23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlari kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.
Mol-mulk mulkdori o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatni
qilishga haqli.
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qo‘yishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini
bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda
himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |