O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida qaror topishi o'zining bozor munosabatlari sharoitiga mos erkin huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo'lini tanlash imkoniyatini yaratdi.
O’tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida esa turli mulk shakllarining vujudga kelishi, tadbirkorlik erkinligining ta'minlanishi mustaqil qarorlar qabul qilish va boshqaruv faoliyatining rivojlantirilishini taqozo etdi. Ayniqsa, bunday iqtisodiy vaziyat iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish sharoitida yangi investitsiya loyihalarini hayotga keng joriy etish va tatbiq qilish talablarini keltirib chiqardi.
Dunyo tajribasi ko'rsatishicha, keng iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish investitsiyalarni, xususan, turli sohalardagi investitsiya loyihalarini samarali amaliyotga· joriy etish bilan ko'proq ta'minlanishi mumkinligini ko’rsatib berdi. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hajmi va miqdoriga qarab iqtisodiyotda yuz berayotgan, o'zgarishlar va siljishlar haqida xulosalar chiqarish mumkin. Odatda, har qanday investitsion tadbirkorlik muayyan maqsadga yo'naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsya g'oyasiga asoslanadi. Mukammal darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g'oyasi investitsiya loyihasining qaror topishiga olib keladi. Investitsiya loyihasi muayyan ishlab chiqarish quvvatlariga kelajakda alohida turdagi samaralar keltirishi zarur bo'lgan, aniq belgilangan tadbirlar yo'li bilan resurslarni investitsiyalash bo’yicha takliflar to'plamidir.
O’z navbatida, O'zbekiston iqtisodiyotidagi tuzilmaviy o'zgarishlar, iqtisodiy islohotlaming chuqurlashuvi va tadbirkorlikning rivojlanishi asosiy kapitalni yangilash uchun qo'shimcha moliyaviy resurslar qidirishni, izlab topishni talab qiladi. Umuman, milliy iqtisodiyot va xususan, yangi shakllanayotgan tadbirkorlik tuzilmalari ichki moliyaviy resurslaming cheklanganligi investitsiyalarni moliyalashtirishning noan'anaviy manba va usullarini izlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shunday manba va usullar sifatida jahon amaliyotida xorijiy kapitalning ko'chib yurishiga asoslangan, qo'shma korporativ mulkchilikning yaratilishini keltirish mumkin. Bularga xorijiy kredit liniyalarini, davlatlararo qarzlarni jalb qilish asosida lizing munosabatlarini yo'lga qo'yilishini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, lizing asosida yangi texnologiya va asbob-uskunalarni foydalanish uchun olib turish amaliyoti buning dalilidir.
Lizing fan-texnika taraqqiyoti hamda xususiy, guruhiy va ijtimoiy manfaatlarni uyg'un ravishda birga qo'shish talablariga to'la-to'kis javob beradi. Moliyaviy qiyinchiliklar sharoitida tizing tadbirkorlarning eng yangi texnologiya va zamonaviy asbob-uskunalardan bahramand bo'lishiga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan rnamlakatlarda lizing biznesning alohida bir turi sifatida qaraladi. Lizing investitsiyalarni moliyalashtirishning muqobil usuli hisoblanadi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida lizingdan keng foydalanilib, u tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning eng maqsadga muvofiq usullaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda esa ma’lum bir xatti-harakatlarga qaramay, lizing rivojlanishining shakl va yo‘llari endi belgilanmoqda.
Biroq iqtisodiyot inqirozga uchragan, ko‘plab korxonalar yirik moliyaviy vositalarni ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va texnikalarni yangilashga kirita olmayotgan bir holat ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish va mamlakatdagi barcha mulkchilik shaklidagi, birinchi navbatda innovatsion tadbirkorlik bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdordagi mablag‘larni, jumladan xususiy investitsiyalarni jalb qilishga imkon beruvchi lizingning rolini oshirish zaruratini talab qiladi.
Istalgan tarmoqda lizing tadbirkorligining muvaffaqiyatga erishishi ko‘p jihatdan uning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilish hamda ushbu mexanizmdan unumli foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan lizingning mohiyati, uning tabiati va salohiyati, vazifalari va tashkiliy shakllari nimadan iborat ekanligini aniqlash, shuningdek, uning investitsiya jarayonlarida tutgan o’rnini aniqlash, investitsiya loyihalarida moliyalashtirishning ushbu turi imkoniyatlarini o’rganish va ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |