O’zbekiston respublikasining qonuni 02. 07. 1992 y. N 638-xii kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’G'risida qonunga O’zr 07. 12. 2001 y. 320-ii-son qonuniga muvofiq o’zgartirish kiritilgan



Download 73 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi73 Kb.
#6199
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 02.07.1992 y. N 638-XII
KASABA UYUShMALARI, ULARNING HUQUQLARI VA FAOLIYATINING KAFOLATLARI TO’G'RISIDA

qonunga O’ZR 07.12. 2001 y. 320-II-son qonuniga muvofiq o’zgartirish kiritilgan
1 BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-MODDA. KASABA UYUSHMALARI
Kasaba uyushmasi ko’ngilli jamoat tashkiloti bo’lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o’z a'zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog'langan mehnatkashlarni birlashtiradi.
2-MODDA. KASABA UYUSHMALARIGA BIRLASHISH HUQUQI
Mehnatkashlar, shuningdek oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta'lim olayotgan shaxslarx hech qanday tafovutsiz o’z xohishlariga ko’ra va oldindan ijozat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalari tuzish huquqiga, shuningdek ustavlarga rioya etish sharti bilan kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar.

Mehnatkashlar korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda va boshqa ish joylarida kasaba uyushmalari tuzishga haqlidirlar.

Ishlamaydigan pensionerlarning kasaba uyushmasi a'zoligiga kirish yoki undan chiqish tartibi kasaba uyushmalarining ustavlari bilan yo’lga solib boriladi.

Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika va boshqa hududiy hamda tarmoq birlashmalari tuzishlari, shuningdek ularga kirishlari mumkin.

Kasaba uyushmalarining ustavlari "O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunida belgilangan tartibda ro’yxatga olinadi.

Barcha kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadilar. Bundan buyon - mehnatkashlar deb yuritiladi. Mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar, korxonalar, (birlashmalar) muassasalar, tashkilotlar, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari bundan buyon korxonalar deb, ularning boshqaruv idoralari esa ma'muriyat deb yuritiladi. Boshqa ish joylari deganda yakka tartibdagi va boshqa yo’sindagi mehnat faoliyati nazarda tutiladi.
3-MODDA. KASABA UYUSHMALARINING MUSTAQILLIGI
Kasaba uyushmalari o’z faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xo’jalik idoralaridan, siyosiy va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomonidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga to’sqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi.

Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda o’z ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar idoralarini saylaydilar, o’z faoliyatlarini tashkil etadilar, yig'ilishlar, konferentsiyalar, plenumlar, qurultoylar o’tkazadilar.

Kasaba uyushmalari o’z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o’z xohishiga ko’ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.
4-MODDA. FUQAROLARNI KASABA UYUSHMALARIGA MANSUBLIGIGA QARAB KAMSITISHNI TAQIQLASH
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonunlarda kafolat berilgan mehnat, ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklari biron bir tarzda kamsitilishiga sabab bo’lmaydi. Mehnatkashlarni ishga qabul qilish, xizmat pog'onalariga ko’tarish, shuningdek ishdan bo’shatish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirish yoki undan chiqishni shart qilib qo’yish taqiqlanadi.
5-MODDA. KASABA UYUSHMALARI FAOLIYATINI TO’XTATISH YOKI TAQIQLASH
Kasaba uyushmalari faoliyatini to’xtatish uning a'zolari qarori asosida ustavda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo’lgan hollarda bu faoliyat O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalari faoliyatini boshqa biron bir idoraning qarori bilan taqiqlashga yo’l qo’yilmaydi.
6-MODDA. KASABA UYUSHMALARI, ULARNING HUQUQLARI VA FAOLIYATINING

KAFOLATLARI TO’G'RISIDAGI QONUNLAR
Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g'risidagi qonunlar mazkur jamoat tashkilotlarining huquqiy holati asoslarini belgilab beradigan ushbu qonundan, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Mazkur qonun O’zbekiston Respublikasining qurolli Kuchlarida, ichki ishlar idoralarida, milliy xavfsizlik xizmatlarida, ichki qo’shinlari va boshqa harbiy tuzilmalarida qo’llanilishining o’ziga xos xususiyatlari ana shu tuzilmalar to’g'risidagi qonunlarda belgilab beriladi.

qoraqalpog'iston Respublikasida kasaba uyushmalarini tuzish, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari qoraqalpog'iston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi
II BOB. KASABA UYUSHMALARINING ASOSIY HUQUQLARI
7-MODDA. O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI KENGASHINING QONUNLAR VA ME'YORIY HUJJATLAR ISHLAB CHIQISHDA QATNASHISH HUQUQLARI
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonun hujjatlari ishlab chiqishda qatnashish huquqiga egadir.

O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid me'yoriy hujjatlar qabul qilish to’g'risidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruvi, xo’jalik va kooperativ idoralariga taqdim etishga haqlidir.

Davlat boshqaruvi va xo’jalik idoralari mehnatkashlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlariga daxldor me'yoriy hujjatlarni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashini kamida bir hafta oldin xabardor etgan holda qabul qiladilar.
8-MODDA. KASABA UYUSHMALARINING MEHNAT QILISH HUQUQINI HIMOYA ETISH SOHASIDAGI HUQUQLARI
Kasaba uyushmalari o’z a'zolarining mehnat qilish huquqini himoya etadilar, aholini ish bilan ta'minlash davlat siyosati ishlab chiqilishida qatnashadilar. Korxonalarda ishdan xoli etib olinadigan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishning qonunlar asosida jamoa shartnomasida belgilab qo’yiladigan choralarini taklif etadilar.

Ma'muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasining tashabbusi bilan ish joylarining qisqartirilishi yoki ish sharoitining yomonlashuviga olib keladigan korxonani va undagi tarkibiy bo’linmalarni tugatish, ishlab chiqarishni to’liq yoki qisman to’xtatib qo’yish tegishli kasaba uyushmalari kamida uch oy oldin xabardor qilib qo’yilgan va ular bilan mehnatkashlarning huquqlari hamda manfaatlariga rioya etish yuzasidan muzokara o’tkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.

Kasaba uyushmalari aholini ish bilan ta'minlashning ahvolini va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib boradi.

Mehnat shartnomasi ma'muriyatining tashabbusi bilan bekor qilinishiga O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tegishli kasaba uyushma qo’mitasi bilan oldindan kelishilgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi.
9-MODDA. KASABA UYUSHMALARINING MUZOKARALAR OLIB BORISH VA JAMOAT SHARTNOMALARI, BITIMLARI TUZISH HUQUQLARI
Kasaba uyushmalari ma'muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bilan jamoa muzokaralari olib borishda va jamoa shartnomalari, bitimlari tuzishda ustivor huquqqa egadirlar, ularning bajarilishini nazorat qiladilar.

Agar kasaba uyushmalari jamoa shartnomasi, bitimi, tuzishni taklif qilsa, ma'muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bu haqda muzokaralar olib borishi shart.
10-MODDA. KASABA UYUSHMALARINING MEHNATKASHLARNI IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYA QILISH HUQUQLARI
Kasaba uyushmalarining mehnat sharoiti va mehnatga haq to’lash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta'minlashga, mehnatkashlarning uy-joy sharoitiga, ularni ijtimoiy sug'urtaga, ularni sog'liqni saqlash va madaniyatga taalluqli manfaatlarini himoya qilish, pensiya ta'minoti sohasidagi huquqlari O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari bilan tartibga solinadi.

Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o’z vakolatlari doirasida mehnatkashlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi o’zgarishiga qarab tovon to’lash miqdorini aniqlashda qatnashadilar, qonunda belgilab qo’yilgan kun kechirishning eng past darajasiga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdoriga rioya etilishini nazorat qiladilar.

Kasaba uyushmalarining birlashmalari shu masalalar yuzasidan tegishli davlat va xo’jalik idoralari bilan bitim tuzishi mumkin.
11-MODDA. KASABA UYUSHMALARINING MEHNAT VA KASABA UYUSHMALARI TO’G'RISIDAGI QONUNLARGA RIOYA ETILISHINI NAZORAT QILISH HUQUQLARI
Kasaba uyushmalari ma'muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi mehnat va kasaba uyushmalari to’g'risidagi qonunlarga rioya etishlarini nazorat qilib boradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga haqlidir. Ma'muriyat mehnat va kasaba uyushmalari to’g'risidagi qonunlar buzilishini bartaraf etish to’g'risidagi taqdimnomalarni ko’rib chiqishi va ko’rib chiqish natijalari to’g'risida bir oy muddat ichida kasaba uyushmasiga xabar qilishi shart.

Kasaba uyushmalari mehnatkashlarning mehnat huquqlarini himoya qilib, da'vo ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Shu maqsadda kasaba uyushmalari huquqiy yordam xizmatlari va boshqa zarur idoralarga ega bo’lishi mumkin. (O’zR 07.12.2001 y. 320-II-son qonuni taxriridagi qism)
12-MODDA. MEHNAT NIZOLARINI KO’RIB CHIQISHDA KASABA UYUSHMALARINING HUQUQLARI
Kasaba uyushmalari kasaba uyushmasi a'zosi bilan ma'muriyat o’rtasida paydo bo’lgan yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko’rib chiqadi va ular yuzasidan qonunlarga muvofiq tegishli qarorlar qabul qiladi.

Kasaba uyushmalari mehnatga doir amaldagi qonunlarning jamoa shartnomasi, bitimi shartlarining buzilishi, mehnat va turmushning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini belgilash yoki mavjud shart-sharoitlarini o’zgartirish bilan bog'liq masalalarga doir jamoa mehnat nizolarini ko’rib chiqishda qatnashadi.
13-MODDA. KASABA UYUSHMALARINING MEHNAT VA IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARIGA DOIR MA'LUMOTLAR OLISH HUQUQLARI
Kasaba uyushmalari ma'muriyatdan, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi idoralaridan mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog'liq masalalar yuzasidan belgilab qo’yilgan statistika hisoboti doirasida bepul ma'lumotlar olishga haqlidir.
14-MODDA. KASABA UYUSHMALARINING MA'MURIYAT TOMONIDAN JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH HUQUQI
Ma'muriyat jamoa shartnomasi shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda kasaba uyushmalari ana shu qoidabuzarlikni bartaraf etish to’g'risida ma'muriyatga taqdimnoma kiritishga haqlidir, bu taqdimnoma bir hafta muddatda ko’rib chiqiladi. Ma'muriyat kasaba uyushmalarining bu talabini bajarishdan bosh tortgan yoki yuqorida aytilgan muddatda o’zaro bitimga kelishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar jamoa mehnat nizolarini hal qilish to’g'risidagi qonunlarga muvofiq ko’rib chiqiladi.
15-MODDA. MA'MURIYAT VA MEHNAT JAMOASI O’RTASIDAGI NIZOLARNI QARAB CHIQISH VA HAL ETISH
Mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilishga hamda ma'muriyat bilan mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmalari o’rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal etishga doir masalalar O’zbekiston Respublikasining qonunlariga to’la muvofiq holda qarab chiqiladi.
16-MODDA. KASABA UYUSHMALARINING DAVLATLARARO BITIMLAR TUZILISHI VA DAVLAT HOKIMIYATI HAMDA BOSHQARUVI IDORALARI SHAKLLANTIRILISHIDAGI ISHTIROKI
Kasaba uyushmalari O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda aholining ko’chib yurishi, ish bilan ta'minlanishi, mehnat, narx-navo belgilash va ijtimoiy ta'minot masalalariga doir davlatlararo bitimlar tuzilishida, xalq deputatligiga nomzodlar ko’rsatilishda, saylov mavsumida ularni qo’llab-quvvatlashda ishtirok etishlari mumkin.
III BOB. KASABA UYUSHMALARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI
17-MODDA. MA'MURIYAT, DAVLAT VA XO’JALIK IDORALARI, JAMOAT TASHKILOTLARI VA MANSABDOR SHASXLARNING KASABA UYUSHMALARIGA NISBATAN MAJBURIYATLARI
Davlat va xo’jalik idoralarining ma'muriyati, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishlari, ularning faoliyat ko’rsatishlariga ko’maklashishlari shart. Bu idoralar va shaxslar kasaba uyushmalari huquqlarini buzganliklari yoki ularning qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilganliklari uchun qonunlarda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Davlat va xo’jalik idoralarining ma'muriyati jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining vakillari shu kasaba uyushmasi a'zolari ishlayotgan korxonalarga ustavda belgilangan vazifalarni va qonunlarda belgilab qo’yilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishlariga to’sqinlik qilishga haqli emas.
18-MODDA. ISHLAB CHIQARISHDAGI ASOSIY ISHIDAN OZOD QILINMAGAN HOLDA MEHNATKASHLARNING KASABA UYUSHMALARI IDORALARIGA SAYLANGAN XODIMLAR UCHUN BERILADIGAN KAFOLATLAR
Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas:

  • ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmalari idoralari tarkibiga saylangan xodimlar shu idoraning roziligi olinmasdan turib;

  • korxona bo’linmalaridagi kasaba uyushmalari idoralarining rahbarlari - tegishli kasaba uyushmasi idorasining roziligi olinmasdan turib;

  • korxonadagi kasaba uyushmasi idoralarining rahbarlari, kasaba uyushmasi tashkilotchilari - tegishli kasaba uyushmasi birlashmasining roziligi olinmasdan turib.

Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmasi idoralari tarkibiga saylangan shaxslarni ma'muriyat tashabbusi bilan ishdan bo’shatishga ishdan bo’shatishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, ular a'zo bo’lgan kasaba uyushmasi idorasining roziligi olingandan keyingina, korxonadagi kasaba uyushmasi idoralarining raislari va a'zolarini ma'muriyatning tashabbusi bilan ishdan bo’shatishga esa, yuqoridagilardan tashqari, faqat tegishli kasaba uyushmasi birlashmasining roziligi olinganidan keyingina yo’l qo’yiladi.

Kasaba uyushmasi tashkilotchilari va kasaba uyushmasi guruhlari tashkilotchilarini ma'muriyat tashabbusi bilan ishdan bo’shatishga tegishli kasaba uyushmasi birlashmasi idorasining roziligi olingan taqdirdagina yo’l qo’yiladi.

Kasaba uyushmalari saylab qo’yiladigan idoralarining ishlab chiqarishda o’zining asosiy ishidan ozod qilinmagan a'zolariga jamoat shartnomasi, bitimida belgilab qo’yiladigan shartlarga muvofiq, jamoa manfaatlari yo’lida jamoatchilik vazifalarini bajarishlari uchun o’rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan bo’sh vaqt beriladi, shuningdek qisqa muddatli kasaba uyushmasi o’quviga qatnagan vaqtlarida ularning o’rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

Kasaba uyushmalarining saylab qo’yiladigan idoralari a'zolari delegat sifatida kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferentsiyalarda, shuningdek, kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida qatnashgan vaqtlari uchun kasaba uyushmalari mablag'i hisobidan o’rtacha ish haqi miqdorida haq to’lanib, ishlab chiqarishdagi ishlaridan ozod qilinadilar.
19-MODDA. ISHLAB CHIQARISHDAGI ISHDAN OZOD QILINGAN HOLDA MEHNATKASHLARNING KASABA UYUSHMALARI IDORALARIGA SAYLANGAN

XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR
Kasaba uyushma idoralaridagi saylab qo’yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylov vakolatlari tugaganidan so’ng avvalgi o’z ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) bo’lmagan taqdirda o’sha korxonada yoki xodimning roziligi bilan boshqa korxonada avvalgisiga teng keladigan boshqa ish (lavozim) beriladi.

Tegishli ish (lavozim) berish imkoniyati bo’lmagan taqdirda oldingi ish joyidagi korxona ma'muriyati, korxona tugatilgan taqdirda esa kasaba uyushmasi xodim uchun ishga joylashish davrida o’rtacha ish haqini saqlab qoladi, lekin bu muddat olti oydan oshmasligi kerak, malakasini o’zgartirish uchun o’qish chog'ida esa bir yil muddatgacha o’rtacha ish haqi saqlab turiladi.
20-MODDA. KASABA UYUSHMASI IDORALARIGA SAYLANGAN XODIMLARNING MEHNAT HUQUQLARI KAFOLATLARI
Kasaba uyushmasi idoralari tarkibiga saylangan xodimlarning saylov vakolatlari tugaganidan so’ng ikki yil davomida ma'muriyat tashabbusi bilan ishdan bo’shatilishiga yo’l qo’yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilishi yoki xodimning qonunga muvofiq ishdan bo’shatilishiga olib keladigan xatti-harakatlar sodir etish hollari bundan mustasnodir. Bunday hollarda ishdan bo’shatish 18-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
21-MODDA. KASABA UYUSHMALARI VA ULARGA QARASHLI KORXONALARNING MULKIY VA MOLIYAVIY HUQUQLARI
Kasaba uyushmalari va ularning idoralari qonunlarga muvofiq yuridik shaxs hisoblanadilar.

Kasaba uyushmalari mulkka egalik huquqi asosida o’zlariga qarashli bo’lgan mol-mulk va pullarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar. Kasaba uyushmalari davlat, xo’jalik, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar, o’z navbatida ular ham kasaba uyushmalarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar.

Kasaba uyushmasi byudjeti mablag'ining manbalari, mablag'ni shakllantirish va undan foydalanish tartibi kasaba uyushmalari ustavida belgilab beriladi.

Kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati ularning o’z ustavlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Kasaba uyushmalariga qarashli korxonalar va tashkilotlar daromadlarining manbalari, ular olgan mablag' miqdori va to’lagan soliq miqdori davlat moliya idoralari va soliq inspektsiyalari tomonidan qonunlarga muvofiq ravishda nazorat qilinadi.

Kasaba uyushmalari o’z ustavlarida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiq ravishda belgilab qo’yilgan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, kasaba uyushmalarining banklarini, sug'urta va aktsionerlik jamiyatlarini, qo’shma tijorat korxonalarini barpo etish, noshirlik faoliyati bilan shug'ullanish, turli fondlar tuzish huquqiga egadirlar.
22-MODDA. KORXONANING KASABA UYUSHMALARI FAOLIYATI UCHUN MODDIY SHAROITLAR YARATISH BORASIDAGI VAZIFALARI
Korxona ma'muriyati kasaba uyushmalariga ularning faoliyati uchun zarur bo’lgan jihozlangan binolarni foydalanish uchun tekinga beradi, binolarni berish shartlari ma'muriyat va kasaba uyushmalari ishtirokida mehnat jamoasining qarori bilan belgilanadi.

Jamoa shartnomasi tuzish chog'ida qabul qilingan qarorga muvofiq korxona kasaba uyushmalariga o’z balansida turgan yoki o’zi ijaraga olgan binolar, xonalar, inshootlar va boshqa ob'ektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, mehnatkashlar va ularning oila a'zolari bilan madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur bo’lgan dam olish maskanlarini, bolalar-o’smirlar lagerlari va boshqa sog'lomlashtirish lagerlarini bepul foydalanish uchun beradi.

Korxona kasaba uyushmalariga jamoa shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun qonunlarda belgilab qo’yilgan miqdorda mablag' o’tkazadi.

Korxonada ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi.

O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish