O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va yo‘riqnomalariga



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

212-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va yo‘riqnomalariga
rioya etish majburiyati
Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga, shuningdek
ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy
himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf soladigan har qanday
holat haqida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz
hodisa haqida o‘zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig‘i va boshqalarni) darhol
xabardor qilishi shart.
213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni mehnat
sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu
bilan bog‘liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya
vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi
mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri)
23-moddasi uchinchi qismining 
beshinchi xatboshisi
.
214-modda. Tibbiy ko‘rik
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish
davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart:


o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
nogironlar;
Keyingi
 tahrirga qarang.
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq
ishlarda band bo‘lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa muassasalarning
bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari.
(214-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-653-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y.,
03/20/653/1592-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining 
namunaviy qoidalari
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.4-
bandi.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy
ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlarning ro‘yxati va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom
(ro‘yxat raqami 2387,
29.08.2012-y.).
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin
tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar
natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga
qo‘ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb
hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqlidir.
Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonunining (yangi tahriri) 
24-moddasi
.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish