  binolar,  transport  va  aloqa  vositalari  bilan  ta’minlanishini  nazorat  qiladi, 

saylovni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi; 

siyosiy  partiyalarning,  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  kuzatuvchilari, 

ommaviy  axborot  vositalarining  vakillari,  boshqa  davlatlarning,  xalqaro  tashkilotlarning 

kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi; 

taqdim  etilgan  hujjatlar  asosida  siyosiy  partiyalarning  saylovda  ishtirok  etishiga  ijozat 

berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  va  Qonunchilik  palatasi 

deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlarni  va  Qonunchilik  palatasi 

deputatligiga nomzodlarni  ro‘yxatga oladi, ro‘yxatga olingan nomzodlarning ro‘yxatlari va ular 

haqidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilinishini hamda ularga guvohnomalar berilishini tashkil 

etadi; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga 

oladi hamda ularga guvohnomalar beradi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlarga  va  Qonunchilik  palatasi 

deputatligiga nomzodlarga saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari 

sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro‘yxatlarining, imzo varaqalarining, saylov 

komissiyalari  bayonnomalarining  hamda  boshqa  hujjatlarning,  saylov  qutilarining  va  saylov 

komissiyalari muhrlarining namunalari hamda shakllarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi; 

saylov byulletenlarini tayyorlash va saylov uchastkalariga yetkazish tartibini belgilaydi; 




saylov  komissiyalari,  siyosiy  partiyalar,  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralar, 

mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  boshqa  davlat  organlari  hamda  jamoat  birlashmalari 

vakillarining  saylovga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  masalalar  yuzasidan 

axborotini eshitadi; 

saylovning  yakunlarini  chiqaradi,  O‘zbekiston  Respublikasi  bo‘yicha  ovoz  berishning 

umumiy  natijalarini  aniqlaydi  hamda  ovoz  berishda  ishtirok  etgan  saylovchilar  soni,  har  bir 

nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni to‘g‘risidagi xabarni matbuotda e’lon qiladi; 

ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  hollarda,  takroriy  ovoz  berish,  Qonunchilik  palatasi 

deputatlarining  yoki  Senat  a’zolarining  takroriy  saylovi  va  bo‘shab  qolgan  o‘rinlarga  saylov 

o‘tkazilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida takroriy ovoz berish va 

takroriy saylov o‘tkazilishini tashkil etadi; 

saylangan  Qonunchilik  palatasi  deputatlarini  hamda  Senat  a’zolarini  ro‘yxatga  oladi, 

shuningdek ularning ro‘yxatini matbuotda va boshqa manbalarda e’lon qiladi; 

saylovdan keyin Qonunchilik palatasining, Senatning birinchi majlisini chaqiradi; 

saylangan  shaxsga  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  etib  saylanganligi  to‘g‘risida 

guvohnoma topshiradi; 

Qonunchilik  palatasi  deputatiga  va  Senat  a’zosiga  tegishincha  Qonunchilik  palatasi 

deputatining hamda Senat a’zosining guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi; 

saylovchilarning  va  saylov  jarayoni  boshqa  ishtirokchilarining  murojaatlarini  ko‘rib 

chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari 

va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno; 

ushbu  Kodeks  talablari  buzilganligi  to‘g‘risidagi  materiallarni  sudga  yoki  huquqni 

muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi; 

boshqa  mamlakatlarning  saylov  organlari,  xalqaro  tashkilotlar  va  chet  davlatlarning 

vakillari  bilan  xalqaro  hamkorlikni  amalga  oshiradi,  uchrashuvlar  tashkil  etadi,  bitimlar  va 

memorandumlar tuzadi; 

xorijiy  mamlakatlardagi  saylovlarni  kuzatishda  ishtirok  etadi,  shu  jumladan  xalqaro 

tashkilotlarning missiyalari tarkibida ishtirok etadi; 

xalqaro  tashkilotlarni,  chet  davlatlarning  saylov  organlarini  va  vakillarini  saylovlarni 

kuzatish uchun taklif etadi; 

saylovni  tashkil  etish  va  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  hujjatlarning  idoraviy  arxivlarga 

topshirilishini ta’minlaydi; 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi; 

jamoatchilik,  ommaviy  axborot  vositalari  bilan  aloqalarni  mustahkamlaydi  va 

rivojlantiradi. 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish