O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TERRORIZMGA QARShI KURASh TO‘G‘RISIDA
terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar;
II. DAVLAT ORGANLARINING TERRORIZMGA QARShI KURASh SOHASIDAGI VAKOLATLARI
8-modda. Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha davlat organlari
Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti;
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati:
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish yo‘li bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;
terrorchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin bo‘lgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib o‘tilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;
chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik ko‘rsatilgan taqdirda esa ularni yo‘q qilish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan obyektlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila a’zolarini himoya qilishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va xalqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
terrorchilikka qarshi kurashuvchi bo‘linmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |