27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar
bozorlariga erkin kirish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari, mulk shakli va xo‘jalik yuritish shakllaridan qatyi nazar, xom
ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar
turlari yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda teng imkoniyatlarga
ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor
shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xom ashyo,
ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |