O‘zbekiston Respublikasining Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida



Download 82,06 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi82,06 Kb.
#294798
Bog'liq
O‘RQ-427 06.04.2017




O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar



1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishdan iborat.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Kengash yuridik shaxsdir, u O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunchilik



O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

(3-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

4-modda. Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari

Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik, xolislik, o‘z a’zolarining teng huquqliligi va ochiqlikdan iboratdir.

Kengash va uning a’zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.

Kengash o‘z faoliyatini faqat qonunga bo‘ysungan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Kengashning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kengash qarorlari uning majlisida kollegial ravishda qabul qilinadi.

Kengash a’zolari qarorlar qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi ta’sirlardan xoli bo‘lgan o‘z nuqtai nazarini ifodalaydi.

Kengashning barcha a’zolari teng huquqlidir va uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda bittadan ovozga egadir.

Kengash o‘z faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

5-modda. Kengashning tarkibi va uni shakllantirish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash rais, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibidan — jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.



(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tayinlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.



(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Kengashning o‘n bir nafar a’zosi Kengash raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi. Kengashning ushbu a’zolaridan bir nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari orasidan tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash kotibi va uning yetti nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi.



(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Kengashning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan o‘n bir nafar a’zosi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan yetti nafar a’zosi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.



Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi o‘n bir nafar a’zosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning sho‘basi hamda Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi.

(5-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va vakolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

6-modda. Kengashning asosiy vazifalari



Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish;

sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini ko‘rib chiqish va prinsipial baholash;

Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash;

rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni rag‘batlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus ko‘rsatish;

ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish;

sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, shuningdek ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani ko‘rib chiqish.

(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Oldingi tahrirga qarang.

7-modda. Kengashning vakolatlari



Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;

rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislarini, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;

Sudyalar oliy malaka hay’atining xulosasiga ko‘ra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida o‘z arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga o‘tkazadi;

Sudyalar oliy malaka hay’atining xulosasiga ko‘ra sudyalarni o‘z arizalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo ma’muriy sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga o‘tkazish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, hududiy harbiy sudlarning sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimidan ozod qiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo ma’muriy sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga xulosalar kiritadi;

sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilaydi;

sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

sudyalarga va o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi;

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hay’atlariga yuboradi;

o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolarini intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;

sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;

sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha, shuningdek qonunchilikni qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, Sudyalar oliy malaka hay’ati qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi, sudyalar malaka hay’atlari raislarining hisobotlarini eshitadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Sudyalar oliy malaka hay’atining qarorlari, xulosalari yuzasidan taqdimnomalarni ko‘rib chiqadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan o‘rganadi;

Sudyalar odobi kodeksini tasdiqlaydi;

sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;

sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati to‘g‘risidagi axborotini har yili eshitadi;

sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini o‘rganish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bog‘liq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni so‘rab oladi;

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti hamda vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha nizomlarni tasdiqlaydi.

Kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

8-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni

Kengashning ijro etuvchi devoni o‘z faoliyatida Kengashga hisobdordir.

Kengashning ijro etuvchi devoni tuzilmasi va xodimlari soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

9-modda. Kengash raisining vakolatlari

Kengash raisi:

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi;



(9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Kengashning majlislarini chaqiradi va unda raislik qiladi;

Kengash vakolatiga taalluqli masalalarni uning ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

davlat organlari, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Kengash nomidan ish ko‘radi;

Kengashning tegishli a’zolari lavozimiga tavsiya qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

Oldingi tahrirga qarang.

sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalar daxlsizligini ta’minlashga va odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar haqida, shuningdek sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari bo‘yicha axborot taqdim etadi;



jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;

(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini beradi;

Kengashning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi va moliya-xo‘jalik faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;

Kengash nomidan qarorlarni, taqdimnomalarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash raisi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

10-modda. Kengash raisi o‘rinbosarining vakolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash raisining o‘rinbosari:



Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi;

jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;

Kengash raisi yo‘qligida uning vazifasini bajaradi.

(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash raisining o‘rinbosari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

11-modda. Kengash kotibining vakolatlari

Kengash kotibi:

Kengash a’zolarini majlislar o‘tkaziladigan sana va vaqt to‘g‘risida xabardor qiladi;

Kengash a’zolarini majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar bilan ta’minlaydi;

Kengash majlislarini tayyorlash bo‘yicha tashkiliy masalalarni amalga oshiradi;

Kengash majlislarining bayonnomasini yuritadi;

Kengash qarorlarining ko‘chirma nusxalari manfaatdor shaxslarga va tashkilotlarga yuborilishini ta’minlaydi;

Kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;

Kengashda ish yuritilishini nazorat qiladi;

Kengash raisining topshiriqlarini bajaradi.

Kengash kotibi yo‘qligida uning vazifalarini bajarish Kengash raisining topshirig‘iga binoan Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zolaridan biri zimmasiga yuklatiladi.

12-modda. Kengash a’zosining huquqlari

Kengash a’zosi quyidagilarga haqli:

Kengashga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan materiallar bilan tanishish, ularni o‘rganish va ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha Kengashga iltimosnomalar kiritish, o‘z dalil-asoslarini bayon qilish va qo‘shimcha materiallarni taqdim etish;

Oldingi tahrirga qarang.

elektron reyting dasturi orqali sudyalar faoliyatining samaradorligini monitoring qilish;



(12-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Kengashning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur axborot va hujjatlarni davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan so‘rash hamda bepul asosda olish;

Kengashning vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni majlislarda ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;

Kengashning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish va o‘zining alohida fikrini bayon etish.

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash a’zosi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.



(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

13-modda. Kengash a’zosining majburiyatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash a’zosi:



o‘z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi;

sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipi asosida odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishi;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni xolis o‘rganishi;

sudyalar orasida korrupsiyaviy holatlarning oqibatlari va sabablarini, shuningdek ularning odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga aralashish holatlarining oldini olishga, ularni aniqlashga, chek qo‘yishga, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi hamda bu harakatlar to‘g‘risida Kengashga xabar berishi;

Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy hayoti to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilishi;

Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishi;

o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi va bu yuzaga kelganda ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra o‘zini o‘zi rad etishi;

Kengash tomonidan ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha ovoz berishi shart.

(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash a’zosining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.



(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

3-bob. Kengashning faoliyatini tashkil etish

14-modda. Kengash majlisi

Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash majlisi o‘z vakolatiga kiradigan masalalarning tayyorlanishiga qarab o‘tkaziladi. Kengash majlisi o‘z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.

Kengashning qarori ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.

Kengashning qaroriga rozi bo‘lmagan Kengash a’zosi xulosani imzolaydi va u o‘zining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli bo‘lib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi, lekin e’lon qilinmaydi. O‘ziga nisbatan mazkur qaror qabul qilingan shaxs Kengash a’zosining alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.

15-modda. Kengash majlislari maslahatlashuvining sir tutilishi

Kengash a’zolarining ovoz berishi yopiq majlisda o‘tkaziladi. Ovoz berish chog‘ida Kengash a’zolaridan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kengash a’zosi maslahatlashuv sirini oshkor etishga haqli emas. Kengash a’zolarining ovozi va ularning fikri sir saqlanadi hamda uning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kengash a’zolari ko‘rsatilgan axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

16-modda. Kengash a’zosini rad etish va uning o‘zini o‘zi rad etishi

Kengash a’zosi, agar u:

Kengash majlisida nomzodi ko‘rilayotgan shaxsga xizmat jihatidan, moddiy yoki boshqa tomondan qaram bo‘lsa yoxud uning yaqin qarindoshi bo‘lsa;

Kengash majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, Kengash majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Kengash a’zosi o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar bo‘yicha Kengashning boshqa a’zolari tomonidan,shuningdek sudyalik lavozimiga nomzod tomonidan rad etilishi mumkin.

Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Rad etish bildirilgan Kengash a’zosi rad etish to‘g‘risidagi masala ko‘rilishidan oldin o‘z tushuntirishlarini berishga haqli.

Rad etish to‘g‘risidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yo‘qligida Kengashning qolgan a’zolari tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Kengash a’zosi rad etilgan hisoblanadi.

Bildirilgan rad etish qanoatlantirilganligi yoki rad qilinganligi to‘g‘risida Kengash majlisining bayonnomasiga belgi qo‘yiladi.

17-modda. Kengash qarorlari

Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar, xulosalar qabul qiladi va taqdimnomalar kiritadi.

Kengash majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin:

Oldingi tahrirga qarang.

(17-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Oldingi tahrirga qarang.

nomzodning ko‘rsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi haqida yoxud nomzodning takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish huquqini qoldirish to‘g‘risida;



(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Oldingi tahrirga qarang.

sudyalik lavozimiga tayinlash, o‘tkazish haqida;



(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

sudyalarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish haqida;

sudyaga nisbatan intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida;

Oldingi tahrirga qarang.

sudyani jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqida;



(17-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.

Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan boshqa qarorlar ham qabul qilishi mumkin.

Kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.

18-modda. Kengashning davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni so‘rab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning so‘rovi olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak.



(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Kengash nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligini o‘rganayotganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining va boshqa tashkilotlarning nomzodning ushbu tashkilotlarda ishlagan davrda shaxsiy va kasbiy sifatlari haqidagi fikrini so‘rab oladi. Kengashning so‘roviga so‘rov kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay javob yuborilishi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.



Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida yoki uni qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabardor qilinadi.

Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, sudya ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga bu haqda ushlab turish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda xabar qilinishi shart.

(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuniga asosan uchinchi — beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

4-bob. Sudyalar korpusini shakllantirish

19-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish chog‘ida sudyalik lavozimlariga nomzodlar huquqlarining tengligi

Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalik lavozimlariga nomzodlarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, ularning huquqlari tengligi asosida amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

21-modda. Birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlari

Benuqson obro‘-e’tibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir.

22-modda. Sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlari

Sudyalarning sudyalik faoliyati davrida benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi, halolligi, xolisligi, adolatliligi va layoqatliligi sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlaridir.

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan sudyalik lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishda ushbu nomzod tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining barqarorligini, odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilik normalarini qo‘llash borasida yetarli tajribaga ega ekanligini, shuningdek jamoatchilikning uning kasbiy faoliyati haqidagi fikrini inobatga oladi.



(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

23-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodning tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi

Sudyalik lavozimiga nomzodda odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini tasdiqlash uchun u dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning ro‘yxati Kengashning va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. Odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yo‘qligi haqidagi hujjatning shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: “ Odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning ro‘yxati” (23.11.2017-y., ro‘yxat raqami 2951).

Oldingi tahrirga qarang.

24-modda. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni tanlash tartibi



Bo‘sh sudyalik lavozimlari to‘g‘risidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.

Sudyalikka nomzod bo‘sh sudyalik lavozimlarini to‘ldirish uchun tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.

Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli o‘rganish usullaridan — suhbat o‘tkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan o‘tkazishdan, berilgan muammolar bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron so‘rov dasturidan foydalanilishi mumkin.

Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil o‘tgach, bo‘sh sudyalik lavozimini to‘ldirish uchun e’lon qilingan tanlovda ishtirok etishi to‘g‘risidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.

(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Oldingi tahrirga qarang.

241-modda. Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin uni sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi



Yangi vakolat muddatiga o‘z nomzodini ko‘rsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida olti oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hay’atiga beradi.

Boshqa sudyalik lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatish istagini bildirgan sudya, buning sabablari va asoslarini ko‘rsatgan holda Kengashga ariza beradi.

Sudyalar oliy malaka hay’ati sudyani yangi muddatga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash mumkinligi haqida Kengashga xulosa taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais o‘rinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga ko‘ra o‘rganadi.



(241-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin Kengash uch oy ichida nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani ko‘rib chiqishi kerak.

Agar sudya o‘zi da’vogar bo‘lgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga ko‘rib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.

Ilgari sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarni sudyalik lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala yangi vakolatlar muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga taqdim etilgan sudyalar uchun qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

(241-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

25-modda. Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish sudyalarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek sudyalarni qonunchilikdagi oxirgi o‘zgartishlar hamda zamonaviy huquqni qo‘llash amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi.



(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Kengash sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, ilmiy muassasalar, jamoatchilik vakillari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Sudyalar malakasini oshirish tadbirlari sudyalar faoliyatini o‘rganish va baholash natijalariga ko‘ra, odil sudlovni amalga oshirishda aniqlangan tizimli kamchiliklar hisobga olingan holda tashkil etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

5-bob. Kengash a’zosining mustaqilligi kafolatlari va maqomi. Moddiy va ijtimoiy ta’minot

26-modda. Kengash a’zosining mustaqilligini ta’minlash

Kengash a’zosining mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:

uning qonunda belgilangan tartibda tayinlanishi (tasdiqlanishi);

uning daxlsizligi;

Kengash majlislari maslahatlashuvining sir tutilishi;

uning yuksak maqomiga muvofiq unga davlat hisobidan moddiy va ijtimoiy ta’minot berilishi.

27-modda. Kengash a’zosining vakolatlari muddati

Kengash a’zosi besh yil muddatga tayinlanadi (tasdiqlanadi).

Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zosi surunkasiga ikki muddatdan ortiq tayinlanishi (tasdiqlanishi) mumkin emas.

28-modda. Kengash a’zosining daxlsizligi

Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zosiga nisbatan ushbu moddaning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida sudyalar uchun nazarda tutilgan daxlsizlik kafolatlari tatbiq etiladi.

Kengash a’zosi Kengashning roziligisiz jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas.

Kengash a’zosiga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.

29-modda. Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zosi moddiy va ijtimoiy ta’minoti

Oldingi tahrirga qarang.

Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zosining ish haqi lavozim maoshi, malaka darajasi (mansab darajasi va boshqalar), ko‘p yillik xizmati uchun to‘lanadigan ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iboratdir.



(29-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)

Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zolarining sudyalik maqomi va sudyalar uchun belgilangan barcha imtiyozlari Kengash a’zosi lavozimida bo‘lishi davrida saqlanib qoladi.

30-modda. Kengash a’zosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Kengash a’zosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida ariza berganda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;

o‘z faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo bo‘lganda;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;

vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

o‘zining sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etganda.

31-modda. Kengash a’zosining vakolatlari tugaganidan keyin uni ish bilan ta’minlash kafolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash raisi, uning o‘rinbosari va kotibining vakolatlari tugaganidan keyin ularga lavozimga tayinlanishiga (tasdiqlanishiga) qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.



(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zolari o‘z vakolatlari muddati tugaganidan keyin sudyalik faoliyatini avvalgi lavozimida yoki shunga teng bo‘lgan boshqa sudyalik lavozimida davom ettiradi.

32-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti

Oldingi tahrirga qarang.

Kengashning ijro etuvchi devoni xodimining ish haqi lavozim maoshi, mansab darajalari, ko‘p yillik xizmat muddati uchun to‘lanadigan ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iboratdir.



(32-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Kengash raisining qaroriga binoan Kengash ijro etuvchi devonining xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun belgilangan tartibda mansab darajalari beriladi, mansab darajalari uchun qo‘shimcha haq, ko‘p yillik xizmat muddati uchun ustamalar to‘lanadi.

Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

33-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti

Kengash o‘z ishini o‘zi tasdiqlaydigan Reglamentga muvofiq tashkil etadi.

34-modda. Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash

Oldingi tahrirga qarang.

Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.



(34-moddaning matniO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2951-son “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori.

35-modda. Kengash a’zosining va Kengash ijro etuvchi devoni xodimining guvohnomasi

Kengash raisiga va uning o‘rinbosariga guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Kengashning boshqa a’zolari va ijro etuvchi devoni xodimlariga esa, Kengash raisi tomonidan beriladi.

36-modda. Ushbu Qonunning ijrosini,yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.



37-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

(37-moddaning nomiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

38-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 LexUZ sharhi

Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 7-apreldagi 69 (6763)-sonida e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 6-aprel,

O‘RQ-427-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 214-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)

Download 82,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish