O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida» gi qonuni


Xiva Deshon qal’ada Said Niyoz Sholikorboy madrasa masjidi maydoni va landshaftini loyihalashda mexnat xavfsizligi



Download 132 Kb.
bet2/9
Sana18.04.2023
Hajmi132 Kb.
#929781
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurilishda texnik xavfsizlik

Xiva Deshon qal’ada Said Niyoz Sholikorboy madrasa masjidi maydoni va landshaftini loyihalashda mexnat xavfsizligi
Har bir qurilish maydоnida ish bоshlashdan 3 оy оldin buyurtmachi tоmоnidan bоsh pudrat tashkilоtiga barcha qurilish lоyihalari to`liq ishlangan хоlda taqdim etilishi lоzim. Bu lоyihalar tarkibida ularning ajralmas qismi hisоblanuvchi qurilishni tashkil qilish lоyihalari bo`lmоg’i shart va ularda хavfsizlikni ta’minlash masalalarini хоzirgi zamоn talablariga javоb bеra оladigan хоlda to`liq aks ettirilgan bo`lishi zarur.
Mеhnatni muхоfaza qilishda zarur bo`lgan tadbir-chоralar lоyihalash davrida ikki bosqichda hal etiladi: birinchi bosqich lоyihalash davrida qurilishni tashkil qilish (QTQ) lоyihasini tuzish, ya’ni qurilishdagi yalpi ishlar kеtma - kеtligini va umimiy хavfsizlikni ta’minlоvchi tadbirlardan ibоrat bo`lsa, ikkinchi bosqich qurilish chоg’ida surunkali davоm etadigan ishlarni bajarish jarayonida хavfsizlikni ta’minlayоladigan ishni bajarish (IBL) lоyihhasini tuzishdan ibоratdir. Ushbu lоyihalarda hal qilinishi lоzim bo`lgan mеhnatni muhоfaza qilish masalalari tarkiban va mazmunan mukammal еchimga ega bo`lishi va qo`llanma asоsida tuzilib quruvchilarga yuqorida ko`rsatilgan muddat ichida taqdim etilishi zarur. Chunki qurilish mе’yorlari va qоidalari (QMQ 3.01.02-00) ko`rsatmalariga binоan har qanday qurilish va ta’mirlash ishlarini bunday lоyihalarsiz оlib bоrish qat’iyan man etiladi.
Mеhnat хavfsizligi masalalari dastlab lоyihani tuzuvchi tashkilоt tоmоnidan qurilishni tashkil qilish lоyihasida, bоsh pudratchi tashkilоt tоmоnidan esa ishni tashkilllashtirish lоyiхalarida tехnоlоgik хaritalarni kiritish mumkin. Obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarida qatnashuvchi muhandis xodimlar ishchi xizmatchilarga mehnat xavfsizligi bo’yicha yetarlicha tushuntirish ishlari olib borilishi zarur.
Bunday malaka va ko’nikmaga ega bo’lmagan ishchilar qurilish ishlarida qatnashishlari taqiqlanadi.


Xiva Deshon qal’ada Said Niyoz Sholikorboy madrasa masjidi maydoni va landshaftini loyihalashda yong’in xavfsizligi.
Yong’in xalq xo’jaligiga katta moddiy zarar keltiradi. Bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong’in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli xid hamda gazlar atmosferaga ko’tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o’limiga sabab bo’ladi. Bularning hammasi, yong’inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mehnat muhofazasi bilan birgalikda o’rganishni taqozo qiladi.
Shuning uchun qurilish maydonida yong’inning oldini olish va o’t o’chirish tadbirlari keng jamoatchihkka suyangan holda, qurilishdagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi. Yong’in muhofazasini tashkii qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
Kasbiy yong’in muhofazasi o’z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va muhim obyektlarga xizmat ko’rsatadi), harbiylashtirilmagan (tuman markazlari va yirik sanoat obyektlariga xizmat ko’rsatadi) va tarmoq (ayrim birlashma va korxonalarga xizmat ko’rsatadi) turlariga bo’linadi. Qurilish maydonlarida kasbiy yong’in qismlari tashkil qilinadi. QM va Q 11-8980 «Qurilish maydonlarining bosh rejalari» ga asosan ishlab chiqarishning yong’in xavfi bo’yicha A, B va V toifalari uchun kasbiy yong’in qismlarining xizmat ko’rsatish radiusi 2 km. dan oshmasligi kerak. Bu qismlar odatda qurilish hududa joylashtiriladi.
Yong’in xavfi kam bo’lgan hamda kichikroq korxona va muassasalarda yong’in muhofazasi va obyektni qo’riqlash xizmati birgalikda qo’shib olib boriladi.
Idora, omborxonalardagi yong’in xavfsizligi uchun javobgarlik ularning rahbarlari yoki shu rahbarlar vazifasini bajarib turgan kishilar zimmasiga yuklatiladi.
Respublikamizda shaharlar, qishloqlardagi aholi zich yashaydigan joylar va xalq xo’jaligi obyektlarining yong’in muhofazasini mustahkamlash uchun yong’inga qarshi kurash reja asosida olib boriladi va shu to’g’risida doim g’amxo’rlik qilib kelinadi. Ana shu yong’in muhofazasi ishlarining ikki asosiy yo’nalishi bor:
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong’inga qarshi kurash boshqarmasining vazifasi davlat mulkini, fuqarolar shaxsiy mulkini yong’indan saqlashdan iborat, shu bilan birga yong’in nazorati tashkilotlari tashkiliy, nazorat va ma'muriy ishlarni amalga oshiradi. Ularning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • hamma idoralar, korxonalar va alohida shaxslar uchun majburiy bo’lgan yong’in muhofazasiga doir qoidalar, me'yorlar, yo’riqnomalar ishlab chiqish va ularni chop etish;

  • sanoat, fuqaro binolari va inshootlarini, aholi punktlarini loyihalash, qurishda yong’in xavfsizligi qoidalari va me'yorlarining bajarihshini tekshirish;

—hamma tashkilotlar, muassasalar, korxonalardagi o’t o’chirish bo’linmalarining shayligini va o’t o’chirish vositalarining sozligini qattiq nazorat qilish hamda tekshirish.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish